8-Tajriba mashg‘ulotlari: Telekommunikasiyalar va tarmoq havfsizligi


Internet tarmog’i bilan ishlashda axborot xavfsizligi


Download 0.51 Mb.
bet2/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1545024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-lobaratoriya

Internet tarmog’i bilan ishlashda axborot xavfsizligi
Bugungi kunda tadbirkorlar, kompaniyalar va davlat tashkilotlari elektron pochta orqali ma’lumot ayirboshlash, manfaatdor bo‘lgan kompaniya va firmalarga tegishli ma’lumotlar yetkazish yoki tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim va siyosat, yangiliklarga oid ma’lumotlar olish maqsadida Internetdan foydalanmoqdalar. Tashkilotlar o‘zlaridagi lokal (maxalliy) tarmoqni Internetga ulash natijasida lokal tarmoqdagi aloxida olingan ishchi stansiyadan bevosita Internet resurslariga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Lekin shu bilan birga Internet bilan ishlashda xavfsizlik masalalari mavjudki, ularga to‘g’ri yondashilgandagina maxalliy kompyuterlardagi axborotlar xavfsizligi samarali ta’minlangan bo‘ladi.
Ayniqsa Internet bilan bog’liq xavfsizlik masalalarini tushunib yetmagan foydalanuvchilar oxir-oqibatda «Nima uchun shunday vaziyat yuzaga keldi?»- deb savol berishlari tabiiy. Dunyoda shunday buzg’unchilar faoliyat ko‘rsatadilarki, ularning xarakatlarini oldindan bashorat qilish va kezi kelganda bunday xarakatlar manbaini o‘z vaqtida aniqlash qiyin. Ko‘pgina tashkilotlar buzg’unchilar tufayli talafotlar va ko‘plab moddiy zarar ko‘rgan bo‘lsalar, ba’zilarining maqomlariga, faoliyatlariga va imidjlariga jiddiy putur yetkazilgan.


Internet tarmog’ining zaifliklari
Xozirgi kunda ko‘plab Internet foydalanuvchilari xavfsizlik muammolariga duch kelmoqdalar. Ko‘plab tashkilotlarning axborot resurslariga Internet orqali xujumlar uyushtirilishi natijasida axborotlar buzilishi, o‘g’irlanishi xolatlari sodir etilmoqda. Buzg’unchilar avtomatik skanerlash usuli yordamida tashkilotlar tarmoqlariga ruxsatsiz kirib, ulardagi ma’lumotlar resurslarini o‘rganish va o‘zlashtirish maqsadida zaifliklarni aniqlashga xarakat qiladilar. Bu vaziyatlardan chiqib ketish maqsadida ko‘plab tashkilotlar xattoki o‘z tarmoqlarini Internet tarmog’idan ma’lum vaqtga ajratib quymoqdalar. Yuzaga kelgan xavfsizlik muammolarini xal qilinganidan so‘nggina yana Internet tarmog’iga ulanmoqdalar. Buzg’unchilarning xujum uyushtirishlari ma’lum sabablarga ko‘ra muvafffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Asosiy sabablardan biri Internet tarmog’idan foydalanish dasturlari va vositalari yaratilishida xavfsizlik masalalariga unchalik e’tibor berilmaganligidir. Chunki Internet yaratilishidan maqsad keng ko‘lamdagi foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘lgan. Internetning uzil-kesil muvaffaqiyati keng foydalanuvchilar sonining tobora ortib borishiga olib keldi. Ular orasida Internetdan foydalanish etikasi bilan umuman notanish bo‘lgan foydalanuvchilar mavjudligi xavfsizlik muammolarini shunday chigallashtirib yubordiki, ochiq ravishda foydalaniladigan tarmoqda xujumlar uyushtirish xavfi ko‘plab yuzaga kela boshladi. Boshqa sabablar quyidagilar:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling