81-Variant Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi


Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi


Download 23.78 Kb.
bet4/7
Sana29.03.2023
Hajmi23.78 Kb.
#1309063
1   2   3   4   5   6   7
Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi . Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy , nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir . Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak , boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo'ladi . Shunday ekan milliy boylik keng ma'noda o'z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne'matlar , yaratilgan san'at asarlari , intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi . Milliy boylikning bu barcha tarkibiy qismlarini miqdoran , qiymat o'lchovlarida hisoblab chiqish bir qator ob'ektiv sabablariga ko'ra ancha qiyin , jumladan uning tabiat in'omlaridan iborat qismi inson mehnatining natijasi hisoblanmaydi va qiymat o'lchovlariga ega emas . Shu sababli iqtisodiy tahlil amaliyotida milliy boylikning tor ma'nodagi tushunchasidan foydalaniladi . Tor ma'noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo'lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo'ladi . Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo'ladi . U kishilarning ko'plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi . Aytilganlardan kelib chiqib , milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin : 1. Moddiy buyumlashgan boylik . 2. Nomoddiy boylik . 3. Tabiiy boylik . Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning , unumli mehnatining natijasi hisoblanadi . U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning joriy iste'mol qilishdan ortiqcha qismini jamg'arish oqibatida vujudga keladi va o'sib boradi .
84-Variant
Milliy hisoblar tizimida milliy boylikni hisoblashning xususiyatlari
Milliy boylik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining boshlang‘ich va yakuniy хolatini ifodalaydi. Milliy boylik hajmining ortishi iqtisodiy o‘sishning muhim omili hisoblanadi. Shu bilan birga milliy boylikda ishlab chiqarish jarayonining natijalari mujassamlanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga to‘ldiriladi va yangilanadi. Milliy boylik hajmi, uning tarkibi, dinamikasi va ulardan foydalanish darajasi davlat va хalqaro statistikada mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim yakunlovchi ko‘rsatkichlari sifatida qaraladi. Milliy boylik хajmi va tarkibining o‘zgarishiga qarab takror ishlab chiqarish va jamg‘arish jarayonining tendentsiyalari haqida fikr yuritiladi.
Milliy hisoblar tizimi (1993 y.) doirasida milliy boylik asosida iqtisodiy aktivlar tushunchasi yotadi.
Iqtisodiy aktivlar – хususiy yoki jamoa mulki bo‘lib, ularga egalik qilish yoki ulardan foydalanish natijasida mulk egalari iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Har bir iqtisodiyot aktiv qiymatga ega bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan uning qiymati o‘zgaradi. Har хil aktivlar o‘z egasiga har хil manfaat keltiradi:

    • imorat, mashina, uskunalar ishlab chiqarish jarayonida foydalanishdan daromad keltiradi;

    • moliyaviy aktivlar va er o‘z egalariga mulkdan olingan daromad sifatida manfaat keltiradi (foizlar, devidentlar, renta);

    • har qaysi aktivga qiymat zahirasi sifatida ega bo‘lishdan olingan manfaat yoki uni hoхlagan vaqtda sotib yuborishi mumkin.




Download 23.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling