9-6iqts im-22 guruh talabasi sayfiyev abbosjon


Download 0.73 Mb.
Sana04.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1328214
Bog'liq
Kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlik, kiberxavfsizlikka tahdid va muammolar.

9-6IQTS IM-22 guruh talabasi SAYFIYEV ABBOSJON

  • MAVZU: Kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlik, kiberxavfsizlikka tahdid va muammolar.
  • Reja:
  • 1. Kiber jinoyat tushunchasi
  • 2. Global kiberjinoyatchilikning xususiyatlari.
  • 3. Milliy kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi strategiyalari
  • 4. Kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro hamkorlik
  • 5. O’zbekiston Respublikasida kiberxavfsizlikka tahdid va muammolar.
  • Kiberjinoyatchilik - bu kibermakonda kompyuter tizimlari yoki kompyuter tarmoqlari yordamida yoki vositasida kompyuter tizimlari, kompyuter tarmoqlari yoki kompyuter ma'lumotlariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar to'plamidir.
  • Kibermakon - bu Internet, telekommunikatsiya tarmoqlari, kompyuter tizimlari, o'rnatilgan protsessorlar va kontrollerlarni o'z ichiga olgan infratuzilmalar va axborot texnologiyalarining o'zaro bog'liq to'plami bo'lgan axborot makonidagi global soha.
  • Kiberjinoyatchilik” tushunchasi "kiberjinoyat" tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir.
  • Kiberjinoyat - bu Internetga ulangan har qanday texnik vositalar orqali shaxsga, tashkilotga yoki davlatga iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, mafkuraviy, madaniy va boshqa turdagi zararlarni etkazish maqsadida ijtimoiy og'ish harakatidir.
  • Kiberjinoyatlarga zararli viruslarni tarqatish, parolni buzish va birinchi navbatda bank kartalaridan va boshqa bank rekvizitlaridan ma’lumotlarni o'g'irlash, fishing, shuningdek noqonuniy ma'lumotlarni, tuhmat, bolalar pornografiyasini tarqatish va boshqalar kiradi. Kiberjinoyatga internet orqali turli saylov, energetika, xarbiy va boshqa infratuzilma tizimlarining ishiga ularning faoliyatini buzish maqsadida aralashishni kiritish lozim.
  • Global tarmoqlar jinoyatchilar uchun nihoyatda jozibali, chunki AKT yordamida jinoyat sodir etish joyidan geografik va huquqiy etib borish zonasidan tashqarida bo'lgan holda juda tez va to'satdan juda katta zarar etkazilishi mumkin. Bu huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan global jinoyatchilarni topish va qonuniy javobgarlikka tortishni qiyinlashtiradi.
  • Kiberjinoyatlar shakli yildan-yilga o'zgarib bormoqda. Dastlab, AKTning joriy etilishi bilan zararli dastur va tovlamachi viruslar paydo bo'ldi. Asta-sekin, josuslik xakerlik usullarining rivojlanishi bilan kiberjinoyatlar pochta qutilarini buzishga o’zgardilar, keyin asosiy xavf "qorong'i" Internet va kripto-valyuta sanoatiga o'tdi va endi xakerlar asta-sekin buyumlar Internetini egallab olishmoqda.
  • Bank kartalari bo’yicha firibgarlik jismoniy shaxslar uchun eng xavfli tahdid bo'lib qolmoqda. Dunyoda har oyda qariyb 686 mingta bank kartalari ma'lumotlari sotish uchun yuklab olinadi. Juniper Research tahlilchilari onlayn to'lovlar, shu jumladan chiptalarni sotish, pul o'tkazmalari va bank xizmatlari bo’yicha firibgarlik zararlarining o'sishi 2018 yildagi 22 milliard dollardan 2023 yilda 48 milliard dollargacha o'sishini taxmin qilishdi.
  • Milliy kiberxavfsizlik va axborot xavfsizligi strategiyalari
  • Keng miqyosli vazifalar bilan bog'liq holda, axborot yoki kiberxavfsizlik tobora jamiyatning barcha qatlamlarini qamrab oladigan davlat ahamiyatiga ega bo'lgan strategik muammo sifatida qaralmoqda.
  • An'anaviy iqtisodiyotning raqamli o'zgarishi bilan birgalikda axborot va telekommunikatsiya tizimlari xavfsizligiga asoslangan axborot xavfsizligi tushunchasiga kiberxavfsizlik tushunchasi qo'shildi, bu jismoniy, ma'naviy, moliyaviy, siyosiy, hissiy, professional, psixologik, baxtsiz hodisa, zarar, xato, yoki kibermakondagi hoxlanmagan deb hisoblanishi mumkin bo'lgan hodisalardan himoyalanganlik shart-sharoiti sifatida tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, kiberxavfsizlik - bu kiber tahdidlarni amalga oshirishga faol qarshi turish uchun foydalaniladigan axborot jarayonlari, xavfsizlikni boshqarish yondashuvlari va boshqa texnologiyalar xavfsizligini ta'minlash tamoyillari va vositalarining to'plamidir.
  • Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
  • Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o’g’irlash yoki nusxa olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
  • Elektron hukumat tizimining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, davlat organlari tizimlari va axborot resurslarida axborot xavfsizligini ta’minlash belgilangan.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling