8 sinf, geografiya I chorak I variant
Download 215 Kb.
|
8 синф 1 2 3 4 чорак 1 2 вариантда 25 та тест ж билан
II chorak, I-variant
1.G’ozg’on konidan nima qazib olinadi? A) kaliy B) fosforit C) marmar D) oltingugurt 2.Irrigatsiya mashinasozligining markazi? A) Andijon B) Buxoro C) Samarqand D) Denov 3.“Sharq lift“ korxonasi qaysi shaharda barpo etilgan? A) Samarqandda B) Buxoroda C) Toshkentda D) Andijonda 4. Mamlakatimizdagi qaysi qo’shma korxonada gugurt ishlab chiqarilmoqda? A)„Po’lat“ korxonasida B)„O’z Ellas“ korxonasida C)“Yan Is“ korxonasida D) „AsNam“ korxonasida 5.Qora, oq va kulrang marmar qaysi kondan olinmoqda? A) Shoxpaxtadan B) Orkutsoydan C)Ohangarondan D) Quvasoydan 6. Mamlakatimizdagi qaysi shaharlarda choy qadoqlash fabrikalari mavjud? A) Andijon va Toshkentda B) Buxoro va Samarqandda C) Samarqand va Toshkentda D) Farg’ona va Urganchda 7.Urgutda qanday zavod ishlab turibdi? A) shakar zavodi B) tamaki- fermentatsiya zavodi C) spirt zavodi D) gugurt zavodi 8. Mamlakatimizda yiliga qanchaga yaqin o’simlik moyi ishlab chiqariladi? A) 240 ming tonna B) 350 ming tonna C) 400 ming tonna D) 640 ming tonna 9.Paxta xom ashyosining dastlabki ishlovidan so’ng nima olinadi? A) prokat B) xom gazlama C) tola D) ip 10.Sutkalik o’rtacha harorat + 5 darajadan kam bo’lmagan kunlar nima deyiladi? A) tinim davri B) produktiv davr C)vegetatsiya davri D) intensiv davr 11.Badiiy hunarmandchilik va kulolchilik markazlarini aniqlang. A) Buxoro, Rishton, Shahrisabz B) Xiva, Pop, Yangiyo’l C) G’ijduvon, Urgut, Asaka D)Farg’ona, Toshkent, Chirchiq 12.Qorako’l qo’ylari boqiladigan viloyatlarni aniqlang. A) Andijon va Toshkentda B) Buxoro va Samarqandda C) Samarqand va Toshkentda D) Farg’ona va Xorazmda 13.Suv va energiya ta’minoti umumiy bo’lmagan shahar sanoatni joylashtirishning qanday shakli hisoblanadi? A) sanoat rayoni B) sanoat tuguni C) sanoat markazi D) sanoat punkti 14. Charm qaysi shaharlarda ishlab chiqarilmoqda? A) Qarshi va Buxoroda B) Buxoro va Samarqandda C) Samarqand va Toshkentda D) Farg’ona va Urganchda 15.Qishloq xo’jaligining mehnat predmeti nima? A) yer B) suv C) havo D) texnika 16.Qishloq xo’jaligining fan,texnika yutuqlari asosida tubdan o’zgarishi nima deyiladi? 17.O’zbekiston aholisining 64 foizi qayerlarda yashaydi? 18.Mamlakatimizdagi birinchi paxta tozalash zavodi qayerda qurilgan? 19. Sanoat tugunlari, markazlari va punktlari to’plangan hudud nima deyiladi? 20.Mamlakatimizdagi qaysi zavodda EHM lar ishlab chiqariladi ? Kalit
16.Yashil inqilob 17.Qishloqlarda 18.Toshkentda 19.Sanoat rayoni 20. „Algoritm“ zavodida Download 215 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling