8-Mavzu: Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi


Download 40.55 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi40.55 Kb.
#1052862
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
CUOtRTpmZgit7ErJb0ylpkKrfrTWEEfZ11m3ZSMs


8-Mavzu: Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019-yilning 29-aprel kuni "O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida"gi Farmonni imzoladi. Farmon bilan Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo’l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi yo’nalishlarini belgilab berdi:
O’zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o’quvchilarni baholash dasturi reytingi bo’yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o’qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag’ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo’nalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
xalq ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o’rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to’lash, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.
Farmonga ko’ra, konsepsiya tegishli davrga mo’ljallangan maqsadli parametrlar va yo’nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo’l xarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
E’tiborlisi, konsepsiya xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi. Umumiy o’rta ta’limni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va moliyalashda davlat tashkilotlari tomonidan qo’llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash borasida ham kamchiliklardan holi emas.
Konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Xususan, umumiy o’rta ta’lim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar bo’yicha yangi o’quv standartlari, dastur hamda darsliklar yaratiladi. O’quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-hunar tanlash hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi.
Hujjatda ta’kidlanganidek, fan olimpiadalarini o’tkazish mezonlari xalqaro olimpiada va musobaqalarning baholash tajribasi bo’yicha qayta ko’rib chiqiladi. Iqtidorli o’quvchilarni aniqlashda shaffoflik ta’minlanadi. Ota-onalar ham farzandlarini o’qitish va tarbiyalash jarayoniga jalb etiladi.
Imkoniyati cheklangan o’quvchilarning ta’lim olishiga e’tibor kuchaytirilib, ta’lim muassasalari tajribali o’qituvchi-defektolog hamda psixologlar bilan ta’minlanadi.
Ushbu konsepsiya doirasida o’qituvchi va rahbarlar ish faoliyati samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo’lga qo’yiladi. Masofaviy ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Shu bilan birga konsepsiyaga ko’ra o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirish yangi darajaga ko’tariladi. O’quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullari joriy etiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi mazmuni sifat jihatdan yangilanib, kadrlar malakasi oshiriladi. O’qitish metodikasi takomillashtirilib, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillari tatbiq etiladi. Xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, byudjetdan mablag’ bilan ta’minlash samaradorligi oshiriladi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to’lash, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasi bosqichma-bosqich oshiriladi.
Xususan, maqsadli ko’rsatkichlar asosida ta’lim mazmuni samaradorligi oshirilib, kadrlarning sifat tarkibini yaxshilanadi. Jamiyatda o’qituvchilar maqomi oshiriladi. Yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etiladi. O’quvchilarni madaniyat va san’at muassasalariga jismoniy tarbiya, sportga keng jalb etiladi. Yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yo’lga qo’yiladi. O’g’il-qizlar ma’naviyati yuksaltirilib, ular o’rtasida kitobxonlik keng targ’ib qilinadi. O’quvchi-qizlarning kasbiy ko’nikmalari rivojlantiriladi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI

Download 40.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling