9- mavzu. Mintaqalar moliyasi va uni tartibga solish hududiy moliyaning mohiyati va tarkibi


Download 14.6 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi14.6 Kb.
#1519615
  1   2   3   4
Bog'liq
12-mavzu. Mint moliyasi va uni tart solish


9- MAVZU. MINTAQALAR MOLIYASI VA UNI TARTIBGA SOLISH
 
1.Hududiy moliyaning mohiyati va tarkibi.
2.Mahalliy budjet – mahalliy boshqaruv organlari asosiy moliyaviy manbasidir.
3.Mol - mulk solig‘ining mahalliy budjetdagi roli.
4.Budjetlararo munosabatlar.
 


Tayanch iboralar: mahalliy budjet, mahalliy boshqaruv, mol-mulk solig‘i, budjetlararo munosabatlar, moliya
 
Xalqning roziligi bilan yoki uning roziligisiz olinadigan soliqlar uning hamyoni uchun bir xil bo‘lishi mumkin, lekin xalq ruhiyatiga uning ta’siri turlichadir
F. Bekon.
1.Hududiy moliyaning mohiyati va tarkibi
Hududiy moliya - davlat moliya tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u turli darajadagi (viloyat, tuman, shahar) mahalliy budjetlar, nobudjet fonlari, mintaqa ehtiyojini qondirish uchun sarflanadigan xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy vositalaridan iborat.
Hududiy moliya aholiga ijtimoiy-madaniy va kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. Shunday qilib, hududiy moliya - hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonida milliy daromadni taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Hududiy moliya orqali davlat o‘zining ijtimoiy siyosatini faol amalga oshirmoqda. Mintaqaviy hokimiyat organlarining budjetlari uchun ajratilgan vositalar asosida xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmat sohalarini moliyalashtirish amalga oshiriladi.
Mintaqalarning moliyaviy resurslari yordamida hukumat taraqqiyoti turlicha bo‘lgan mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tenglashtiradi. Bunday tafovutlarni bartaraf etishda maxsus mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilib, ularni amalga oshirish uchun mablag‘lar muayyan ma’muriy-hududiy birliklar budjetlarining daromad manbalari hamda yuqori budjetlarning ajratmalari hisobidan shakllantiriladi.

Download 14.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling