9- mavzu: Elektr xavfsizligi asoslari. Maqsad


Download 42.14 Kb.
bet2/2
Sana06.02.2023
Hajmi42.14 Kb.
#1171852
1   2
Bog'liq
elektr tokidan ximoya

5-rasm.
Elektr qurilmalarni erga ulab muhofaza qilishning asosiy xususiyati, qurilma korpusiga o'tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, erga ulangan joy atrofida potentsiallar ayirmasi hosil bo'lmasligi ta'minlashdan iborat.
Nolga ulab muhofaza qilish.
Elektr qurilmalarining tok o'tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo'yish nolga ulab muhofaza qilish deb yuritiladi.
Muhofazalovchi nol simi, elektr manbai g'altagining neytral qismlarini mustahkam erga ulash bilan boshlanib, uch faza bilan birlikda to'rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo'ylab tortib boriladi va iloji boricha ko'proq (ma'lum masofalarda) erga ulab boriladi.
Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi erga ulab muhofaza qilishniki bilan bir xil, ya'ni elektr asbobi korpusiga oqib o'tib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolgan ulab muhofaza qilishning ishlash uslubi shundayki, korpusga o'tib ketgan elektr tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa to'qinish vujudga keltirish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi va buning natijasida elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun o'rnatilgan saqlovchi eruvchi qurilmani yoki saqlovchi avtomatni o'chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr toki uzib qo'yiladi. Bunday vazifani bajaradigan saqlovchi eruvchi qurilmalar yoki avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma'lum miqdorda oshishiga mo'ljallab o'rnatib qo'yiladi.

Xulosa: ishlab chiqarish jarayonida elektr asbob-uskunalar ishlatiladi. Ulardan to’g’ri foydalanish, xavfsizlik texnika koidalariga rioya qilish ishlovchilarni elektr toki urishdan saklaydi va elektr xavfsizligi kamayadi.




Nazorat savollari.

1. Elektr uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik choralari.


2. Elektr tokining inson organizmiga ta'siri.
3. Elektr tokidan ximoya qilish vositalari.
4. Elektr toki urgan kishiga birinchi yordam kursatish.
5. Elektr tokidan saklanish va shaxsiy ximoya choralari.
Download 42.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling