8-sinf jahon tarixi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
9-sinf-OZBEKISTON-TARIXI
31-32-Jizzax qo'zg'oloni va uning ahamiyati (30) Savollar va javobi 1. Jizzax qo’zg’aloniga kimlar rahbarlik qilishdi? Abdurahmon Oftobachi va Nazirxo’ja Eshon 2. Jizzax aholisi asosan .....bilan shug’ullangan. don yetishtirish 3. Jizzax aholisining ahvoli yomonlashib ketishiga nima sabab bo’lgan? A va B 4. Mardikorlikka olinadiganlarning tuzilgan ro’yxatiga muvofiq Samarqand viloyatining Jizzax uyezdidan qancha kishi belgilandi? 11 ming 5. Nikolay II ning mardikorlikka olishga qaratilgan farmoni qachon Jizzaxda e’lon qilindi? 1916-yil 3-iyul 6. Jizzaxda Nikolay II ning mardikorlikka olishga qaratilgan farmoniga qarshi dastlabki g’alayonlar qachon boshlandi? 1916-yil 5-iyul 7. 1916-yil iyulda Jizzax shahrida kim boshchiligida hunarmandlar mardikorlikka olish bo’yicha ro’yxatni talab qilib qishloq oqsoqoli Mirzayor Xudoyorov oldiga bordilar? Damin Kulol 8. Jizzax qo’zg’aloniga umumiy rahbar kim bo’ldi? Nazirxo’ja Eshon 9. Qachon Jizzax qo’zg’alonchilari temiryo’l stansiyalarini , aloqa simlarini uzib, temiryo’l va ko’priklarni buzib tashladi? 1916-yil 13-iyul 10. Qachon Abdurahmon Jevachi o’z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig’ilish o’tkazdi? 1916-yil 14-iyul 11. Abdurahmon Jevachi o’z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig’ilish o’tkazib, Jizzaxdan 12 chaqirim uzoqlikda joylashgan….degan joyda to’planib, barcha birgalikda harakat qilishga kelishildi? Kuyaboshi 12. Jizzax qo’zg’alonini bostirish uchun podsho hukumati bu yerga kimni yubordi? polkovnik Ivanov 13. Qachon Turkistonda harbiy holat e’lon qilindi? 1916-yil 18-iyul 14. Kuyaboshi Jizzaxdan qancha uzoqlikda joylashgan? 12 chaqirim 15. Jizzaxga polkovnik Ivanov boshchiligida qancha kishilik qo’shin yuborildi? 2,5 ming 16. Polkovnik Ivanovning Jizzaxga kelgan qo’shini tarkibi xato berilgan javobni toping. qozoq otryadlari 17. Mustamlakachilar qo’shining 1916-yildagi qo’zg’alonni bostirish yo’nalishini ketma-ketlikda aniqlang. Jizzax-Zomin-Sengzor 18. Kim o’zining omon qolgan 600 kishilik odamlar bilan polkovnik Afanasyev boshchiligidagi harbiy kuchlarga qarshi kurash olib bordi? Abdurahmon Jevachi 19. Rus hukumati tomonidan asir olinib, o’limga hukm qilingan Jizzax qo’zg’aloni rahbarlari va faol ishtirokchilarini aniqlang. 1.Abdurahmon Jevachi 2.Nazirxo’ja Eshon 3.aka-uka To’ra va Eshonqul To’rabekov 4.Abdurahmon Oftobachi 5.Qurbonjon dodhoh 6.Qosim Hoji 7.Mirkarimboy 1,2,3,6 20. Abdurahmon Jevachi 1916-yil 20-21-iyul kunlari 600 kishilik qo’shin bilan kimga qarshi kurashdi ? Afanasyev 21. Jizzaxga 1916-yil qo’zg’aloni ishtirokchilarini jazolash uchun qachon yana jazo otrayadlari yetib keldi? 1916-yil 26-27-iyul 22. 1916-yilgi Jizzax qo’zg’alonchilaridan qancha kishi hibsga olindi? 3 ming 23. Turkistonda rus mustamlakachilariga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’alonda qo’zg’alonchilarni jazolash paytida jazodan qariyalar, ayollar va hatto yosh bolalar ham chetda qolmadi? Jizzax qo’zg’aloni 24. Abdurahmon Jevachining Afanasyevdan yengilish sababini aniqlang. Ivanovning yordamga kelishi 25. Jeva so’zining ma’nosi bu…… qurol-aslaha 26. Pulyemot bu….. o’qni tez otadigan avtomatik qurol 27. Turkistonda Rossiya imperiyasining mardikor olishga qarshi xalq qo’zg’aloni qaysi yili bo’lib o’tdi? 1916 28. “Urush frontlariga yangi bir Turkiston fronti qo’shildi” so’zlari kimga tegishli? Kerenskiy 29. 1916-yilgi Jizzax qo’zg’aloni xalq ommasi uchun olib kelgan katta yo’qotishlar xato berilgan javobni aniqlang. Jizzax qo’zg’alonidan keyin aholi majburan urushga askarlikka olina boshlandi 30. Turkistonda bo’lib o’tgan rus mustamlakachilariga qarshi ko’tarilgan qaysi qo’zg’alonda o’lka keng xalq ommasining barcha tabaqalari, jumladan qariyalar va ayollar ham ishtirok etdi? 1916-yil qo’zg’aloni Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling