870-yilda olamdan o’tgan


Download 63.7 Kb.
Sana24.02.2023
Hajmi63.7 Kb.
#1226245
Bog'liq
Imom al -buhoriy



Imom Ismoil al-Buxoriy - taniqli muhaddis olim (muhaddislik — hadislar haqidagi fan, payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning islom dini uchun xos so‘zlari va ishlari haqidagi xabarlar) va ahamiyatiga ko‘ra Qur’ondan keyingi o‘rinda turuvchi “Al Jomiy as Sahih” kitobining muallifi.
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810 yil Buxoroda tavallud topgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning otasining bobosi birinchi islom qabul qilganlardan bo‘lgan.
Uning otasi muqaddas rivoyatlar baxshilaridan bo‘lgan. 5-6 yoshlaridan Ismoil Qur’on va diniy ilmlarni, xususan, hadislar o‘rganishni boshlagan. Mukammal xotira egasi bo‘lib, u o‘qiganlirini tez o‘rganib olar, so‘ngra ularni har tomonlama tahlil qilardi.16 yoshiga kelib, u o‘sha zamonlarning barcha hadis to‘plamini yoddan bilgan.
825 yil Al Buxoriy o‘z onasi va akasi Ahmad bilan birga haj safarini amalga oshirish uchun Makka va Madinaga yo‘l olishadi. Ziyoratni amalga oshirgach, onasi va akasi Buxoroga qaytib kelishadi, u esa turli musulmon davlatlari bo‘ylab sayohat qilib, o‘z davrining taniqli ustozlaridan ta’lim olgan.
Rivoyatlarga ko‘ra, u yuz minglab hadislarni to‘plab, ulardan 300 mingtasini yoddan bilgan. U hayotining 42 yilini izlarishlar bilan o‘tkazadi. Kitobi ustida ishlashni u Basrada boshlaydi va uni ko‘p yillar davomida yozadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kitobga 1080 ta muhaddisning hadislari kiritilgan. Hadislarning ishonchliligiga ularning kelib chiqish manbasi va har bir zanjir aniqko‘rsatgich bo‘la oladi, zero, yetkazib beruvchining axloqiy timsoli nazarda tutilganligi, unga ishonish imkonini beradi.Imom Ismoil al-Buxoriy
870-yilda olamdan o’tgan.
Download 63.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling