8-sinf uchun IV chorak testi
Download 9.38 Kb.
|
8-sinf. IV chorak testi. 15.03.2022
8-sinf uchun IV chorak testi Seni har bekorchi soniyalaring o‘tayotganda ota-onang sendan umidvorligini unutma 1. Bahor. Tabiat gullarga burkanib, ajib bir manzara paydo bo‘lgan payt edi. Ushbu gap ... A) So‘z gap B) Atov gap C) Sodda gap 2. Nuqtalar o‘rniga tog‘ri variantni belgilang. Ega va kesimdan yoki faqatgina kesimdan iborat bo‘lgan gap ..... deyiladi. A) Yoyiq gap B) Yig‘iq gap C) Yoyiq-yig‘iq gap 3. Yig‘iq gapni aniqlang. A) Men bugun maktabga keldim B) Chiroyli gullar C) Akam keldi 4. ----- ~~~~ - - - - - =====. Ushbu qolipga mos keladigan gapni naiqlang. A) Men chiroyli yozdim B) Akam ertalab tog‘ga bordi C) Men chiroyli gulni uzdim 5. Lug‘at bu --- .... A) Gaplarning alifbo tartibda joylashuvi B) So‘zlarning alifbo tartibida joylashuvi C) So‘zlarning imloviy tartibda joylashuvi 6. Quyida berilgan qaysi lug‘atda 85 000 so‘z mavjud? A) "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" da B) "O‘zbek tilining imlo lug‘ati" da C) "Chappa lug‘at" da 7. Sahrodagi qushlar erta tongda uchib ketdilar. Ushbu gapga mos tushadigan gap bo‘laklari qolipini aniqlang. A) ~~~~ - - - - ------ ........ ===== B) ~~~~ ....... ------- ===== C) ~~~~ ------- ......... ===== 8. Matnlar 2 tomondan tasniflanadi. Quyidagi variantlardan ularni toping. A) Ijodiy va tavsifiy matn B) Ma‘lumotnoma matn va ijodiy-tavsifiy matn C) Ma‘lumotnoma matni va xabar matni 9. Kesimga faqatgina tushum kelishigi qo‘shimchasi (-ni) orqali bog‘langan to‘ldiruvchi deb qanday to‘ldiruvchiga aytiladi? A) Vositali to‘ldiruvchi B) Vositasiz to‘ldiruvchi C) Nomustaqil to‘ldiruvchi 10. Vositali to‘ldiruvchi qatnashgan gapni aniqlang. A) Bugun men maktabga ertaroq keldim B) Akamga opam sovg‘a berdi C) Akamning kitoblarini o‘qidim 11. Aniqlovchi ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Sanobar chiroyli yozadi B) Ukam a‘lochi o‘quvchi C) Men do‘stlarimga qaraganda yaxshiroq o‘qiyman 12. Yoyiq gap berilgan qatorni toping. A) Bahor keldi B) Yurtimiz tinch bo‘lsin C) U yaxshi o‘qiydi 13. Vositali to‘ldiruvchi jo‘nalish kelishigi orqali hosil qilingan gapni aniqlang. A) Otangga onangni bepardoz ko‘rsatma B) Mehnatning tagi rohat C) Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar 14. Ega son so‘z turkumi bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Yetti o‘lchab, bir kes B) Ikkini uchga qo‘shsak, besh bo‘ladi C) Ikkalangiz ham darsga qatnashmaysiz. Dangasasiz ... 15. Otga bog‘lanib, Naysi? Necha? Nechanchi? Qanday? Kimning? Nimaning? kabi so‘roqlarga javob bo‘luvchi gap bo‘lagi ..... deb ataladi. A) Kesim B) Hol C) Aniqlovchi 16. Quyidagi variantlardan gapning vazifalari qaysi javobda berilganligini aniqlang. A) Fikr bildirish, xabar berish, yozish B) Xabar berish, istak-xohishni ifodalash, fikr bildirish C) Fikr bildirish, eshitish, xabar olish 17. Gapning ikkinchi darajalari bo‘laklariga qaysi bo‘laklar kiradi? A) Aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, kesim B) Hol, to‘ldiruvchi, ega C) Aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol 18. So‘z gaplar ko‘proq ..... nutqqa xos. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘ying A) Dialogik nutqqa B) Monologik nutqqa C) Yozma nutqa 19. Qo‘lingizdagi darslikdagi "Matn va lug‘atlar bilan ishlash" mavzusidan olingan "mucha" so‘zining ma‘nosini aniqlang. A) Qo‘l, oyoq, tana va bosh B) Suv, havo, tuproq, olov C) Qo‘l, oyoq, bosh, bo‘yin 20. Ega ikki o‘rinda qo‘llangan gapni aniqlang. A) Men akam va ukamning kitoblarini doyim o‘qib boraman B) Til va tafakkur chambrchas bog‘liq bo‘lgan hodisalardir C) Vatanni sevmoq imondandur Karimov Islombek Download 9.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling