9- laboratoriya ishi tutash yassi yuzalarni egovlash ishning maqsadi


Download 240.3 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi240.3 Kb.
#1053608
1   2   3   4
Bog'liq
9-laboratoriya tekis va egri yuzalarni egovlash

Egovlashda xavfsizlik qoidalari

  1. Dastasiz yoki dastasi yorilgan egov bilan ishlamaslik kerak: dastalar jilolangan tashqi yuzaga va halqaga ega bo’lishi kerak.

  2. Egovlashda egovning uchini pastidan qisib ushlamaslik lozim: egovni salt (ishlatmasdan) yurgizishda qo’l zagatovkaga tegib ketib, jarohatlanishi mumkin. Egov haddan tashqari oldinga chiqarib yuborilganda, dasta zagotovkaning chetiga tegishi oqibatida, egov undan chiqib ketib, qo’lning shikastlanishiga sabab bo’lishi mumkin.

  3. Soch orasiga qirindi tushmasligi uchun bosh kiyimda ishlash kerak.

  4. SHikastlanishlarga yo’l qo’yilmasligni ko’zlab, dastgoh, gira, ish va o’lchash asboblari tartib bilan tutilishi va tegishli joylarda saqlanishi lozim.

5. Dasglab maxsus yo’riqnomalarni o’rganmasdan turib, elektrlashtirilgan va pnevmatikasboblar bilan ishlash qat’iyan man qilinadi.
Tashqi va ichki burchaklarga ishlov berishda:
a)burchakni tekshirishda homaki mahsulot-zagotovka giradan
olinib, egovlangan yuza qirindidan tozalanadi;
b)chala mahsulot chap qo’lga, go’niya esa o’ng qo’lga olinadi;
v)tekshirishda zagotovka ko’z va yorug’lik manbai oralig’ida joylashtiriladi;
g)go’niya avvaliga ishlangan yuzaga qo’yiladi, so’ngra esa yuza
bo’ylab sirpantirilib, boshqa (ishlanmagan) yuzara yaqinlashtiriladi.
Xomaki mahsulotning ishlanmagan yuzasi girada yuqoriga qaratib mahkamlanadi. Bunda qo’yma jag’lardan foydalaniladi. Dastlab chizg’ich bilan tekshirilib, tutashma yuza egovlanadi, yana ishlanadigan chiqiq joylar go’niya bilan aniqlanadi. Ishlanayotgan yuzadagi chiqiq joylar har tomonlama hamda vakti-vaktida burchak go’niya bilan va tekislik chizg’ich bilan tekshirilib, egovlanadi. Agar chizg’ich va go’niya yordamida tekshirilayotgan yuza bilan chizg’ich, go’niya bilan burchak qirrasi o’rtasidagi yorug’lik trqishi bir tekis bo’lsa, ishlangan yuzaga bo’ylama chiziqlar tushiriladi.


Talabalar duch
Download 240.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling