V.Yangi mavzuni mustahkamlovchi savol va topshiriqlar.
1.Hukmdorlardan Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II lar ilm, fan, ma'rifat homiylari edi.
2.Shayboniylar davrida, ayniqsa, ilmfanning tarix, tibbiyot sohalari boshqa sohalarga qaraganda ilgarilab ketdi.
3.Abdullaxon II mingdan ortiq rabot va sardoba, ko’plab madrasa, masjid, ko’prik, savdo markazlari va suv omborlari qurdirgan.
VI.Uyga topshiriq: o’tilgan mavzularni mustahkamlash, yangi mavzuga tayorlanib kelish.
8-sinf O’zbekiston tarix
Mavzu: Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi
Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvhilarda Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi mavzusi haqida bilim,ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:1.O’quvchilarni o’z ustilarida mustaqil ishlashga o’rgatish.2.Komil insoniylik ,Vatanparvarlik ,Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash.3.Ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy va madaniy meroslarni ko’z qorachig’iday asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchimaqsad: 1.O’quvchilarni darsga oldindan tayorgarliklarini xis qildirish.2.Tarix faniga qiziqishlarini dars davomida turli musobaqalar uyushtirish yo’li bilan oshirib boorish.3.Past o’zlash tiruvchi o’quvchilar bilan darsning oxirgi daqiqalarda shug’ullanish.
Darsning turi: yangi tushuncha va bilimlarni tashkil qilish.
Dars usuli: Zamonaviy,aqliy hujum.
Dars jihozi: darslik, dars ishlanma, ko’rgazmali qurollar, tarqatma va didaktikmatiriallar va dunyoning siyosiy haritasi.
Texnik vositalar: telivizor , DVD va ko’rgazmalar yozilgan disklar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Savol-javob
Yakunlash va baholash
I.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtrish chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ 1875-sonli qarori 10.12.2012 yil. Qaror 12-banddan iborat..
Do'stlaringiz bilan baham: |