9- mavzu: Oʻzbek xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik


 Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy tuzilishi


Download 39.3 Kb.
bet3/7
Sana20.08.2023
Hajmi39.3 Kb.
#1668669
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XBDPrakTr5703aJcFRd4LHRHfYgtquWhIt7dbizR

9.3. Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy tuzilishi
1867-yilda Rossiya Imperiyasi harbiy vaziri D.Milyutin, Imperator maslahatchisi V.Girs tomonidan “Turkiston o‘lkasini boshqarish tartibi haqida Nizom” loyihasini tuzildi va amalda kuchga kirdi. Unga ko‘ra o‘lkada mutlaq hokimiyat general-gubernator qo‘lida to‘plandi. Turkiston general-gubernatori etib fon Kaufman (1967-1881) tayinlandi. Turkiston general-gubernatorligi dastlab tashkil etilganda uning tarkibiga ikkita viloyat Sirdaryo (markazi – Toshkent) va Yettisuv (markazi – Verniy (hozirgi Olma-Ota)) kirgan. Turkiston general-gubernatorligining viloyatlarga bo‘linishi tabiiy-geografik va aholining iqtisodiy shart-sharoitlarini o‘rganish asosida emas, balki o‘lkani bosib olish jarayoni bilan bog‘liq holda amalga oshirildi.O‘rta Osiyoning hududlari kengroq bosib olinishi natijasida Turkiston general-gubernatorligi tarkibida XIX asr oxirlariga kelib besh viloyat tashkil etildi. Sirdaryo (1867), Fargʻona (1876), Samarqand (1868), Ettisuv (1867), Kaspiyorti (1881) viloyatlarini shaxsan imperatorning ozi tayinlagan harbiy gubernatorlar boshqarardi.
Turkiston general-gubernatori o‘lkani boshqarishda keng vakolatlarga ega edi, harbiy okrug qoshinlari qomondoni, bosh mirshab, bosh prokuror boʻlgan . U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya Imperator agentligi orqali, Xiva xonini esa Amudaryo bolimi boshligʻi orqali nazorat qilib turgan. Rossiya Imperiyasi Turkistondagi mustamlakachilik siyosatini takomillashtirib bordi. Ushbu maqsadda 1886-yil 12-iyunda “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida Nizom” qabul qilindi.
Ushbu Nizomga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy boshqaruvi yangi idora – Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to‘ldirildi. Viloyat harbiy gubernatorlari, general-gubernator devoni boshqaruvchisi, Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig‘I bu Kengashning doimiy a’zolari hisoblanishgan. General-gubematorlik Kengashi va to'rt bo'limdan iborat mahkama tuzildi. Birinchi bo'lim ma’muriy va nazorat, ikkinchisi moliyaviy-xo'jalik, uchinchisi soliq va shaharlar mablag'lari ishlarini boshqargan. To'rtinchisi maxsus bo'lim deb atalgan.
Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uezdlarga, uezdlar esa volostlarga, volostlar uchastkalarga, uchastkalar esa oqsoqollar boshqaradigan hududlarga bolingan. Uyezd boshlig'i ma’muriy, politsiya, harbiy hokimiyatlarni o‘zida birlashtirgan, odamlarga jarima solishi, 7 kungacha hibsda saqlashi mumkin bo'lgan. Uchastka boshliqlari ham odamlarga jarima solishi, 3 kungacha hibsda saqlab turishi mumkin bo'lgan.
Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy markazi etib tanlashdi. Ma’muriyat Toshkentning sharqiy qismidan joy tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini koʻchirib, Rossiyadan kelganlar yashaydigan uylar, kochalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning bu qismi yangi shahar deb ataldi (shaharni hokim boshqargan). Eski shaharning, ya’ni mahalliy aholi yashaydigan qism aholisining rus aholisi yashaydigan shahar qismiga otishi ta’qiqlangan edi.
1877-yilda Toshkentda “Shahar Nizomi” joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi. Toshkent shahar Dumasi farmoyish beruvchi organ bo'lib, uni shahar hokimi – oqsoqol boshqarardi. Turkiston general-gubernatori tomonidan Duma oqsoqoli (golova) etib shahar hokimi polkovnik E.P.Pukalov tayinlandi. Noiblar orasidan ijro etuvchi hokimiyat – shahar boshqarmasi (mahkamasi) tuziladi.
Rossiya Imperiyasining Turkistondagi asosiy tayanch ma’muriy va majbur qiluvchi tashkiloti politsiya idorasi boʻlib, u katta vakolatlarga ega edi. Mustamlakachilik ma’muriyatining muhim huquqiy bogʻini sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki xil koʻrinishga ega boʻlib, ular sudlar va xalq sudlari deb atalgan. Ularning birinchisi mustamlakachilik shaklida bolsa, xalq sudlari shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi.
Rossiya imperiyasining 1886- yilgi “Nizom”i oʻlkaga rus aholisini koʻchirib keltirish yoʻli bilan oʻlkani ruslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab, unga siyosiy tus berdi. Koʻchib keluvchi har bir oilaga 10 tanobdan ham boʻlmagan yer ajratish belgilandi. 15 yil davomida (1875-1890) Turkistonga 1300 oila kochib kelib joylashdi.

Download 39.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling