9-2btus/19 guruh talabasi Izomova Adibaning 13-amaliy mashgúlot uchun tayyorlagan taqdimoti
Mavzu : “Odamdan nima qoladi?” ertagi. Maqsad: 1
Download 157.41 Kb.
|
ADIBA 13-AMALIY MASHGÚLOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- TK3 O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash. *10daqiqa*
- Odamdan nima qoladi
- Yangi mavzuni mustahkamlash
Mavzu : “Odamdan nima qoladi?” ertagi.
Maqsad: 1. O‘quvchilarga mavzu haqida tushuncha berish, ularning ezgulik haqida tasavvurlarini boyitish, o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish, insoniy fazilatlarni tarbiyalash. 2. Shoirning dono va bilimli kishilar to‘g‘risidagi fikri. Bilimsiz kishilarni hayvonga o‘xshatilishi haqida tushuntirish. TK3 O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob berib, qahramonlarni ajrata olish; Jihozlar: rasmlar, tarqatma materiallar. Darsning borishi: *4daqiqa*
“Salomlashish odobi“ mavzusi yuzasidan savol –javob o‘tkazaman: O‘quvchilardan salomlashish haqida bilgan rivoyatlari, maqol va she’rlari so‘raladi Odamdan nima qoladi? Yusuf Xos Hojib Qo‘ling el aro uzun bo‘lsa, sen o‘z fe'l-atvoringni ezgu tut. Yigitlik mangu emas, u juda tez kechadi. Tiriklik chirog‘i ham ko‘z ochib-yumguncha o‘chadi. Hayot tushdek bir gap. U yashindek tez kechadi. Tiriklikda jami ezguliklarni yig‘moq kerak. Ular keyinchalik yegulik va kiygulik bo‘ladi. Kishilarning ezgusi bu haqda shunday deydi: Bu nafas oluvchi, ya'ni tirik jon, oxir-oqibatda o‘ladi. Axir olamda tug‘ilgan odamzodning biri ozroq, boshqa biri ko‘proq yashaydi, so‘ng baribir vafot etadi. Lekin podshoning ham, oddiy odamning ham vafotidan keyin qoladigan narsasi — nomi bor. Agar senga shu navbat joyi tekkan bo‘lsa, sen unga munosib tarzda yashagin. Tirik oxir o‘lar qora yer quchib Norn ezgu esa-chi, ketarmi o‘chib?! Ikki xil nom qolar tilda begumon: Biri yaxshilig-u, birisi yomon. Dono maqtov olar, nodon-chi — so‘kish O‘zing o‘yla, senga ma'qul qaysi ish? Ezgularning nomi buyuk bo‘ladi, yomonlar nasibi esa qarg‘ish va so‘kishdan boshqa narsa bo‘lmaydi. Bunga tarixdan quyidagi hodisa juda yaxshi misoldir: Nedan bo‘ldi Zahhok so‘kishga duchor, Faridunga nechun omad sazovor? Biri ezgu erdi — oldi u duo, Esiz bo‘lgani-chi, so‘kish beado. Ana endi o‘zing aytgin-chi, sening tabiatingga ezgulik mosmi yoxud yomonlik? Sen o‘z sha’ningga maqtov istaysanmi, yoki so‘kish - qarg‘ishmi? Tilaging qanaqa bo‘lsa, shundan kelib chiqib o‘zing birini tanlab ol. Keyin o‘kinib yurma. Shunga o‘xshatibdi sinagan odam, Sinagan odamga ayondir olam. Yaxshi nom oladi, ko‘r, ezgu kishi, Yomonlar nasibi — el-yurt qarg‘ishi. Tajribalarda juda ko‘p marta tasdiqlangan shunday hikmat bor: yomonlarning omadi hech qachon kelmaydi, ularning ishi har vaqt orqaga ketadi: Yomonlik go‘yo o‘t, yondirar, yoqar, O‘tishga kechig yo‘q: u soy tez oqar.
Mavzuni izohli o‘qish beriladi. O‘quvchilar navbat bilan qismlarga bo‘lib o‘qiydi va izoh beradi. So‘ngra mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi Odamdan nima qoladi 1. Insonni vafotidan keyin qanday esga oladilar? 2. Zakkok nima uchun so‘kishga duchor bo‘lgan? 3. Faridunni duo qilishlarining sababi nimada? 4. “Yaxshi nom oladi, ko‘r, ezgu kishi, Yomonlar nasibi – el yurt qarg‘ishi” misralarining mazmunini aytib bering. O‘quvchilar javobi tinglanadi va xulosa yasaladi. O‘quvchilar mavzu asosida klaster tuzadilar: yaxshi nom qilgan ezgu ishlari komil farzandlari yozgan qo‘lyozmalari qurgan binolari ekkan daraxtlari Download 157.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling