8-Tajriba mashg‘ulotlari: Telekommunikasiyalar va tarmoq havfsizligi


-rasm. Unicast ad turidagi reklama


Download 0.51 Mb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1545024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-lobaratoriya

5.6-rasm. Unicast ad turidagi reklama.


Foydalanuvchilar auditoriyasiga ta’sir etish xususiyati bilan unicast-reklama telerolikli reklamaga o‘xshab ketadi.
Y on tomon menyu qismiga joylashtiriladigan reklamalar (sidebar ads) - bu yon tomon menyu qismida joylashtiriladigan statik yoki ma’lum vaqt tasvirlanadigan videorolikli reklamalardir. Yutib yuboruvchi Web-reklama (takeover campaign) - bu reklama turida reklama beruvchining ma’lumotlari sayt saxifalaridagi ma’lumotlarni birdan yutib yuborib (takes over), saxifalar o‘rnini egallab oladi. Bu reklama ma’lumotlari ma’lum vaqt oralig’ida (bir yoki bir necha kun) saytdagi barcha saxifalarni egallab turadi. Odatda yutib yuboruvchi reklama katta xajmdagi saytlarga joylashtiriladi. Bunday saytga kiruvchi foydalanuvchilar saxifalarni yutilishi davomida bir xil turdagi reklama, bannerlar, yon tomon menyu qismiga joylashtiriladigan reklama ma’lumotlarini ko‘radilar.
5.2.4. Reklamalarni cheklovchi dasturlar
Xozirgi paytda ishlatilayotgan brauzer dasturlari, jumladan Opera, Mozilla va Netscape dasturlari pop-up turidagi reklamalarni cheklash vositalariga ega. Biroq Web-reklamalar xisobiga faoliyat yurituvchi sayt egalari bo‘lgan firmalar uchun bunday vositalar (ular bozorda kam sonda tarqatilganliklari uchun) jiddiy to‘siq bo‘la olmaydilar. Shunday bo‘lsa-da, Internet Explorer dasturining 6.05 versiyasi uchun Windows XP operatsion tizimining Service Pack 2 (SP2) dasturiga pop-up reklamalarni cheklovchi funksiyalar kiritilgan. Bu xolat prinsipial jixatdan reklamaning oldini olish borasida muvaffaqiyatga erishishga asos bo‘lishi turgan gap.
AdSubtract 3.0 antireklama dasturi, yaratgan firma - Intermute. Web-sayt manzili: www.Intermute.com. Distributiv sig’imi - 1,15 Mbayt. Tarqatish usuli: shareware. Turli xildagi reklamalarni cheklash uchun mo‘ljallangan ushbu dastur asosiy oynasining ko‘rinishi 5.7-rasmda keltirilgan.
5.7-rasm. AdSubtract 3.0 — reklamaga qarshi kurashishda ishlatiladigan dastur oynasi.
AdSubtract 3.0 dasturini www.intermute.com/adsubtract/features.html sayt adresidan ko‘chirib olish mumkin. Ushbu dastur barcha turdagi onlayn rejimida beriladigan reklamalarni, jumladan bannerlarni, pop-up va pop-under turidagi, matnli xamda multimediyali reklamalarni cheklashda yaxshi samara beradi. Bulardan tashqari AdSubtract 3.0 dasturi Web-saytlardagi tovushli reklama tovushini va turli xildagi animatsion jarayonlarni xam cheklash imkoniga ega. Dasturning AdSubtract PRO — Version 3 pop-up versiyasida reklamalarni cheklash imkoniyati yanada kengaytirilgan. Shunday qilib, AdSubtract PRO dasturini reklamalardan ximoyalanuvchi eng optimal dastur, deb e’tirof etish mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling