9 -mavzu. Sport inshootlarini loyihalash. Reja


Download 63.5 Kb.
bet2/2
Sana18.11.2023
Hajmi63.5 Kb.
#1784866
1   2
Bog'liq
9-маъруза

Eslatma: 1. Yopiq basseynlarda aylanish yo’lakchalari isitiladigan qilib nazarda tutiladi.
2. Start tumbasi, tramplin, sakrash tepaligi bor borti bo’yicha yo’lakchaning kengligi texnologik talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Echinish xonalari (erkak va ayollarga alohida) to’g’ridan to’g’ri xojatxonalarga va dushxonalarga tambur orqali tutashgan bo’lishi kerak.
SHug’ullanuvchilar uchun yechinish xonasining sport zali bilan aloqasi to’g’ridan to’g’ri, yo’lak orqali yoki faqat ular uchun ishlaydigan zinapoya orqali amalga oshirilishi kerak.
Jamoa ko’rinishida bo’ladigan sport o’yinlari o’tkaziladigan inshoatlarda, qoida bo’yicha, kamida to’rtta yechinish xonalari bo’lishi kerak, ularning maydoni ko’p zalli sport inshoatlarining yechinish xonalari umumiy hisobiy maydoniga kiritiladi.
Echinish xonasi bir nafar yechinuvchiga kamida 1 m2 maydon hisobidan nazarda tutiladi; yechinish xonasida kiyim javonlari (0,3x0,5 m, o’rindiqlar, oyoq vannasi, qo’l yuvish jihozi, ko’zgu, pol usti tarozisi bo’lishi shart).
Basseynlarda yechinish xonalari aylanib yurish yo’lakchasi bilan bir sathli va ular aloqasi dushxona orqali, a sport zal yoki tayyorgalik mashg’ulotlari xonasi bilan esa dushxonani aylanib o’tadigan bo’lishligi shart.
Engil atletika sport o’yinlari uchun sport zallarining qoshidagi va universal sport-tomosha zallaridagi, hamda ochiq sport inshoatlaridagi (ochiq basseynlar bundan mustasno) yechinish xonalari zal bilan (maydon bilan) to’g’ridan to’g’ri aloqada bo’lishi va shug’illanuvchilar bilan tomoshabinlarning yo’llari kesishmasligi sharti bilan, aloqada bo’lmasligi mumkin.
Eslatma: 1. Sport zallarida shug’ullanuvchilar uchun yechinish xonalari, qoida bo’yicha, bir smenada shug’ullanuvchilarning 200% iga, basseynlarda esa bir smenada shug’ullanuvchilarning 250-300% iga hisoblanadi (to’lishining bir hil bo’lmasligini hisobga olgan holda).
2. Sportning har xil ko’rinishda musobaqa va o’quv-trenirovka mashg’ulotlari o’tkaziladigan zallari bor ko’p funktsiyali sport inshoatlarida yechinish xonalarining joylari soni texnologik hisob kitob bilan aniqlanadi.
Sport inshoatlarining sanitar bo’g’inlaridagi sanitar jihozlari texnologik hisob kitob bo’yicha, 9-tavsiyaviy ilova ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda, qabul qilinishi kerak.
SHug’ullanuvchilarning dushxonasi yechinish xonasi bilan, trener va instruktorlar jamoasi uchun dushxonalar instruktorlar xonasi bilan, xodimlar dushxonasi xodimlar maishiy xonalari bilan to’g’ridan to’g’ri aloqada bo’lishi kerak.
Basseynlarda shug’illanuvchilarning dushxonalari (erkak va ayollarniki) aylanib yurish yo’lakchasi bilan bir sathda bo’lishi shart. Dushxonalar ochiq kabinali va oralarida o’tish yo’lakli bo’lishi kerak; o’tish yo’lagi kengligi - 1.6 m. Dushxonadan aylanib yurish yo’lagiga chiqish joyida yoki suzib chiqish joyida chuqurligi 0.1 m poddon oyoq vanna-dushi butunlay kengligi bo’yicha nazarda tutiladi.
Echinish xonalari qoshidagi xojatxonalar yechinish xonalari bilan yondosh joylashtirilishi zarur (tambur-shlyuz orqali). Xojatxonadan dushxonani chetlab basseyn hovuziga kirishga yo’l qo’yilmaydi.
Bolalar yechinish xonasi, dushxonasi va xojatxonalari (o’g’il bolalar va qizlar uchun alohida) kattalarnikidan alohida joylashtirilishi shart.
Hovuzga suzib chiqish joylari – kanallar kengligi 1.8 m va chuqurligi kamida 0.5 m; start tumbachasi yo’q hovuzlarga suzib chiqish kanali vannaning ko’ndalang biqiniga joylashtiriladi.
Basseynlarning texnik xonalari, xlorlash xonalari va xlor omborlariga alohida maxsus kirish joyi bo’lishi kerak. Xlorlash va xlor omborining xonalarini binoga yopishgan yer sathidan pastga joylashtirish mumkin emas.
Ochiq inshoatlarning qo’shimcha xonalari (echinish, xojatxona, dushxonalari), qoida bo’yicha, inshoatdan 200 m dan uzoqda joylashtirilmasliklari kerak, ochiq basseynlar bundan mustasno, chunki ularning yechinish, xojatxona va dushxonalari bevosita basseyn hovuziga birikishi zarur.
Sanitar jihozlar 9-tavsiyaviy ilovani hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Qo’shimcha xonalar balandligi tavsiyasi ( toza holda, pastga chiqib turuvchi konstruksiyagacha):
2,7m – dahlizlarda, yechinish xonalarida, massaj xonalarida, shug’illanuvchilarning dam olishi xonasida, savdo va qo’shimcha xonalarda, trener-instruktor xonalarida, metodika xonasida, tib xizmati xonasida, navbatchi va yong’in posti xonalarida, omborxonalarda, inventar xonalarida, qurol-yarog’ tozalash va saqlash xonalarida:
2,4 m – sudyalar xonalarida;
2,2 m – ustki kiyim almashtirish joyida (yopiq to’siq orqasida), trenirovka kiyimlarini almashtirish xonasida, kiyim va oyoq-kiyim quritish xonasida, tog’ chang’i trassasi start va finish qoshilaridagi kichik uycha va pavilьonlarda, kassaxonalarda.
Tomoshabinlar uchun qo’shimcha xonalar keluvchilar tomosha zallariga to’liq bo’lgan holatga hisoblanadi (tomosha zalining normativ ko’rsatkichlarini hisobga olib).
Bufetxona yoki kafeteriyalar loyiha topshirig’i asosida qabul qilinadi.
Download 63.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling