Relyatsion ma’lumotlar bazasi.
Agar MB da ishtirok etadign jadvallar o`zaro bog`langan bo`lsa, bunday MO ni
relyatsion turdagi MB deb atash qabul qilingan. Bunda jadvalni o`zaro bog`lash
uchun umumiy xususiyatga ega bo`lgan unikal maydon tushunchasi kiritilgan.
Ushbu tushuncha ba`zan MOning kalitli maydoni deb ham ataladi. Jadvalning
bunday bog`lanishi bog`lanish sxemasi deyiladi. MO doimo o`zgarib turadi: o’nga
yangi yozuvlar, borlariga esa elementlar qo`shiladi yoki o`chirib tashlanadi.
Relyatsion ma`lumotlar bazasi quyidagi parametrlar bilan baholanadi:
1. Soddalik (Prostota).
2. Moslashuvchanlik (Gibkost).
3. Aniqlilik (Tochnost). Matematik aniq usullar bilan MO manipulyatsiya
qilinadi.
4. Maxfiylik (Sekretnost).
5. Bog`liqlik (Svyazannost).
6. Bog`liqsizlik (Nezavisimost).
7. Ma`lumotlar bilan murakkab amallarni bajarish tili.
Ba’zan MB ishlatilish samaradorligini oshirish maqsadida uning tuzilishi ham
o`zgartirilib turiladi. Bu holda MBning shajaraviy va tarmoqli modellari vujudga
keladi. MBni tahlil qilish, uni to`ldirish, nusxasini olish kabi vazifalarni bajarish
uchun maxsus dastur ta’minoti bo`lishi zarur. Bunday dastur ta’minoti MBBT
deyiladi. Mazkur tizimlar bir vaqtning o`zida bir necha foydalanuvchiga xizmat
ko`rsata oladi, ya’ni ma’lumotlardan bir vaqtning o`zida bir necha kishi foydalana
oladi. Bunday MBBTlariga quyidagilar misol bo`la oladi: Clipper, Paradox,
Do'stlaringiz bilan baham: |