9- sinf adabiyot fanidan "Boburnoma " -memuar asar " mavzusida namunali dars ishlanmasi
Download 8.57 Kb.
|
9-sinf Bobur ochiq dars
9- sinf adabiyot fanidan “Boburnoma “ -memuar asar “ mavzusida namunali dars ishlanmasi 1.Dars mavzusi:”Boburnoma”_memuar asar 2.Darsning maqsadi:A)ta’limiy:o’quvchilarga yangi mavzu bo’yicha bKM berish; B) tarbiyaviy:o’quvchilar qalbiga insoniy fazilatlar va ajdodlar ruhiga hurmat tuyg’ularini singdirish; C)rivojlantiruvchi maqsad: Badiiy tafakkuri, dunyoqarashini boyitish ,o’z fikrini erkin ifodalash malakasini rivojlantirish; D)shakllantiriladigan kompetnsiya:nutqiy kompetensiya, o’z-o’zini boshqarish komp/si,axborotlar bilan ishlash komp/siyasi; 3.Dars uslubi:savol-javob, bahs-munozara, suhbat;Usullar:”Bilimdonlar”, “Kim ko’p biladi?”, So’zlar sandig’I”,testlar,”Qalqon” 4.Dars turi:yangi bilim beruvch, mustahkamlovchi, nazorat qiluvchi; 5. Dars jihozi:darslik, qo’shimcha adabiyotlar, “Boburnoma” asari, tarqatmalar, noutbuk, slaydlar; 6.O’quvchilardan o’tilgan mavzuni so’rash va baholash; 7.Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism: --Salomlashish,Davomatni aniqlash-rus tilida; -Siyosiy va ma’naviy daqiqa tashkil etish; Sinf o’quvchilari 3guruhga bo’linadi. 1-guruh:”Iste’dodli shoir” 2-guruh:”Mahoratli sarkarda” 3-guruh’Buyuk shoh” O’quvchilarga o’tilgan mavzular bo’yicha tarqatma savollar beriladi: 1.Bobur ismining ma’nosini toping. J:Sher 2. Boburning otasi va onasi kim bo’lgan? J:Umarshayx Mirzo Temurbekka evara- to’rtinchi avlod,onasi Qutlug’ Nigorxonim- Toshkent hokimi Yunusxonning qizi; 3.Bobur necha yoshlarida Samarqandga yurish qildi? J:15 va 17 yoshida;… Yangi mavzu bo’yicha o’quvchilar o’zlarining guruhlari nomi bo’yicha yuga tayyorlanib kelgan ma’lumotlarni aytib guruhlarini himoya qiladilar: 1.Boburning ijodiy merosi; 2.Boburning Sarkardaligi; 3.Boburning Shohligi; “Boburnoma”- memuar asaridan foydalanishadi; -Mustahkamlashda “Sog’inch sohili” dramasidan lavha ko’rsatiladi. -O’quvchilar spektakldagi parchani izohlaydilar.-Bobur va Malika Bayda . -“So’zlar sandig’I” usuli orqali baytlarda tushirib qoldirilgan so’zlarni topadilar. -“Klaster” usuli orqali guruhlar “Boburnoma”da keltirilgan tarixiy shaxslar,tarixiy joy nomlari, qaysi sohalar haqida ma’lumotlar berilganini yozadilar; -Krossvord bajariladi; -Testlar yechiladi; -O’quvchilarni rag’batlantirish va baholash; 8-Uyga vazifa: asarni o’qib o’rganib kelish. Download 8.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling