8-Tajriba mashg‘ulotlari: Telekommunikasiyalar va tarmoq havfsizligi


Yoyiladigan banner (pull-down banner ads


Download 0.51 Mb.
bet5/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1545024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-lobaratoriya

Yoyiladigan banner (pull-down banner ads) – sichqoncha ko‘rsatkichi banner ustiga keltirilganida banner o‘lchami kattalashib, ekranning katta qismini band etib turadi (5.3-a-rasm). Bu xolat bir necha sekund davom etib turadi va banner yana o‘z xoliga qaytadi (5.3-b-rasm).
Qalqib chiquvchi reklama (pop-up va pop-under), kerakli sayt saxifasiga kirilganida saxifa oynasida birdan qalqib chiqib, saxifa matnini to‘sib qo‘yuvchi reklama (5.4-rasm). Saxifadagi asosiy matnni o‘qishning iloji yo‘q, sababi albatta bu reklama oynasini yoki boshqa joyga siljitish yoki umuman yopish kerak. O‘zining qaysarligi bilan pop-under turidagi reklama rop-up turidagi reklamadan qolishmaydi. Pop-under turidagi reklama saxifadagi matn ostiga qalqib chiqadi. Foydalanuvchi matnni o‘qiy olsa-da, uning fikri matn ostidagi reklamaga chalg’ishi turgan gap.

5.3-a-rasm. Yig’ilgan xoldagi yoyiladigan banner ko‘rinishi



5.3-b rasm. Yoyiladigan banner ko‘rinishi.

Suzuvchi reklama (floating ad) –saxifaga ilk bor kirilganida paydo bo‘luvchi va 5-30 sekund oralig’ida saxifa ustida xarakatlanib, suzuvchi reklama. Saxifa ustida suzib yurib, bunday reklama asosiy matnni yoki ma’lumotlarni to‘sib qo‘yib, foydalanuvchiga xalaqit qiladi (5.5-rasm), ba’zi bunday floating-reklamalar esa o‘zlarining faolligi vaqtida sichqonchani boshqarishni vaqtinchalik cheklab qo‘yadilar.




5.4-rasm. Pop-up turidagi qalqib chiquvchi reklama.


Unicast-reklama (unicast ad) - bu qalqib chiquvchi oynada 10-30 sekund davomida tasvirlanadigan videorolikli reklama. Bunday reklama oynasida rolikni boshqarish tugmalari xam mavjud bo‘lib, foydalanuvchi ularni boshqarishi mumkin. Masalan, rolikni boshidan boshlab qayta ko‘rib chiqish, tovushini baland qilish va xokazo. Tabiiyki, bunday reklamani osonlikcha boshqarish mumkin (5.6-rasm). 

5.5-rasm. Suzib yuruvchi reklama (floating ad)



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling