Korxona ustav, qoʻshilgan va rezer kapitallari auditining uslubiy muammolari
Xususiy kapital buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlaridan biri bo‘lib, u quyidagi elementlardan tashkil topadi:
Ustav kapitali — bu korxonaning ta’sischilari tomonidan unga kiritiladigan mablag‘lar majmuasi, shuningdek chiqarilgan aksiyalarning nomimal qiymatidagi summalarining yig‘indisi hisoblanadi.
Rezerv kapitali — bu korxonaning turli maqsadlarlarda va turli manbalar evaziga shakllantirilgan xususiy kapitalining bir turi.
Qo‘shilgan kapital — yemission daromad va ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlaridan tashkil topuvchi, korxonaning o‘z mablag‘i.
Taqsimlanmagan foyda — korxonaning hisobot davrida olgan va taqsimlanmagan sof foydasi va oldingi yillar foydasining taqsimlanmagan qismi.
Maqsadli tushumlar — korxonaga davlat va boshqa tashkilotlar tomonidan qaytarib olinmaydigan va qat’iy maqsadda ishlatish sharti bilan berilgan mablag‘lar.
Xususiy kapitalni audit tekshiruvidan o`tkazishdan asosiy maqsadi –korxona xususiy kapitalining to‘g‘riligi, ustav kapitalining to‘g‘ri shakllantirilganligi, ta’sischilar bilan shartnomalarning asosli tuzilganligi, korxona o‘z mablag‘larining auditorlik tahlilini o‘tkazishdan iborat. Auditor audit jarayonida quyidagi buxgalteriya yozuvlarini ham tekshiradi:
Ustav kapitalining vujudga kelishiga:
Debet 4610 «Ta’sischilarning ustav kapitaliga hissalari bo‘yicha qarzi»
Kredit 8300 «Ustav kapitali», 8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar», 8330 «Pay va badallar».
Emission daromadning tan olinishiga:
8410 “Emission daromad”
Pul mablag‘lari schyotlari (5010, 5110, 5210, 5500).
Rezerv kapitali yuqorida aytib o`tilganidek, korxonaning turli maqsadlarda va turli manbalar evaziga shakllantirilgan xususiy kapitalining bir turi hisoblanadi. Ushbu kapital asosan qaysi manbalar hisobidan vujudga kelishi quyidagi chizmada ko`rsatilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |