9 -ma’ruza: Sanoat binolarining eshik va derazalari. Reja
Sanoat binolarining derazalari
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq9- маъруза
2. Sanoat binolarining derazalari.
Bir qavatli sanoat binosi devorlarini derazalar bilan to‘ldirish usullari. a – lentasimon oynalanish; b – bunda ham yoppasiga oynalanish; v – d – deraza o‘rni aloxida bo‘lgan hol; 1. – o‘lchami 1,2 x 6,0m yog‘och yoki po‘latdan ishlangan deraza panel 2. – o‘lchami 1,8 x 6,0m bo‘lib trubalaridan ishlangan deraza paneli; 3. – bu ham egilgan profillardan ishlangan; 4,5 – yog‘ochdan ishlangan deraza paneli. Temir beton deraza tavaqalari:a – tavaqalari sxemasi; b – deraza o‘rni vertikal sxemasi; v – bu ham, gorizontal qismida; 1 – diametri 8 mm po‘lat sterjen; 2 – tishli mix. Konstruksiyasiga ko‘ra deraza tavaqalari ochiladigan va ochilmaydigan turlarga bo‘linadi. Xona ichini tabiiy shamollatish uchun tavaqalarning bir qismi ochiladigan bo‘ladi. Bunda tavaqalar oshiq – moshiqlar yordamida yuqoriga ilingan bo‘ladi va bulardan tashqari past qismiga, o‘rtaga yoki vertikal holda ilingan bo‘lishi ham mumkin. Panel devorli ishlab chiqarish binolarida lentasimon, yoppasiga yoki aloxida deraza turlari qo‘llanilib, odatda lentasimon derazalar ko‘proq uchraydi. Bunday derazalarni ayrim tavaqalari yoki hammasi lenta tarzida ochiladigan bo‘ladi. Tavaqalarni avtomatik boshqariladigan mexanizmlar yoki distansion yo‘l bilan ochiladi. Derazalarning biron bir turini qo‘llashda binoni ekspluatatsiya sharoiti va texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari e’tiborga olinadi. Xonalarda harorat-namlik darajasi odatdagi rejimga to‘g‘ri keladigan binolarda yog‘och tavaqali derazalar, boshqa hollarda esa temirbeton, po‘lat, plastmassa va boshqa turdagi metallardan ishlangan derazalar ishlatiladi. Yog‘och derazalarni devor chiqiqlariga, ravoqlariga, to‘sinlarga va impostlarga mixlar yoki tishli mixlar yordamida mahkamlanib, ular orasidagi tirqishlarga kanoplar tiqiladi va sirtidan sement – qum qorishmasi bilan suvalib chiqiladi. Po‘lat tavaqalarni o‘zaro impostlarga va rigellarga boltlar yordamida qotirilib, devor chiqiqlari va belbog‘ to‘sini oralig‘i qorishma yoki elastik ashyolardan ishlangan oraquyma bilan to‘ldiriladi. Etiboringiz uchun rahmat! Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling