8«B» 1-mavzu: kirish darsning maqsadi
Foydalaniladigan adabiyotlar
Download 0.77 Mb.
|
8-adabiyot 2019 tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. O’tgan mavzuni so’rash.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Adabiyot» 8-sinf uchun darslik. 2) 8-sinf «Adabiyot» darsligining elektron varianti. I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu: «JALOLIDDIN MANGLBERDI» FOJIASI HAQIDA Qadrli o‘quvchila r! Siz mazkur asardan olingan, mo‘g ‘ul istilochilariga qarshi kurashgan xalq qahramoni, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi hayotining eng fojiali va hasratli manzaralari aks etgan adabiy parcha- lar bilan yaqindan tanishdingiz. «JaloliddinManguberdi» tragediyasi o‘zbek dramaturgiyasining yetuk namunasi hisoblanadi. Asardagi Jaloliddin Manguberdi shaxsi, uning taqdiri hozirgi kungacha kishilami hayratga solib kelyapti. Buyuk sarkarda, mo‘g ‘ul bosqinchilariga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdining to iiq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad boiib, Xorazmshohlaming so‘nggi hukmdori hisoblanadi. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida qatnashadi va o ‘zining jasur jangchi, iste’dodli sarkardalik qobiliyatini namoyish etadi. M o‘g‘ul istilochilarining haybatidan cho‘chigan otasi Muhammadshoh dushmanga qarshi kurashish o‘miga, go‘yo mamlakat xalqi hayotini saqlab qolish bahonasida Samarqandni tashlab orqaga chekinadi. Kaspiy dengizi bo‘yidagi Obeskun shahriga yo‘l oladi, u yerdan panoh topadi. O‘g‘li Jaloliddinning da’vat-u undovlari ham foyda bermaydi. Yosh sarkarda kuchli m o‘g‘ul qo‘shiniga qarshi bir o‘zi kurashga otlanadi. 0 ‘ziga yaqin xon-u beklar va lashkarboshilarning boshini qovushtirib jangga kiradi. Jaloliddin o‘z qo‘shini bilan eng kuchli mo‘g‘ul lashkarlarini yengib, dushmanga qiron keltiradi, umrining oxirigacha Vatanimiz hududini yovdan tozalashga harakat qiladi. Sohir sarkarda, haqiqatgo‘y, vatanparvar Jaloliddin o‘z davrida, keyingi davrlarda tarixchi olimlar, shoir va adiblar tomonidan sharaflandi. Buyuk davlat arbobi, Vatan fidoyisi haqida ko‘plab tarixiy kitoblar, she’r-u dostonlar bitildi. Buyuk tarixchi Shahobiddin Muhammad al-Nasaviyning «Tarixi Jaloliya», Mirxondning «Ravzat us-safo» asarlarida Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatini mufassal yozib qoldirganar. Buyuk sarkarda haqida ko‘plab tarixiy, badiiy asarlar yaratildi. Mamlakatimizda Jaloliddin Manguberdi xotirasi abadiylashtirildi. 0 ‘lkamizda qahramon tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘matildi, yirik ko‘cha, maydonlar, maktab va muassasalarga uning nomi qo‘yildi. 2000- yilda оЦу darajadagi harbiy mukofot «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etildi, ushbu orden bilan davlatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan harbiylar taqdirlanadigan bo‘ldi.Taniqli yozuvchi Maqsud Shayxzoda «Jaloliddin Manguberdi» tragediyasini 1944- yilda, ikkinchi jahon urushining qizg‘in bir davrida yaratdi. Asar o‘tmishda chet el bosqinchilariga qarshi xalqimiz olib borgan mardonavor kurashning yorqin sahifalarini sahna asari shaklida yoritish va uni x^lqimizning fashizm bilan olib borgan kurashi o ‘rtasidagi mushtaraklikni ko‘rsatish borasida muhim targ‘ibiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi. Ushbu tragediya 1945- yilning yanvarida Hamza nomidagi 0 ‘zbek davlat akademik drama teatri (Hozirgi 0 ‘zbek Milliy akademik drama teatri)da sahnalashtirildi va tez orada tomoshabinlar, jamoatchilik e’tiborini qozondi. Akademik Oybek va G‘afur G‘ulom: «Ko‘pdan buyon uzun umrli, badiiy salmoqdor sahna asarlarini orzu qilar edik. «Jaloliddin» bu orzumizga javob berishga qodir», — deya e’tirof etganlar. Tragediya mazmuni bilan tanishar ekanmiz, unda M.Shayxzodaning shoirlik, zukko olimlik mahorati to‘liq namoyon bo‘lganini ko‘ramiz. Asar she’riy shaklda yozilgan. Bu usul esa spektakldagi voqealami aniq-oydin, personajlar xarakterini ta’sirchan, jozibador tasvirlash imkonini bergan. Tragediya matni bir nafasda o‘qiladi va u kishiga chuqur ta’sir qiladi, epizodlar va eng murakkab sahnalar ham o‘quvchi ongiga borib yetadi. Asaming bosh qahramoni Jaloliddin Manguberdi obrazi, uning insoniy qiyofasi - halol-pokligi, dushmanga shafqatsizligi, mardona xarakteri o‘quvchida ham, tomoshabinda ham zo‘r taassurot qoldiradi. Asar o ‘zining falsafiy ruhi va badiiy tasvirdagi til jozibadorligi bilan kishi e’tiborini tortadi. Tragediyada asar qahramoni tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning o‘zaro munosabati haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, muallifning tarixiy shaxs va uning badiiy obrazi tasviri hayotiy ko‘rinish olgan. Jaloliddin Manguberdi xatti-harakati, uning gapso‘zlari, muomala tarzi tarixiy muhit bilan uyg‘un ravishda namoyon bo‘ladi. Jaloliddinning otasi Muhammadshoh, amir Badriddin, Yaroqbek kabi Vatanga xiyonat yo‘liga o‘tgan kimsalarga nafratli murojaati, onasi va singlisi Sultonbegimlarga nisbatan mehribonona muomalasi aks etgan sahna epizodlari nihoyatda ta’sirchan, hayotiy chiqqan.Tragediyada Jaloliddin Manguberdi qiyofasi ko‘proq asardagi boshqa obrazlar orqali ochilgan. Jumladan, zolim( Chhingizxon, o‘z yurtiga xiyonatkor Shoh Muhammad, olihoq amir Badriddin bilan bo‘lgan muloqotda uning mard, viirtiga vafodor, bosqinchi va xiyonatkor kishilarga nafrati haddan ziyoda inson sifatida namoyon bo‘ladi, ayni paytda lemur Malik, Muhammad Nasaviy, Elbors cho‘ponlar bilan so‘zlashlari xalqparvar, elga g‘amxo‘r yurt rahbari, volidasi va singlisi Sultonbegim bilan qilgan muloqotida mehribon farzand va tug‘ishgan inisi uchun qayg‘uradigan kishi qiyofasida ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Tragediyada M.Shayxzodaning sahna asarini yaratish bobidagi mahorati tufayli Manguberdi yashagan ziddiyatli davr, kishilar hayoti aniq, jonli, jozibador, eng muhimi, ishonarli tasvirlangan. Mazkur asardagi har bir so‘zga, nianzaraga, sahna jihozlariga ishonasiz, uni yurakdan his elasiz, go‘yo o‘zingizni shu suronli voqealar ichida yur- (•andek sezasiz. Xullas, asarda buyuk sarkarda, elimizning i|ahramon o‘g‘loni - Jaloliddin Manguberdi obrazi o‘zi- ning butun salobati bilan gavdalantirilgan. Uning yana bir mirli qiyofasini taniqli haykaltarosh I.Jabborov tiklagan vodgorlikda va iste’dodli rassom T.Quryozov chizgan «Jaloliddin Manguberdi» portretida ko‘ramiz.Tragediyaning she’riy yo‘sinda buyuk shoir tomonidan yaratilishi, uning jozibadorligi, o‘qilishliligini ta’minlar.;m. Undagi sahna qahramonlari Jaloliddin, Temur Ma lik tilidan jaranglagan monologlar yurtimiz, xalqimizni sharaflagan madhiyalar kabi yangraydi. Aziz o‘quvchilar, Siz bunga asar matnini o‘rganish jarayonida o‘zingiz ishonch hosil qilasiz. Shunday ekan, «Jaloliddin Mangubcrdi» tragediyasini Vatanimiz tarixining eng suronli davridan hikoya qiluvchi mukammal sahna asari sifatida har qancha o‘qib o ‘rgansak arziydi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling