Ona tili 9-sinf I variant
1. Hozirgi kunda yer yuzida necha xil til mayjud?
A) 2600 dan ortiq. B) 3000 dan ortiq.
C) 2700dan ortiq. D) 2000 dan ortiq.
2.O‘zbek tili qaysi tillar oilasiga mansub?
A Hind-evropa B) Turkiy C) Xom-som. D) Oltoy.
3.Bitishuv munosabatli so‘z birikmasi qaysi qatorda berilgan?
A) Kasb-hunar egallamoq. B) Bilimsiz kishi.
C) Kishining ko‘ngli. D) Ibodatdan afzal.
4.Hokim so‘z tobe so‘zga moslashuv munosabati bilan bog‘langan so‘z birikmasini toping.
A) O‘zaro nizo qilmoq. B) O‘g‘illariga bermoq.
C) Sizning ahvolingiz. D) Cho‘plarni sindirmoq.
5.Odamlar aybini ko‘rma, o‘z aybingni ko‘r. Aniqlovchi vazifasidagi so‘zni aniqlang.
A) Aybini. B) Odamlar, o‘z. C) Ko‘rma D) O‘z aybingni.
6.Har bir odam do‘stlaridan shuni, burchlarini ado etishni talab qiladi. -Gapdagi ajratilgan bo‘lakni toping.
A) Ega B) To‘ldiruvchi C) Aniqlovchi D) Hol
7.So‘z birikmasini aniqlang.
A) Tez-tez. B) Sindira olmadilar.
C) Hech kim. D) Ittifoqda bo‘lmoq.
8.Ega ishtirok etgan gap qaysi javobda berilgan?
A) Bir kuni yozuvchilar do‘konida Abdulla Qahhorni uchratdim.
B) - Zarifaxon, asal bermoqdalar, lekin menga kerak emas
C) - Menga tegishli asalni siz oling.
D) Oybekni astoydil hurmat qilar edi.
9.Qaysi gapda ajratilgan bo‘laklar mavjud?
A) Odamlarsiz yashama, odamlar orasida bo‘l.
B) Muloyimlik — rizq sari yetaklovchi kalit.
C) Nabiram- Sayyora shu yerda tarbiyalanyapti.
D) Belbog‘lariga mehr-muhabbat baytlarini yozganlar.
10.Kirish so‘zlar ishtirok etgan gaplarni aniqlang.
A) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk.
B) Xullas, qars ikki qo‘ldan chiqadi.
C) Muammoni hal qilish kerak.
D) Hamma ham do‘stlari ko‘p bo‘lishini istaydi.
11.“Alpomish” dostonining nechta varianti bor?
50 dan ortiq d) 40 dan ortiq
50 ga yaqin e) 60 ga yaqin
Do'stlaringiz bilan baham: |