8-sinf i-blok 1-variant 2017-2018 o’quv yili iv-chorak Ona tili
Download 59.17 Kb.
|
8 sinf ona tili matematika ingliz ti (1)
8-sinf I-blok 1-variant 2017-2018 o’quv yili IV-chorak Ona tili 1.Suhbat nutqida, matn ichida qo`llanilib, biror bo`lagi tushirib qoldirilgan gaplar qanday gap deyiladi? A) so`z-gap B) atov gap C) to`liqsiz gap D) kiritma gap 2. Keyin yirik-yirik yulduzlar bilan to`lgan osmonga tillaqoshdek ingichka oy suzib chiqdi.Ushbu gapda qaysi bo`lak kengaygan sifatdoshli birikma bilan ifodalangan? A) aniqlovchi B) to`ldiruvchi C) hol D) kesim 3. Izohlovchi qatnashmagan javobni belgilang. A) Juman pochta dadamdan xat keltirgan kun, Katta bayram bo`lar edi mening uchun. B) Donishmand Suqrotdan umrning ma’nisi nima ekanligini so`radilar. C) Amakim shifokor bo`lib ishlaydilar. D) Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek 1905-yilda tug`ilgan. 4.Yutuq kutganimizdan ziyodroq bo`ldi. Ushbu gapda nechta so`z birikmasi bor? A) 1ta B) 2ta C) 3ta D) 4ta 5. Berilganlardan qaysilari leksik hodisa hisoblanadi? 1) so`z 2) so`z birikmasi 3) ibora 4) gap 5) qo`shma so`z 6) matn A) 1,2,5 B) 1,3,4 C) 1,3,5,6 D) 1,3,5 6. Didaktik maqsadiga ko`ra insholar necha turli boladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 7. To`ra Sulaymonning qaysi she’rlarida “zog`” so`zi qo`llangan? 1) “Armon” 2) “Tavallo” 3) “Iltijo” 4) “Gul bir yon, chaman bir yon” A) 1,4 B) 2,4 C) 1,2,3 D) 2,3,4 8.”...odamga quvvat beradigan umid, uning boshini “toshdan” qiladigan ishonch barq urib turgan” asarni belgilang. A) “ Chinor” B) “Ufq” C) “Me’mor” D) “Oq kema” 9. “Vatangadolikning azobi go`r azobi bilan teng ekan”. Ushbu misralar qaysi asardan olingan? A) S.Ahmad “Ufq” B) Mirmuhsin “Me’mor” C) A.Muxtor “Chinor” D) M.Shayxzoda “Mirzo Ulug`bek” 10.”Uchinchi o`g`il”, “Nurmat otaning tushi” dostonlari muallifi kim? A) Usmon Nosir B) Muhammad Yusuf C) Maqsud Shayxzoda D) Oybek 11. Insho qanday matn hisoblanadi?__________________ 12.Dehqonning gaplari Luqmonga qattiq ta’sir qilibdi. Gapning kesimi qanday kesim hisoblanadi?_____________________________________________________ 13.Pushkinning “Bog`chasaroy fontani” asarini kim o`zbek tiliga tarjima qilgan? _____________________________________________________________ 14.”Qutadg`u bilig” asarini kim “Baxtliklanish bilimi” deb atagan?_________________ 15. “Uyqudagi qiz”,”Ishq kemasi” to`plamlari muallifi kim?____________________ Download 59.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling