8-sinf Odam va uning salomatligi fanidan 1- dars ishlanma o’quv fanining nomi
III.YANGI MAVZU BAYONI ( 11 daqiqa)
Download 26.42 Kb.
|
Odam va uning salomatligi faniga oid masala va mashqlar yechish metodikasidan
III.YANGI MAVZU BAYONI ( 11 daqiqa)
Odam organizmi o’zi doimo yashaydigan joyining iqlimiga, ob-havo sharoitiga moslashadi . ob-havoning inson salomatligiga uning mehnat qobiliyatiga va ruhiy kayfiyatiga ta’siri qadimdan ma’lum . Ob-havoning noqulay o’zgarishlari ,ayniqsa, yurak qon tomir kasalliklari bilan og’rigan odamlarga ko’proq ta’sir etadi, Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining barcha bo’shliqlaridagi bosim o’rtasida farq paydo bo’ladi. Bunday vaqtda , ayniqsa gipertoniya,revmatizm va yurakning boshqa kasalliklari bilan og’rigan odamlarda bosh og’rig’I , bo’g’inlarda yurakda og’riq seziladi . Arterial qon bosimi ko’tarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi oqibatida miyaga qon quyilishi mumkin. Balandlikka ko’tarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam gavdasining ichki bo’shliqlaridagi gazlar kengayadi . Shuning uchun baland tog’larga chiqqanda odamlarda “tog’ kasalligi” deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Issiq vaqtda tanadagi qon ytomirlari kengayadi . Qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va to’qimalarda to’planib organizmda tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko’payadi. Bu issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning bug’lanishi orqali amalga oshadi. Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlar torayadi va organizmdan tashqi muhitga isiqqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi , ayniqsa yuzlari oqaradi, biroz qaltiraydi va sovuq sezadi. Yurak qon tomir kasalliklarining ko’p uchraydigan turlariga ateroskleroz qon tomirlar devorining ichki yuzasida yog’ va tuz moddalari to’planishi oqibatida tomir qattiqlashib, mo’rtlashib va torayib qolishi, gipertoniya arterial bosimning ko’tarilishi . yurakning ishemik kasalligi ( yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli sodir bo’ladi), miokard infarkti( qon aylanishini buzilishi tufayli yurak muskullarining ma’lum qismi yemirilishi) , insult( bosh miyaga qon quyilishi) kabilar kiradi. Bulardan tashqari , maktab yoshidagi bolalarda ko’p uchraydigan angina, surunkali tonzilit va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yallig’lanish kasalliklari tufayli odam yoshlik chog’idanoq ish qobiliyatini yo’qotishi mumkin. Yurak qon tomir kasalliklarini oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam shug’ullanish maqsadga muvofiqdir. Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak va qon tomir sistemasiga zararli ta’siri. Chekish ( sigaret, nos, nasha va hokazo ) va spirtli ichimliklr iste’mol qilish zararli odatdir. Bu moddalar odam organizmining barcha hujayra. To’qima va organlariga, jumladan, yurak qon tomir sistemasiga zararli ta’sir ko’rsatib , ateroskleroz , gipertoniya , yurakning ishemik kasalligi, yurak infarkti, miyaga qon quyilishi kabi og’ir kasalliklar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Tamaki tutunu tarkibida 3 mingdan ko’proq zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan , shulardan nikotin, karbonat angidrit gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy , kobalt qo’rg’oshin , margimish kabilar yurak qon tomir sistemasiga zaharli ta’sir ko’rsatib, odamning sog’lig’ini yomonlashtiradi, ish qobiliyatini pasaytiradi. Download 26.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling