82-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarbiya va huquq fani o’qituvchisi Ro’ziyev Ibrohimning 2022-2023 o’quv yilining 1- choragida olib borgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlar bo’yicha


Download 33 Kb.
Sana29.04.2023
Hajmi33 Kb.
#1401709
Bog'liq
1-chorak hisobot

82-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi tarbiya va huquq fani o’qituvchisi Ro’ziyev Ibrohimning 2022-2023 o’quv yilining 1- choragida olib borgan ta’limiy-tarbiyaviy ishlar bo’yicha


H I S O B O T I
Biz avgust oyidan boshlab ijtimoiy-siyosiy fanlar o’qituvchilari o’z faoliyatimizni boshladik. Ijtimoiy fanlar metod birlashma yig’ilishini o’tkazib , hamkasblarimiz bilan bu yilda qanday ishlarni amalga oshirishimiz kerakligi haqida kelishib oldik.
Ushbu yig’ilishimizda umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun 2022-2023- o’quv yili uchun mo’ljallangan o’quv reja bilan tanishib chiqdik. Metod birlashma rahbarini saylab yangi o’quv yili uchun dars taqsimotini ko’rib chiqdik. Bundan tashqari o’zimizga biriktirilgan fan kabinetlarini yangi o’quv yiliga tayyorladik. Turli ko’rgazmalar, tarqatmali materiallar, xaritalar , test banklari hamda AKT bo’yicha media manbalarimizni yangilab qo’ydik.
2022-2023-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan Ustozlar milliy forumida ijtimoiy fanlar uchun belgilangan seminar trening bizni maktabda o’tkazildi va biz unda ishtirok etib fanimiz uchun kerakli turli yangiliklar va chop etilgan yangi 6-7-10-sinf darsliklari bilan tanishib o’zimiz uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni oldik.
2022-2023-o’quv yilida men 5-(A, B, D, G, V, Ye, J), 6-(A, B, D, G, V, Ye), 10-(V), 11-(A, B, V) sinflarga hamda 9-D sinf yakka tartib bilan jami haftasiga 18 soatlik tarix darsi bilan ta’minlandim. Chorak davomida o’zimga beriktirilgan sinflarda AKT dan foydalanib noan’anaviy tarzda darslar tashkil etdim. Darslarimda turli ped texnologiyalar: “Aqliy hujum”, “Bingo mashqi”,”Blits savol-javob”, “Klaster”, “Yillar jangi” kabi dars usullaridan foydalandim. Har chorak uchun ochiq darslar rejasini tuzdim va dars jarayonlarida turli zamonaviy ped texnologiyalar hamda AKT dan foydalanish uchun kerakli materiallar tayyorladim.
”Yosh yuristlar” nomli to’garak tashkil etidim. 30 dan ortiq o’quvchilarni jalb qilib, haftada ikki marta to’garak darslarini o’tib boryapman. To’garak a’zolari bilan birgalikda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etib bordik. Jumladan, ertalabki saflanishda O’rta Osiyoda vujudga kelgan jadidchilik harakati namoyondalarining hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan tadbirlar tashkil etildi. Unda jadidchilik namoyondalarining yorqin vakili shoir, qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyotchisi,noshir publisist, davlat arbobi Is’hoqxon To’ra Ibrat hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar berdim.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling