BUTSIFALL
Tuzuvchi: Yo’ldoshev Ixtiyor
Tel: 99 527 13 08
99 552 33 57
6-Sinf tarixdan test
31-40- Mavzu (80 ta)
1. Fors shohi Kir II O’rta Osiyoni bosib olishga harakat qilib ko’rgan dastlabki fors podshosi hisoblanadi. U dastlab qaysi hududlarni bosib olgan edi?
A) Parfiya, Baqtriya, Marg’iyonani
B) Parfiya, Baqtriyani
C) Parfiya, Marg’iyonani
D) Baqtriya, So’g’diyonani
2. Fors podshosi Doro I qo’shini va Frada boshchiligidagi qo’zg’olonchilar o’rtasida hal qiluvchi jang qachon bo’lganligini aniqlang.
A) mil.avv.522-yil B) mil.avv.521-yil
C) mil.avv.519-yil D) mil.avv.530-yil
3. Fors podshosi Doro I ning saklar ustiga yurish qilgan qo’shinini Shiroq ismli cho’pon mag’lub qilgani haqidagi ma’lumot bizgacha qanday yetib kelgan?
A) «Behistun» bitiklari orqali
B) Gerodotning rivoyati orqali
C) Poliyenning rivoyati orqali
D) «Avesto» asari orqali
4. Ahamoniylardan kimning hukmronligi davrida O’rta Osiyo xalqlari yunon-fors urushlarida qatnashgan edilar?
A) Doro I va Kserks davrida
B) Kambiz davrida
C) Kir II davrida D) Doro I davrida 5. Qaysi xalq suvoriylari Kserks qo’shinidagi eng yaxshi jangchilardan hisoblangan?
A) Sak va Massagetlar B) Sak va Baqtriya
C) Baqtriya va Massagetlar D) Faqat saklar 6. Makedoniyalik Aleksandr Sharqqa 10 yil davom etgan yurishida qaysi hududlarni bosib olgan edi?
1.Kichik Osiyo 2.Falastin 3.Iroq 4.Suriya 5.Misr 6.Kavkazorti 7.Hindiston 8.Eron
A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 2,3,4,5,7
C) 1,4,5,7,8 D) 1,3,5,7,8 7. Makedoniyalik Aleksandr nima maqsadda Amudaryoning narigi tomonida yashovchi elatlarni bo’ysundirmoqchi bo’lgan edi?
A) Eronga yurish qilishdan oldin qo’shinini orqasini xavfsizlantirish uchun
B) Hindistonga yurish qilishdan oldin qo’shinini orqasini xavfsizlantirish uchun
C) Xorazmga yurish qilishdan oldin qo’shinini orqasini xavfsizlantirish uchun
D) Qora dengiz bo’yiga yurish qilishdan oldin qo’shinini orqasini xavfsizlantirish uchun 8. Aleksandr Makedonskiy Sharqda bosib olgan ulkan hududda o’z hukmronligini mustahkamlash maqsadida qanday ish tutgan?
A) Bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirgan
B) Bosib olingan shahar aholisini quvib chiqargan
C) Amudaryoning narigi tomonidagi xalqlarni bosib olgan
D) Hech qanday ish qilmagan