Devonbegi — xonlikning moliya xazina ishlarini boshqargan. Soliqlar undirilishi ustidan nazorat olib borgan.
Ko’kaldosh — butun amirlik hududida do’stona yoki dushmanlik munosabatida bo’luvchilar haqida ma’lumotni to’plagan.
Mushrif — amaldorlar xonga in'om etgan buyumlarni hamda harbiy anjomlarni ro’yxatga olgan. Soliq tushumlarini yozib borgan.
Mirshab — tungi shahar soqchilari boshligi vazifasini bajargan.
Dodxoh — fuqarolarning arz va shikoyatlarini tinglovchi va hal etuvchi amaldor bo’lgan.
Inoq — vazifasi amir farmoyishlarini beklardan boshqa tabaqaga yetkazishdan iborat bo’lgan.
Otaliq — „Ota o’rniga ota" amirning ishonchi, e’tiborini qozongan kishi.
Miroxur — amir otxonasining boshligi bo’lgan.
Dasturxonchi — amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas'ul amaldor.
Kitobdor — amir kutubxonasi boshligi.
To’qsoba — harbiy qism sarkardasi.
Parvonachi — birorbir shaxs biror lavozimga tayinlanganida yorliqni o’sha shaxsga yetkazuvchi amaldor.
Sadr — vaqf mulklarini boshqaruvchi.
Shayxulislom — musulmon jamoasi boshligi; qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta'minlovchi, hukmdorning eng yaqin kishisi. Bu lavozim avloddan avlodga meros bo’lib ham o’tgan.
Poytaxt qozisi (qozikalon) — davlatning oliy qozisi (sudyasi), amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozikalon „shariatpanoh" deb ham atalardi. Qozikalon huzurida aiam va 12 muftiydan iborat devon tuzilgan edi. Uning vazifasi jino’ly ishlarni sinchiklab ko’rishdan iborat bo’lgan.
Xullas, arnirlikdagi yuqori davlat lavozimlari o’sha davrdagi boshqaruv tizimiga to’la mos bo’lib, amirning yakka hukmronligini ta'minlar edi.
V.Yangi mavzuni mustahkamlovchi savol va topshiriqlar.
1.Muftiy — qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniyhuquqiy masalalar bo’yicha shariatga asoslanib, fatvo chiqaruvchi shaxs.
2.Muhtasib — musulmonlar tarafidan shariat qonunlarining bajarilishini kuzatuvchi amaldor.
3.XIX asr boshlarida Buxoro amirligi aholisi 2 mlmkishini tashkil etgan.
4.Buxoro amirligida eng katta davlat lavozimi — qo’shbegi (bosh vazir) bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |