8-sinf ona tili. I chorak 1-bsb namunasi Matn ustida ishlash (25 ball) bsb bo‘yicha o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar
Download 184.25 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf ona tili, 1-BSB Namuna
8-sinf ona tili. I chorak 1-BSB namunasi Matn ustida ishlash (25 ball) BSB bo‘yicha o‘quvchiga qo‘yiladigan talablar: • matnni tusunadi, matn mazmuniga mos sarlavha topa oladi. • berilgan matndan mavzuga oid so’zlarni ajratib, ularni yordamchi va mustaqil so’z turkumlari bo’yicha guruhlaydi; • matndan alohida olingan so‘zlar guruhidagi so‘zlarni aniqlab, ularni tasniflaydi; • olmosh so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlab, ularni ma’no guruhlariga ko‘ra tasniflaydi; • ravish so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlab, ularni ma’no guruhlariga ko‘ra tasniflaydi; Ishlab chiqarish rivojlangani sari ona tabiat ozor chekyapti. Chunki zavodlar va mashinalardan chiqayotgan zaharli gazlar iqlim o‘zgarishi, havoning zaharlanishiga sabab bo‘lyapti. Yaxshi hamki, oramizda ona tabiatga befarq bo‘lmagan ajoyib insonlar bor. Ular o‘zlarining sa’y-harakatlari bilan butun insoniyatni befarq bo‘lmaslikka undayapti. Filippin – Osiyodagi go‘zal mamlakatlardan biri. Bu mamlakat o‘zining o‘rmonlari bilan dunyoga mashhur. Yong‘inlar sabab juda katta ekologik muammo yuzaga keldi. Filippinliklar bu muammoning oldini olish uchun turli tashabbuslar bilan chiqishdi. Ular har bir maktab bitiruvchisiga o‘ntadan ko‘chat ekishni shart qilib qo‘yishdi. Yana shunday ajoyib harakatlar tashabbuskori senegallik fotosuratchi Ina Makosidir. “U nima qilibdi” deysizmi? Ina Makosi atrof-muhitni toza saqlash uchun hech kimning xayoliga kelmagan ishni qildi. U fotosuratchi bo‘lgani uchun manzarali joylarni suratga olar edi. O‘ylab-o‘ylab mamlakatning eng qarovsiz joylarida o‘zida go‘zallikni aks ettirgan fotomodellarni suratga oldi va ularni jurnal muqovasiga joyladi. Mahalliy aholi jurnaldagi tasvirlarni ko‘rib xijolat bo‘lishdi. So‘ng darhol o‘sha hududlarni tozalab ko‘kalamzorlashtirishdi. Bu ajoyib natija Makosini ilhomlantirdi. U boshlagan ishini davom ettirib juda ko‘p joylarning obod bo‘lishiga sababchi bo‘ldi. Germaniyalik Feliks esa bir millionta ko‘chat ekishni maqsad qildi va hammani bu ishga jalb etdi. Bu ishning natijasi shu bo‘ldiki, mamlakat hududiga 14 milliarddan ortiq ko‘chat ekildi. Bu harakat hozir ham davom etmoqda. Harakat qatnashchilari boshqa xalqlarga ham o‘rnak bo‘lyapti. Eng quvonarlisi shundaki, bizning yurtimizda ham atrof-muhitni toza saqlash, ob- havoni har xil zaharli gazlardan himoya qilish maqsadida ko‘plab sa’y-harakatlar qilinmoqda. Shunday harakatlardan biri “Yashil makon” umummilliy loyihasidir. Yurtimiz aholisi o‘z hududlariga turli xil mevali va manzarali ko‘chatlar ekishdi. Hamma tashkilotlar “Seni asray olamiz!” shiori ostida tashabbus ko‘rsatishdi. Bu ishlar yaqin kelajakda o‘z natijasini beradi, albatta! I Download 184.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling