float price;
};
int book_series::page_count;
int main(){
book_series::page_count = 256;
cout << "page_count ning joriy qiymati " << book_series::page_count <<"ga teng"<
return 0;
}
Bu o‘rinda, sinf page_count sinfi elementini public sifatida e’lon qilgani uchun, xatto agar book_series sinfidagi obyektlar mavjud bo‘lmasa ham, dastur sinfning ushbu elementiga murojaat qilishi mumkin.
Statik funksiya elementlardan foydalanish. Avvalgi dastur ma’lumotlar statik elementlarining qo‘llanishini ko‘rsatib bergan edi. C++ xuddi shunday usul bilan statik funksiya-elementlar (usullar)ni aniqlash imkonini beradi. Agar statik usul yaratilayotgan bo‘lsa, dastur bunday usulni, xatto uning obyektlari yaratilmagan holda ham, chaqirib olishi mumkin. Masalan, agar sinf sinfdan tashqari ma’lumotlar uchun qo‘llanishi mumkin bo‘lgan usulga ega bo‘lsa, siz bu usulni statik qila olishingiz mumkin bo‘lardi. Funksiyadan foydalanish uchun dastur uni public va static sifatida e’lon qilishi kerak. Masalan, quyidagi dasturda, xatto book_series sinfidagi obyektlar mavjud bo‘lmasa ham, bu sinfning show_count() usulidan foydalaniladi:
#include
using namespace std;
class book_series{
public:
static int show_count() { return page_count;};
private:
float price;
static int page_count;
};
int book_series::page_count=256;
int main(){
cout << "page_count ning joriy qiymati " << book_series::show_count() <<"ga teng"<< endl;
return 0;
}
Friend funksiyalar
Class ning private va protected qismiga class ga tegishli bo’lmagan friend funksiya murojat qilishi mumkin. Friend funksiyalar class ning ichida friend kalit so’zi bilan yoziladi.
E’lon qilinishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |