8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 0.77 Mb.
|
8-adabiyot 2019 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik. 2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
O‘ZBEKIST0N Bir o‘ lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi, Bir oMkaki, qishlarida shivirlar bahor, Bir o‘lkaki, sal ko‘rmasa, quyosh sog‘inar... Bir oMkaki, g‘ayratidan asabi chaqnar. Baxt toshini chaqib, bunda kuch guvullaydi. Derdilarki: «uning ruhi injiq va xasta», Biroq, tomchi qoni uning bir kulcha oltin!.. Tebratadi o‘lkani ish - baxtning o‘z qo‘li, . Ochilgandir tarixlaming eng ulug‘ yo‘li. Xazinasin ochib bergan qiri, tog‘, cho‘li, Butun Sharqda yozajak u shafaqdan qanot. Bolg‘alar-la parchalandi uyqu iloni, Mehnatkash el bukun belin ko‘tardi mag‘rur, Termometr simobiday... 0 ‘par ekan nur Yangi tarix quyoshidan uning manglayi, Mehnatidan ayqiradi endi baxt, surur. Dalalarda mashinaning tetik nafasi, Ufqlaming zumrad ko‘ksin o‘par paxtazor. Chollar - yigit, yigitchalar chaqmoqday yonar, Erkin mehnat baxtli ko‘zda cho‘g ‘ kabi porlar, Irodaning qilich yanglig‘ o‘tkirdir dami... Xonaqoni tashlab fikr fanlami mindi, Elektron tekshiradi kechagi cho‘pon. Institut kursisini o‘par qiz-juvon... Yaratildi bir shoh asar, go‘zal bir doston, G ‘adir-budur mehnat qo‘li bitgandir buni, Kelajakning bahoridan olingan kuyi, Xayollarga sig‘maydi hech buning mazmuni, Qofiyadir fabriklar-la qizlar qo‘ shig‘i, O‘qi va sev! Buning ismi yosh 0 ‘zbekiston. 1934
Bu she’rlarda aziz Vatanimiz tarixi, beqiyos tabiati, xalqimizning eng noyob fazilatlari badiiy tarannum etilgan, quyma satrlarga joylangan.Agar adabiyotimiz tarixiga nazar tashlasak, mazkur an’ananing keng quloch yoyishi aynan X X asr adabiyotida yuz berganiga guvoh bo‘lamiz. Albatta, «Alpomish» sin- gari dostonlar, 0 ‘rxun-Enasoy toshbitiklari, «Boburnoma», Muqimiyning «Sayohatnoma» singari asarlarida ham yurt va uning odamlari ta’rif-u tavsifiga duch kelamiz. Lekin ta’kidlanganidek, jonajon Vatanimizning alohida mavzu sifatida talqin etilishi X X asr she’riyatida sezilarli kuchaydi. Bu borada tashabbus ko‘rsatgan ijodkorlardan biri, shubhasiz, shoir Oybekdir.A ziz o‘quvchi, bugungi kunda Siz prezentatsiya - taqdimot degan so‘zni ko‘p eshitasiz, to‘g ‘rimi? Taqdimotki, u yoki bu narsa, buyum, yangilik, ilm-u fanning muayyan mavzusi ekranda ko‘rinadigan slaydlar yorda- mida yoritib beriladi. Shu nuqtayi nazardan Oybekning « 0 ‘zbekiston» she’riga nazar tashlasak, shoir go‘yo dunyo ahli qarshisida turib, o‘z yurtini yonib va jo ‘shib taqdimot qilayotgandek taassurot tug‘iladi. Bu taqdimotda o‘lkaning kechagi va bugungi kuni, tabiati, xalqi, shu xalq qilayotgan tinimsiz mehnat va uning natijalari bor rang-barangligida ko‘z oldimizda gavdalantiriladi. Tuprog‘ida oltin gullaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, sal ko‘rmasa darrov Quyoshni qo‘msaydigan bu o‘ lka kishilarining g ‘ayratidan asabi chaqnaydi. Bu chaqnayotgan asab buzg‘unchilik, shoshqaloqlik, yovuz kuch daragi emas aslo. Uning kuchi baxt toshini chaquvchi, o ‘lkaning qiri, tog‘ i, cho‘li bag‘rida pinhon xazinalami ochguvchi qudratdir. She’rdagi mana bu misralarga e’tibor beraylik Derdilarki: «uning ruhi injiq va xasta», Biroq, tomchi qoni uning bir kulcha oltin!.. 0 ‘zbekistonni, uning xalqini «ruhi injiq va xasta» deguvchilar, darhaqiqat, hamma zamonlarda ham topilgan. Yurtimizga bostirib kelgan Aleksandr Makedonskiy va Chingizxondan tortib, chor armiyasi generallarigacha dastlab shu fikrda bo‘lishgan. Faqat kelishgach, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Dukchi eshonlarning mardona ruhi nimalarga qodir ekanini o‘z tanalarida his qilishgan...Oybek bu qudratni «tomchi qoni uning bir kulcha oltin» deya ta’riflaydi. E’tibor bering: o‘ zbek xalqining bir tomchi qonida bahosi osmonga teng kulcha oltinning qudrati yashirin. (Qadimda oltin hozirgidek to‘rtburchak - ruschasiga «slitka» shaklida emas, balki, shoir aytganidek, kulcha nonning zuvalasiga o ‘xshash ko‘rinishda quyilgan.) Asardagi quyidagi misralarda esa yana bir tarixiy haqiqatga ishora bor:
Mehnatkash el bukun belin ko‘tardi mag‘rur. Siz o‘qiyotgan tarix darsliklarida X V II—X IX asrlar oralig‘ida Turkiston o‘lkasi har jihatdan qoloqlikka yuz tutgani haqida hikoya qilinadi. Abdulla Qodiriy iborasi bilan aytganda, «tariximizning eng kir va qora kunlari bo‘ lmish» oxirgi xonliklar davrida butun o‘lka go‘yo chuqur uyquga, g‘aflat og‘ushiga ketgan edi. Sanoatlashishdan yiroq bo‘lgan iqtisodiy holat ijtimoiy va ma’naviy sohalarda ham karaxtlikni paydo qilgandi. Ana shu tarixiy haqiqatni nazarda tutib, shoir «uyqu iloni» jismini bolg‘alar-la parchalaydi. Mana shu birgina so‘z bilan Respublikamizning sanoatlashish yo‘liga qadam bosgani, bu narsa esa yerga ming bora egilib dehqonchilik qilib kelgan o‘zbek mehnatkashining «belini g‘oz» qilganini yorqin ifoda etadi. Xuddi shunday o‘sish-o‘zgarish fanda, ilm-u ma’- rifatda, demakki, fikr va tafakkurda ham yaqqol seziladi: « Xonaqoni tashlab fikr fanlarni mindi, Elektron tekshiradi kechagi cho ‘pon...» Turkiston ahli asrlar osha ta’lim-tarbiyaning bir xil qolipidan chiqa olmagan, ilm deganda aksariyat faqat diniy ilmni, uning ham yodaki va yuzaki o‘zlashtirilishini tushunardi. Shu tufayli ham o‘ lka G ‘arb xalqlarining aniq fanlar sohasida erishgan yutuqlaridan benihoya ortda qolib ketgan edi.Nihoyat, she’ming oxirgi misrasiga e’tibor qiling: 0 ‘qi va sev! Buning ismi yosh 0 ‘zbekiston! Bir qaraganda, shoir yurtdoshlarini, ayniqsa, yoshlami o ‘qishga va yurtni sevishga chorlayotgandek. Lekin bizningcha, Oybek barchamizni 0 ‘zbekiston atalmish yurtni, uning o ‘zligini tarixi, buguni va kelajagini qunt ila o‘qish, tanish va shular asosida sevishga, ardoqlashga yonib da’vat etgan. Ulug‘ shoiming bu da’vati o‘z ahamiyati va kuehini bugun ham zarracha yo‘qotgan emas. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling