8-sinflar uchun texnologiya fanidan test savollari
-sinflar uchun texnologiya fanidan test savollari
Download 27.77 Kb.
|
8 texnologiya test
8-sinflar uchun texnologiya fanidan test savollari
1.Hunarmandchilik deganda nimani tushunasiz? A) Hunarmandchilik bu- biror bir buyum yaratish B) Hunarmandchilik- gilam to’qish, kashta tikish S) Hunarmandchilik –oddiy mehnat qurollari yordamida xomashyolardan turli mahsulot tayyorlanadigan ishlab chiqarish va ularni yaratadigan kasblarning umumiy nomi D) barcha javoblar to’g’ri. 2. Halq hunarmandchilik san’atining eng qadimiy turi qaysi? A) to’quvchilik B) zardo’zlik S) kashtachilik D) kulolchilik 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning “Xalq amaliy san’ati hunarmandchiligini rivojlantirish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni nechanchi yilda qabul qilingan? A) 1998 yil 31-mart B) 1996 yil 15-may S) 1995 yil 10-aprel D) 1997 yil 31-mart 4.Hunar nima? A) kishining biror foydali, maqsadli faoliyat bilan shug’ullanishi B) agranom-pedagog, muhandis-pedagog yoki ularning birinchi atalishi S) kishining qo’l mehnati bilan biror buyum yasashi D) sanoatda mahsulotlar tayyorlashda mutaxassisning faol qatnashishi 5. Xalq hunarmandchiligida materiallarga qanday usullarda naqsh solinadi? A) o’yib B) chizib S) chok yordamida D) yuqoridagilarning hammasi to’g’ri 6. Texnologiya so’zi nima ma’noni bildiradi? A) mahorat B) jarayon S) ishlab-chiqarish D) loyiha 7. Shashka donalarini yasash uchun diometri necha sm o’lchamdagi yog’och tanlanadi? A) 2,5 sm B) 3,5 sm S) 5 sm D) 1.5 sm 8.Shashka uchun qanday yelim yordamida reykalarni bir-biriga biriktirib ramka yasaladi? A) duradgorlik yelimi B) qog’oz yelimi S) PVA yelimi D) kazein yelimi 9. Shashka doskasi uchun qanday o’lchamdagi faner kesib olinadi? A) 28x28 sm B) 24x24 sm S) 8x8 sm D) 1,5x1,5 sm 10.Stulcha oyoqlarini nimalar yordamida biriktiriladi? A) bolt, mix B)bolt,shayba va gayka S) shayba va gayka D) mix shayba va gayka 11.Qaysi viloyat ganchkorlik maktabi san’atining eng rivojlangan ochog’i hisoblanadi? A) Buxoro B) Navoiy S) Xorazm D) Qo’qon 12.Pichoqchilik markazlarini ko’rsating? A) Toshkent, Namangan B) Sirdaryo, Samarqand S) Navoiy, Jizzax D) Chust, Xiva, Qo’qon, Buxoro 13. Buxoro ganchkorlik maktabining eng yirik namoyandasi kim? A) usta Safar B) usta Adis S) Shirin Murodov D) usta Savri 14. Respublikamizda xalq hunarmandchiligini yanada rivojlantirishning istiqboldagi asosiy yanalishlari nechta? A) 6 ta B) 3 ta S) 5 ta D) 4 ta 15. Ko’rik-tanlovni tashkil etish bosqichi nechta? A) 4 ta B) 5 ta S) 6 ta D) 7 ta
Download 27.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling