8. Termodinamikaning birinchi qonuni, uning izojarayon va adiabatik jarayonlarga tadbiqi. Entropiy
Download 26.51 Kb.
|
1 2
Bog'liq8. Termodinamikaning birinchi qonuni, uning izojarayon va adiabatik jarayonlarga tadbiqi. Entropiya.
8. Termodinamikaning birinchi qonuni, uning izojarayon va adiabatik jarayonlarga tadbiqi. Entropiya. 1. Gazni qizdirishda uning ichki energiyasi 300 J dan 700 J gacha oshdi. Agar uni qizdirishga 1000 J issiqlik sarflangan bo’lsa, gaz tomonidan bajarilgan ish qanday? 2. Gazni izoxorik qizdirganda uning ichki energiyasi 200 J dan 300 J gacha oshdi. Gazni qizdirishda qancha issiqlik miqdori sarflanadi? 3. Gaz izobarik kengayganda 100 J ish bajardi, bunda uning ichki energiyasi esa 150 J ga oshdi. Keyinchalik birinchi jarayondagi kabi, izoxorik jarayonda xuddi shunday issiqlik uzatildi. Bu ikkita jarayon natijasida gazning ichki energiyasi qanchaga oshgan? 4. Izotermik jarayonda gaz 1000 J ish bajardi. Agar unga birinchi jarayondagiga nisbatan ikki barobar ko’p issiqlik berilsa, uning ichki energiyasi qanchaga ortgan, jarayon esa izoxorik? 5. Izotermik jarayonda gaz 200 J issiqlik oldi. Keyinchalik adiabatik jarayonda gaz birinchi jarayondagiga nisbatan 2 marta ko’p ish bajardi. Bu ikkala jarayonda gazning ichki energiyasi qanchaga kamaygan? 6. Gazni izobarik ravishda qizdirishda unga 16 J issiqlik berildi, natijada gazning ichki energiyasi 8 J ga oshdi, hajmi esa 0.002 m3 ga ortdi. Gazning bosimini (kPa da) toping. 7. Ideal gazni doimiy bosimda 0.1 MPa da qizdirishda 700 J issiqlik sarflandi. Bunda gazning hajmi 0.001 m3 dan 0.002 m3 gacha oshdi, gazning ichki energiyasi esa 800 J ga teng bo’ldi. Gazni qizdirishgacha bo’lgan ichki energiyasi nimaga teng? 8. Agar 0.5 mol gazni izobarik qizdirganda unga 290 J issiqlik berilgan bo’lsa, uning haroratini 27 oC dan 47 oC gacha oshgandagi ichki energiyasining o’zgarishini aniqlang. Universal gaz doimiysi 8300 J/(kmolK). 9. Agar bir mol ideal gazning o’zgarmas bosimda ichki energiyasi 747 J ga oshgan bo’lsa, uning harorati qanchaga o’zgaradi, o’zgarmas bosimda bir mol gazning issiqlik sig’imi universal gaz doimiysidan 20.75 J/(molK)ga katta. 10. Mol ideal gaz o’zgarmas bosimda qizdirildi, keyin o’zgarmas hajmda dastlabki haroratiga teng bo’lgan holatga o’tkazildi. Natijada gazga 12.45 kJ issiqlik berilgan bo’lib chiqdi. Gaz egallab turgan hajmi necha marta o’zgargan? Universal gaz doimiysi 8300 J/(kmolK). 11. Molyar massasi 28 kg/kmol bo’lgan ideal gazning biroz miqdorini doimiy bosimda haroratini 14 K ga oshirish uchun 29 J issiqlik kerak bo’ldi. Keyinchalik gazni dastlabki holatidagi haroratiga o’zgarmas hajmda qaytarish uchun undan 20.7 J issiqlikni olishga to’g’ri keldi. Gazning massasini (g da) toping. Universal gaz doimiysi 8300 J/(kmolK). 12. Ideal gazning biror massasini doimiy bosimda 15 oC dan 65 oC gacha qizdirildi, bunda 5 kJ issiqlik yutildi. Bu gazning doimiy hajmda xuddi shu boshlang’ich va oxirgi haroratgacha qizdirganda 3.5 kJ issiqlik sarfi kerak bo’ladi. Ushbu massali gazning 15 oC haroratda va 20 kPa bosimda hajmini (l da) toping. Download 26.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling