8-sinf O`zbekiston tarixi. Test. Dashti qipchoq aholisi sharq manbalarida nima deb atalgan?
Download 16.06 Kb.
|
8 test
8-sinf O`zbekiston tarixi. Test. 1.Dashti qipchoq aholisi sharq manbalarida nima deb atalgan? A) poloveslar yeri B) kumanlar C) qipchoqlar 2.Abulxayrxon “O`zbek ulusi” davlatiga qachon asos slogan? A) 1431-y B) 1428-y C) 1446-y D) 1451-y 3. “Xudoga tavakkal qilib Badaxshonot va kobulga yuzlandilar”. Bobur haqidagi ushbu fikr qaysi asarda keltirilgan? A) Humoyunnoma B) Boburnoma C)Yulduzli tunlar D) Shayboniynoma 4.Shayboniyxon qachon Samarqandni uzil-kesil bo`ysundiradi? A) 1500-y B) 1499-y C) 1501-y D) 1503-y 5.Shayboniyxon va Eron shohi Ismoil Safaviy o`rtasida jang qayerda bo`lib o`tgan? A) Marv yaqinida B) Xurosonda C) Nishopur D) Mashhad 6. “Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr ayniqsa Buxoro viloyati gullab-yashnadi” – ushbu fikr kim haqida? A) Shayboniyxon B) AbdullaxonII C) Ubaydullaxon D) Subhonqulixon 7.Qachon Shayboniyxon bobosidan qolgan davlatni tiklaydi? A) 1580-y B) 1500-y C) 1501-y D) 1480-y 8. Buxoro xonligida adolat mezonlari ustidan kim nazorat olib brogan? A) Ko`kaldosh B) Dodxoh C) Otaliq D) Devonbegi 9.Shayboniylarda qo`shinning o`ng va chap qanotlarini qo`riqlovchi maxsus qism nima deb atalgan? A) Burong`or B) Juvong`or C) Katta va kichik g`ul D)Chanoh 10. Muhammad Shayboniyxon qachon pul islohoti o`tkazgan? A) 1507-y B) 1508-y C) 1707-y D) 1708-y 11. Shayboniylarda hukmdor uchun maxsus yig`iladigan maxsus soliq qaysi? A) Ixrojot B) Madadi lashkar C) Zobitona D) Xiroj 12. “Moskva savdo kompaniyasi” qachon tashkil etilgan? A) 1558-y B) 1555-y C) 1557-y D) 1556-y 13.Rossiya 1620-yildan 1675-yilgacha xonliklarga……… marta elchi yuborgan. O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasida savdoda Tovar ayirboshlash ……. Rublni tashkil etgan? A) 3 marta 100ming rubl B) 4 marta 150ming rubl C) 4 marta 100ming rubl D) 3marta 150ming rubl 14. Qaysi Rossiya imperatori Buxoroni siyosiy jihatdan Rossiyaga teng emas deb hisoblagan? A) I.Grozniy B) Yekaterina II C) PyotrIII D) PyotrI 15.Buxoroda “Dor ush-shifo” kim tomonidan qurilgan? A) Subhonqulixon B) Ubaydullaxon II C) Abdullaxon II D) Abulfayzxon 16.Amir Doniyolbiy davrida qaysi hududlarning mustaqillikka intilishlari kuchayadi A) Miyonqol,Nurota,Qo`bodiyon B)Boysun,Shahrisabz,Urgut C)Shahrisabz,Kitob D) Balx,Hisor,Ko`lob,O`ratepa 17. Marv viloyati uchun qaysi xonliklar o`rtasida urush harakatlari kelib chiqqan? A) Buxoro-Xiva B) Buxoro-Qo`qon C)Xiva-Qo`qon D) Xiva-Rossiya 18.Amirlikda soliqlarni belgilangan muddatda yig`ib olinishini kim nazorat qilgan? A) Amin B) Amlokdor C) Mushrif D) Mehtar 19. Ashtarxoniylarda madrasa ta`limi necha yil davom etgan? A) 7-21yil B) 3yil C) 7-12 yil D) 5-8yil 20.Buxoro shoirlar taxtida sulton deb ulug`langan shoir? A) Bedil B) Nasafiy C) Turdi Farog`iy D) Muhammad Amin Buxoriy 21. Qaysi asar Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag`ishlangan? A) Abdullanoma B) K.Binoiy “Shayboniynoma” C) M.Solih “Shayboniynoma” D) Amin Buxoriy “Ubaydullanoma” 22.Amirlikda qaysi lavozim masjidlarga borib namoz o`quvchilar ro`yxatini tekshirgan? A) Muhtasib B) Sadr C) Muftiy D) Qozikalon 23. Miyonqolda qachon qo`zg`olon ko`tariladi? A)1821-y B) 1806-y C) 1804-y D) 1807-y 24. Marvda qo`zg`olonni bostirish uchun kim jo`natilgan? A) Dinnosirbek B)Ibrohim parvonachi C) Niyozbek parvonachi D)Nasrullo 25.” U amirlik qalamini kambag`allik kiyimi bilan bezadi. Jahon bog`idan dushmanlik va yomonlikni tomiri bilan sug`urib tashladi va adolat nihollarini o`tqazdi”. Ushbu fikr qaysi Buxoro amiri haqida? A)amir Haydar B)amir Doniyolbiy C) amir Shohmurod D) amir Nasrullo 26. Shayboniylarda madrasa ta`limi necha bosqichli edi? A) Ko`p bosqichli B) 3bosqichli C) 1bosqichli D) 2bosqichli 27.Qachon Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantiriladi? A)XVIasr B) XVIIIasr C) XV asr D) XVII asr 28.Amirlikda 400 tanob yerga ega bo`lgan qishloq nima deb atalgan? A) Marza B) Qoriya C) obikori D) hazora 29.Amirlikda amir muhri uchun javobgar shaxs kim? A) Parvonachi B) Bosh inoq C) Kichik inoq D) To`qsoba 30.”Davolash bo`yicha dastur” asari muallifi kim? A)Shohali ibn Sulaymon B)Ubaydulloh Kahhol C)Sultonali Samarqandiy D)Bobokalon Samarqandiy Download 16.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling