9-7iqts im-21 guruh talabasi Roziqova Sitoraning Moliya va soliqlar fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Moliyaviy instrumentlar


Download 86.02 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi86.02 Kb.
#1324387
Bog'liq
Moliyaviy instrumentlar

9-7IQTS IM-21 guruh talabasi Roziqova Sitoraning Moliya va soliqlar fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: Moliyaviy instrumentlar

  • REJA:
  • 1. Moliyaviy instrumentlar mazmun-mohiyati
  • 2. Moliyaviy instrumentlarning tasnifi
  • 2. Qimmatli qog’ozlar moliyaviy instrument sifatida
  • Moliyaviy instrument bu- moliya tizimi va uning tarkibiy bo’g’inlarida qo’llaniladigan moliyaviy vositalar ,jumladan, qimmatli qog’ozlar va ularning hosilalaridir.Ular monetizatsiyalashgan, real bazisga ekvivalent, qiymatga va xossalarga ega bo’lgan, moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta’minlovchi, muayyan shakllarda daromad keltiruvchi investitsion kapital to’lov vositasi hamda alohida moliyaviy tovardir
  • Har bir turiga xos maqsad va funksiya, bozori va undagi muomala mexanizmi;
  • Har bir turiga mos rekviziti, shakli, muddati,soni va narxi;
  • Monetizatsiyalashgan real basis bilan ta’minlanganligi;
  • Har bir turining bozor parametrlari;
  • Har bir turiga mos chiqaruvchilari va ularning instrument bo’yicha shartlari
  • Moliyaviy instrumentning funksiyalari
  • - Bozor orqali moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash va qayta taqsimlash;
  • - Kvazi pul sifatida to’lov vositasi bo’la olishi;
  • -Iqtisodiy – huquqiy munosabatlarni belgilash;
  • -O’z egalariga kapitalga egalik huquqi bilan birga, boshqa ma’lum qo’shimcha huquqlarni berish;
  • - Alohida tovar sifatida muomalada bo’lish, bozor konyunkturasi va unda biznes sifatini belgilash;
  • - Investitsion aktiv va jamg’arma sifatida xizmat qilish;
  • -Tavakkalchilik sharoitida kapital bo’yicha daromad olishni, kapitalni qaytarilishini ta’minlash;
  • Moliya bozori instrumentlari tasniflanishi:
  • Muomalaga chiqarilishi maqsadi bo’yicha
  • Chiqarilish muddati bo’yicha
  • Milliyligi bo’yicha
  • Shakli bo’yicha
  • Muomala chegarasi bo’yicha
  • Vazifalari bo’yicha
  • Funksiyalari bo’yicha
  • Daromad turlariga ko’ra
  • Moliya bozori instrumentlari tasniflanishi:
  • Muomalaga chiqarilishi maqsadi bo’yicha
  • To’lov va pul aylanmasi uzluksizligini taminlash, investitsiyalarni jalb qilish va ular bo’yicha daromad olish, qarz va ulush munosabatlarini ifodalovchi investitsion moliyaviy instrumentlar
  • Chiqarilish muddati bo’yicha
  • Qisqa muddatli
  • O’rta muddatli
  • Uzoq muddatli
  • Milliyligi bo’yicha
  • Milliy instrumentlar
  • Xorijiy instrumentlar
  • Xalqaro instrumentlar
  • Vazifasiga ko’ra
  • Subyektlarning ichki va tashqi iqtisodiy maqsadlarini va manfaatlarini qoniqtiruvchi moliyaviy instrumentlar
  • Funksiyalari bo’yicha
  • Investitsion instrumentlar, banklarning moliyalashtirish instrumentlari,tavakkalchilikni moliyalashtirish moliyaviy instrumentlari, to’lov instrumentlari, lotereyalar
  • Muomala chegarasi bo’yicha
  • Alohida mamlakat
  • Regional
  • Xalqaro
  • Shakli bo’yicha
  • Maxsus blanka
  • Elektron hisoblarda aks etuvchi yuritiluvchi moliyaviy instrumentlar
  • Daromad turlari bo’yicha
  • Divident beruvchi, belgilangan va suzuvchi foiz stavkali, yutuqli moliyaviy instrumentlar
  • Qimmatli qog‘ozlar — bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir.
  •  Obligatsiyalar
  • Obligatsiyalar ularning egasi pul mablag‘lari berganligini tasdiq etuvchi va qimmatli qog‘ozlarning belgilangan qiymatini ularda ko‘rsatilgan muddatda, qayd etilgan foiz to‘langan holda, basharti obligatsiyalarni chiqarish shartlarida o‘zgacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozlardir.
  • Aksiyalar — aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yuridik yoki jismoniy shaxs muayyan hissa qo‘shganidan guvohlik beruvchi, aksiya egasining mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini tasdiqlovchi hamda unga dividend olish va, qoida tariqasida, ushbu jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beruvchi, amal qilish muddati belgilanmagan qimmatli qog‘ozlardir. Aksiyalar chiqarish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlik jamiyati muassislari tomonidan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Sotib olingan aksiya uni chiqargan aksiyadorlik jamiyatiga, basharti bu narsa jamiyat ustavida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotilishi mumkin emas
  • Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari
  • 1 Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari — daromadi (zarari) bir yoki bir necha bozor ko‘rsatkichlari (indekslari) mazmuniga bog‘liq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlardir. 2 Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari opsionlar, fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqarilishi mumkin.
  • 3 Opsion — shartnoma bo‘lib, uning egasiga qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni bitimda qayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid qilish huquqini beradi. 4 Fyuchers — qimmatli qog‘oz (shartnoma) bo‘lib, muayyan qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarni yoki tovarlarni shartnomada belgilab qo‘yilgan narxda belgilangan kelgusi sanada xarid qilish yoki sotishdan iborat so‘zsiz majburiyatni tasdiqlaydi. 5 Qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish va ularni muomalada yuritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi belgilaydi.

Download 86.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling