V.Yangi mavzuni mustahkamlovchi savol va topshiriqlar.
1. Begar — rasman 12 kunlik davlat majburiyati; unga ko’ra, qishloqning har bir xonadonidan bir kishidan odamlarni to’plashardi. Ular har yili turli qurilish ishlarida, kanal qazishda, yo’llarni tuzatishda, xon saroylari qurilishida ishlar edilar. Begarning muddati 12 kun deb belgilangan bo’lsada, ashda u bir oy, undan ko’proqqa ham cho’zilar edi.
2. Qazu — butun qishloq aholisini katta va kichik kanallarni tozalashga safarbar etish majburiyati.
3. Ichki va obxo’ra qazu — har yili kanallarning suv taqsimlagichini tozalash majburiyati.
4. Hachi — himoya dambalari qurish va ularni mustah kamlashda qatnashish majburiyati.
5. Otlanuv — xon ovida qatnashish uchun lashkarlikka kelish.
VI.Uyga topshiriq: o’tilgan mavzularni mustahkamlash, yangi mavzuga tayorlanib
kelish.
8-sinf O’zbekiston tarix
Mavzu: Xiva xonligining shaharlari hayoti
Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvhilarda Xiva xonligining shaharlari hayoti mavzusi haqida bilim,ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:1.O’quvchilarni o’z ustilarida mustaqil ishlashga o’rgatish.2.Komil insoniylik ,Vatanparvarlik ,Vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalash.3.Ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy va madaniy meroslarni ko’z qorachig’iday asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchimaqsad: 1.O’quvchilarni darsga oldindan tayorgarliklarini xis qildirish.2.Tarix faniga qiziqishlarini dars davomida turli musobaqalar uyushtirish yo’li bilan oshirib boorish.3.Past o’zlash tiruvchi o’quvchilar bilan darsning oxirgi daqiqalarda shug’ullanish.
Darsning turi: yangi tushuncha va bilimlarni tashkil qilish.
Dars usuli: Zamonaviy,aqliy hujum.
Dars jihozi: darslik, dars ishlanma, ko’rgazmali qurollar, tarqatma va didaktikmatiriallar va dunyoning siyosiy haritasi.
Texnik vositalar: telivizor , DVD va ko’rgazmalar yozilgan disklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |