9 -jahon tarix. №1


Download 174.5 Kb.
bet10/12
Sana25.10.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1722065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
9-sinf-jahon-tarix-mavzulashtirilgan-testlar [uzsmart.uz]

9-Jahon tarix. № 10
30-32-mavzular.
1. Eronga capital chiqarish bo’yicha qaysi mamlakat birinchi o’rinda edi?
A. AQSH B. Buyuk Britaniya
C. Germaniya D. Fransiya
2. Eronda “Shahanshohbank” ochilganidan 20 yildan so’ng qanday voqea bo’ldi?
A.Tehronda Muhammad Alishoh taxtdan tushirilgan
B. “Fiat” konserni tashkil topdi
C. Stolipin otib o’ldirildi
D. “Yer-suv ligasi” tuzildi
3. Eron tarixida birinchi parlament—Majlis qaysi shaharda tuzilgan?
A. Isfaxon B. Tehron
C. Tabriz D. Sheroz
4. Birinchi jahon urushi arafasida Eron Buyuk Britaniyadan necha mln. funt-sterling hisobida qarz bo’lib qolgan edi?
A. 14 mln B. 3,3 mln
C. 2,5 mln D. 9,6 mln
5. Eron inqilobining birinchi bosqichini aniqlang.
A. 1904-1907-y B. 1905-1907-y
C. 1907-1911-y D. 1907-1913-y
6. Eron tarixidagi zamindor zodagonlarni nafaqasini qisqartirib, feodal unvonlarni bekor qilgan shohni ko’rasating.
A.Muzaffariddin B. Taxmasp IV
C. Ahmad Shoh D.Muhammad Alishoh
7. Qabul qilinayotgan qonunlarning sha-riatga mosligi yuzasidan nazorat qilish uchun nechta ulug’ ulamo tayinlangan?
A. 3 B. 5 C. 7 D. 9
8. Afg’oniston amiri Sheralixonning yordam so’rab qilgan murojaatiga binoan, elchi sifatida kim yuborilgan?
A. Skobelev B. Makarov
C. Stoletov D. Afanasyev
9. Gandamak bitmini imzolagan afg’on amirini aniqlang.
A. Sheralixon B. M.Afzalxon
C. Yoqubxon D. Abdurahmon
10. Abdurahmon bilan tuzilgan shartnomaga ko’ra qaysi shahar inglizlar qo’lida qolgan?
A . Kobul B. Hirot
C. Farax D. Qandaxor
11. Qaysi afg’on amiri mamlakatda “yopiq siyosat” olib borgan?
A. Sheralixon B. Yoqubxon
C. Afzalxon D. Abdurahmon
12. Dyurand bitmi qachon imzolangan?
A. 1881 B. 1892
C. 1889 D. 1893
13. Afg’on amiri Abdurahmon qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A. 1880-1901-y B. 1885-1902-y
C. 1887-1901-y D. 1887-1901-y
14. Abdurahmon kimlarga o’zini “diniy homiy” qilib ko’rsatgan?
A. Hind daryosi bo’yidagi afg’onlarga
B. Amudaryo bo’yidagi o’zbek va tojiklarga
C. Hindikush etaklaridagi tog’lik afg’onlarga
D. pushtun qabilalariga
15. Gandamak shartnomasi … tuzilgan.
A. 1872 B. 1876 C. 1879 D. 1874
16. Dyurand bitimiga norozilik sifatida kimlar qo’zg’olon ko’targanlar?
A. tog’lik afg’onlar B. pushtunlar
C. o’zbeklar D. durroniylar
17. “Yosh afg’onlar” harakatiga kim boshchilikq ilgan?
A. M.Tarziy B. M.Taraqqiy
C. Omonullaxon D. Habibullaxon
18. Islohotchilarning butun umidi kimdan bo’lgan?
A. Habibullaxon B. Omonullaxon
C. M.Tarziy D. Abdurahmon
19. “Yosh afg’onlar” ruhida tarbiya topgan afg’on amirini ko’rsating.
A. Habibullaxon B. Omonullaxon
C. Yoqubxon D. Abdurahmon
20. Turkiyada haydaladigan yerlarning necha foizi katta yer egalari va ruhoniylarga tegishli bo’lgan?
A.40 % B.60 % C.75 % D.65 %
21. Turkiya qaysi yillar davomida 3 mlrd. frankdan ortiq asoratli qarz olgan?
A. 1870-1874-y B. 1875-1878-y
C. 1887-1901-y D. 1873-1881-y
22. Turkiya qaysi yilga kelib moliyaviy bankrot deb e’lon qilingan?
A. 1872 B. 1876
C. 1879 D. 1874
23. 1875-yilga kelib Turkiyaning daromadi necha mln. frankni tashkil etar edi?
A. 570 B. 420 C. 530 D. 380
24. “Yangi usmonlilar” harakatining nashri qanday atalgan?
A. “Bayroq” B. “Majlis”
C. “Ibrat” D. “Sabot”
25. 1876-y 22-mayda taxtdan tushirilgan sultonni ko’rsating.
A. Abdulaziz B. Abdulhamid II
C. Mahmud V Rishod D. Abdurrahmon
26. Turkiyada qaysi sulton davri “Zulm davri” nomini olgan?
A. Abdulaziz B. Abdulhamid II
C. Mahmud V Rishod D. Abdurrahmon
27. “Birlik va taraqqiyot” tashkiloti qachon va qaysi shaharda tuzilgan?
A. Anqara, 1889-y B. Izmir, 1886-y
C. Istanbul, 1889-y D. Bursa, 1878-y
28. “Yosh turklar” 1902-y qaysi shaharda o’zlarining 1- qurultoylarini chaqirisgan?
A. Parij B. Monastir
C. Anqara D. Istanbul
29. “Birlik va taraqqiyot” tashkiloti ustidan qachon sud uyushtirilgan?
A. 1890 B. 1892 C. 1895 D. 1897
30. “Birlik va taraqqiyot” tashkilotini kimlar tuzishgan?
A. harbiy garnizon zobitlari
B.harbiy-meditsina bilim yurti kursantlari
C. sulton qo’shini tarkibidagi harbiylar
D. sultonga qarshi kyfiyatdagi harbiy bilim yurti kursantlari
31. “Birlik va taraqqiyot” tashkiloti usti-dan sud uyushtirilganda necha kishi o’limga hukm etilgan?
A. 7 B. 9
C. 11 D. 13
32. “Birlik va taraqqiyot” partiyasi 1908-y 20-iyulda qaysi shaharda konstitutsiya tiklanganligini e’lon qilishgan?
A. Parij B. Monastir
C. Anqara D. Istanbul
33. “Ittihodi Muhammadi” partiyasi “Yosh turklar” ni nimada ayblagan?
A. xudosizlikda
B. chet mamlakatlar tazyiqiga yetarli javob qaytarmaslikda
C. mustamlaka o’lkalarni ozodlikka chiqish harakatlariga befarq bo’lishida
D. noqobillikda
34. Sulton Abdulxamid II taxtdan ag’da-rilgach, uning o’rniga kim kelgan?
A. Abdulaziz B. Abdulhamid V
C. Mahmud V Rishod D. Abdurrahmon
35. 1909-y 13-apreldagi aksilinqilobiy isyon tufayli “Yosh turklar” arboblaridan bir qismi qaysi shaharlaga qochib o’tishgan?
A. Saloniki va Anqaraga
B. Surat va Monastirga
C. Adrianopol va Salonikiga
D. Istanbul va Izmirga
36. Turkiya qaysi mamlakat bilan 1914-y
2-avgustda maxfiy ravishda ittifoq shartnomasini tuzgan?
A. Fransiya B. Buyuk Britaniya
C. Germaniya D. Avstriya-Vengriya
37. Kimlar “Yosh turklar” ni noqobillikda ayblagan?
A. “Ittihodi Muhammadi”
B. “Birlik va taraqqiyot”
C. “Hurriyat va birdamlik”
D. “Uchlik” guruhi
38. Mahmud V Rishod qaysi yillarda Turkiyani boshqargan?
A. 1880-1901-y B. 1876-1909-y
C. 1887-1909-y D. 1909-1918-y
39. Germaniya capitali 1888-y Bag’dod temir yo’lining qaysi qismini qurishni o’z zimmalariga olishgan?
A. Istanbul—Anqara
B. Surat—Monastir
C. Adrianopol—Saloniki
D. Izmir—Anqara
40. 1876-y 23-dekabrda Turkiyada …….
A. konstitutsiya e’lon qilindi
B. parlament qayta chaqirildi
C. Abdulxamid II taxtga o’tirdi
D. isyon ko’tarildi
41. 1912-y Eron Rossiyadan necha mln. rubl miqdorida qarz olgan?
A. 7 B. 9 C. 11 D. 14
42. Qaysi yilga kelib, turkmanlar yashaydigan joylarda afg’on-rus chegaralari qat’iy belgilab qo’yilgan?
A. 1881 B. 1892 C. 1887 D. 1893
43. Turkiyada “Uchlik” deb atalgan guruhga kim boshchilik qilgan?
A. Anvarbey B. Tal’atbey
C. Jamolbey D. Rishodbey
44. 1913-yilgi isyon natijasida hokimiyat tepasiga kelgan guruhni ko’rsating.
A. “Ittihodi Muhammadi”
B. “Birlik va taraqqiyot”
C. “Hurriyat va birdamlik”
D. to’g’ri javob yo’q

Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling