8-sinf 1-2-3-4-§


Download 19.38 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi19.38 Kb.
#1087198
Bog'liq
8-sinf 1-2-3-4


8-sinf 1-2-3-4-§ 22.01.2022

1.Hujayra qismlari va ularga xos xususiyatlarni juftlab yozing: a-hujayra membranasi,b-yadro,
d-endoplazmatik to'r, e-golji majmuasi,
f-lizosomalar,g-sitoplazma, h-ribosomalar,
j-mitoxondriya, i-xromosomalar;
1-endoplazmatik to'r membranasida joylashgan, 2-naychalar va kanalchalardan iborat,3-sitoplazmada joylashgan xaltachalar, 4-hujayra markazida joylashgan, 5-hujayra bo'linishida shakllanadi, 6-sitoplazmani o'rab turadigan ikki qavatli yupqa parda,
7- hujayrani energiya bilan ta'minlaydi,
8-moddalarni to'playdi va tashiydi,
9-quyuq modda.
A) a-6, b-2, d-8, e-4, f-3, g-9, h-1, j-7,i-5
B) a-4, b-6, d-8, e-2, f-3, g-9, h-1, j-7,i-5
C) a-6, b-4, d-8, e-2, f-9, g-3, h-1, j-7,i-5
D) a-6, b-4, d-8, e-2, f-3, g-9, h-1, j-7,i-5
2.Yadro atrofida qaysi biri joylashadi? A)ribosomalar B)lizosomalar C)mitoxondriyalar D)golji majmuasi
3.Quyidagilardan nechta ma'lumot xato emas:
1-hujayrada sintezlanadigan moddalarni to'plash va tarqatishni golji majmuasi bajaradi; 2-tuzlar hujayra faoliyatida, uning ichki muhitning doimiy saqlanishida katta ahamiyatga ega;
3- hujayrada organik moddalardan oqsillar, yog'lar, karbonsuvlar va nuklein kislotalar uchraydi; 4-kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradigan fermentlar ham oqsillardan iborat; 5-odam jinsiy hujayralarda 23 juft xromosoma bo'ladi;
6-hujayra oqsillari lizosomlarda sintezlanadi.
A)3 B)4 C)2 D)5
4.Tirik organizm massasining necha % i suvdan iborat?
A)65-85% B)60-70%
C)80-95% D)70-75%
5. Odamning qaysi sistemasida epiteliy to`qimasining hujayralari xususiy organoidga ega?
A) hazm qilish B) ayrish
C) qon aylanish D) nafas olish
6. Hujayraning hayot faoliyatida sarflanadigan energiya manbalarini ko'rsating?
A)oqsil va uglevod
B)yog' va karbonsuv
C)karbonsuv va mineral tuzlar
D)yog' va oqsil
7. Hujayrada sintezlanadigan moddalarni to'plash va tarqatish vazifasini qaysi organoid bajaradi?
A)Ribosomalar B)Endoplazmatik to'r C)yadro atrofida joylashgan organoid D)t.j.yo'q
8. Hujayrasiz hayot yo'q degan olim kim ? A)R.Guk B)R.Broun C)Virxov D)Galen
9. Qaysi organoid oziq moddalarni parchalaydi?
A) ribosoma B)yadro
C)lizosoma D)mitoxondriya
10. Qaysi organoid hujayraning umumiy ichki aylanma tizimi hisoblanadi?
A)endoplazmatik to'r B)golji majmuasi C)mitoxondriya D)sitoplazma
11. Qaysi organoid oqsil sintezlash funksiyasini amalga oshiradi?
A) ribosoma B)yadro
C)lizosoma D)mitoxondriya
12. Organizm va uning tarkibiy qismlari o'lchamining ortishi hujayraning qanday xossasi hisoblanadi?
A)harakatlanish B)rivojlanish
C)o'sish D)ayirish
13. Bolalar tanasi massaining necha % dan ko'prog'ini suv tashkil etadi? A)60% B)70% C)75% D)80%
14. Muskul hujayralari (a) va nerv hujayralari(b) qo'zg'aluvchanlik holatida nima hosil qiladi? 1-bo'shashadi,
2-qisqaradi, 3-nerv impulsalari,4-refleks A)a-1,2; b-3,4 B)a-2, b-3,4
C)a-2, b-3 D)a-2; b-4
15. .Quyidagi fikrlardan qaysilari noto'g'ri ifodalangan: 1-harakatlanish faqat organizm uchun xos; 2-jarohatlangan to'qimalar qayta tiklanmaydi; 3-bir xil hujayralar qo'zg'aluvchanlik holatida o'ziga xos funksiyani bajaradi,
4-hujayradagi biosintez reaksiyalari yig'indisi dissimilyatsiya deyiladi,
5-organizm va uning tarkibiy qismlari o'lchamining ortishi bu -rivojlanish,
6-kislorod ovqat hazm qilish organlari orqali organizmga o'tadi.
A)1,2,3 B)2,3,4,5 C)1,6 D)1,2,3,4,5,6
16. …. yulduzsimon ko'p o'simtali mayda hujayralardan iborat?
A)neyron B)muskul to'qimasi C)biriktiruvchi to'qima D)neyrogliya
17. To'g'ri fikrni aniqlang?
A)umurtqa pog'onasi nayida bosh miya joylashgan
B)qorin bo'shlig'ida o'pkalar joylashgan C)muskulli diafragma ko'krak qafasini qorin bo'shlig'iga birlashtirib turadi D)organlar bir necha xil to'qimalardan tashkil topgan
18. Ko'krak qafasini qorin bo'shlig'idan nima ajratib turadi?
A)to'sh suyagi B)qorin devori C)muskulli diafragma
D)tashqi qovurg'alararo muskul
19. Tiriklikning tuzilish darajalarini eng kichigidan boshlab tartib bilan berilgan javobni aniqlang:
a-organ, b-funksional sistema, d-to'qima, e-hujayra, f-organlar sistemasi,
g-organizm.
A)e,d,a,f,b,g B) e,d,a,f,g,b
C) a,d,e,f,b,g D) g,d,a,f,b,e
20. Hazm suyuqligini qaysi to'qima ishlab chiqaradi?
A)biriktiruvchi
B)tez yemirilishi tufayli yangilanib turuvchi to'qima
C)muskul to'qimasi
D)organlarni bog'lab, ular funksiyasini boshqarib turuvchi to'qima

Download 19.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling