899 yilda Ursatevsk(hozirgi Hovost) stantsiyasidan ta yo’l tashkil qilindi: Toshkentgacha va Farg’ona vodiysidan Andijonga
Loyihalashtirilayotgan vagon detalining tavsifi
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bittali osmalarda
- Ressorli osmalarning egiluvchan elementlari
Loyihalashtirilayotgan vagon detalining tavsifi .Vagonlarning ressorli osmalarini tasnifi, konstruksiyalarining o‘ziga xosligi va ishlash prinsipi Ressorli osmalar yurish qismining muhim elementlaridan biri hisoblanib, vagonlarning harakatlanishiga, ayniqsa, stikli birlashmalardan 29 va relslarning bo‘ylama notekisligidan, o‘zaklar(krestovina)ning va boshqalardan o‘tishda uning tekis yurishi bog‘liqdir. Bunday holatlarda harakat tarkibining tebranishi sodir bo‘ladi va vagonlarning konstruksiyasi elementlariga, yo‘lovchilarga va tashilayotgan yukka ta’sir qiluvchi dinamik kuchlar vujudga keladi.bekis yurishni ta’minlash, poyezdlar harakati xavfsizligini oshirish, yo‘lovchilarga qulay sharoitlarni yaratish, tashishda yuklar sifatini saqlash maqsadida vagonlarning yurish qismida maxsus uskunalar- ressorli osmalar qo‘llaniladi. Aravachalarning ressorli osmalari vagon tipiga bog‘liq. Ressorli osmalardagi egiluvchan elementlar ketma-ket va parallel joylashishi mumkin. Vagonlarning ressorli osmalari vagonni izga va izni vagonga dinamik ta’sirini kamaytiradi. U egiluvchan elementlardan, qaytaruvchi uskunalardan va tebranish so‘ndirgichlaridan tashkil topgandir. Ketma-ket birlashtirilgan egiluvchan elementlar soniga bog‘liq xolda ressorli osmalar birlamchi yoki ikkilamchi bajariladi. Birlamchi ressorli osmalari yuk telejkalarida, ikkilamchilari esa-yo‘lovchi telejkalarida qo‘llaniladi. Bittali osmalarda egiluvchan elementlar buksa va telejka ramasi yoki rama va ressorustki balka orasiga joylashtirilgan bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi osma egiluvchan elementlarning buksali va markaziy joylashuviga ega. Markaziy osma tebratgich(lyulechm>iy)li va tebratgichsiz bajarilgan bo‘lishi mumkin. Buksali osma jag‘(chelyustnoe)li vajag‘siz bo‘ladi. Jag‘li buksali osma yuk telejkalarida, jag‘sizi esa-yo‘lovchi telejkalarida bo‘ladi. Vagonlarning ressorli osmalari egiluvchan elementlardan, tebranish so‘ndirgichlaridan, qaytarish uskunalaridan tashkil topgan. Bu elementlarning komplekslari tebranish harakatlarini tezlashishini va dinamik kuchlarni vagon konstruksiyasiga ta’sirini kamaytiradi, shuningdek foydalanish jarayonida harakat tarkibining tekis yurishini vujudga keltiradi. Ressorli osmalarning egiluvchan elementlari Vagonlarning ressor osmalarida egiluvchan elementlar sifatida odatda silindrik o‘rama prujinalar, varaqsimon ressorlar, rezinometalli, pnevmatikli va boshqa uskunalar keng qo‘llaniladi. Egiluvchan elementlar, ressorli osmaning asosiy tashkiliy qismi bo‘lib, harakatlanuvchi vagonga rels izlari tomonidan ta’sir qiluvchi turtilish va zarblarni yumshatadi. Harakatlanmaydigan vagonda egiluvchan elementlar statik egiklik deb ataluvchi kattalikka egilib, statik yuklamalar sinoviga duchor bo‘ladi. Vagonlarning ressorli ossmalarida silindrik o‘rama prujinalar keng tarqalgan bo‘lib (5.1-rasm), ular avval qo‘llanilgan varaqsimon ressorlarga solishtirilganda kerakli egiluvchan xarakteristikalarga kichik massalarda va gabarit o‘lchamlarda ega bo‘ladi, tebranish so‘ndirgichlari bilan birga qo‘shilib vagonning yanda tekis yurishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, prujinalar gorizontal turtkilami va zarblarni yumshata oladi, buni esa varaqsimon ressorlar qila olmaydi: prujinalar shuningdek, tayyorlashda va ta’mirda, varaqsimon ressorlarga nisbatan juda oddiydir. 8.4-rasm. Silindrik prujina Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling