9-Amaliy ish. Elektron kommersiya, web-dizayn


Xalqaro axborot tarmoqlari tezligining о‘zgarish tendensiyasi


Download 96.23 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi96.23 Kb.
#1010476
1   2   3   4   5
Bog'liq
9 amaliy ish XUSH

Xalqaro axborot tarmoqlari tezligining о‘zgarish tendensiyasi


Shuni alohida ta’kidlab о‘tish kerakki, о‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga tо‘sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bо‘lib, ularning tо‘gri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin.
Birinchidan, zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillash-gmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz:
internetning global tarmog‘i bilan tо‘gridan-tо‘g‘ri bog‘langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder о‘rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma’lumki bunday holat xizmat kо‘rsatishning sifatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Viloyatlarda kо‘rsatilayotgan internet xizmatining sifat kо‘rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar tо‘gridan tо‘g‘ri qо‘ng‘iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu о‘z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bо‘lmasligiga olib keladi.
Ikkinchidan, internet foydalanuvchilarining miqdori shunday darajadaki, bu holat elektron tijorat bilan shug‘ullanish uchun zarur bо‘lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi (О‘zbekiston bо‘yicha internet foydalanuvchilarining soni 2,5 mln. dan ortiq
4). Tо‘g‘ri oxirgi yillarda bu sohada bir qancha ijobiy natijalarga erishilmoqda, lekin bu faqatgina ma’lum bir hududlarda (asosan poytaxt va ba’zi bir viloyat markazlar) о‘smoqda. Kо‘pchilik viloyatlarda bunday holat haligacha muammoligicha qolmoqda. Ma’lumki, yetarlicha hajmdagi bozorga ega bо‘lmasdan turib elektron tijorat faoliyatini yuritish ixtiyoriy tadbirkor uchun zarardir.
Uchinchidan, jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlaridan on-line tо‘lovni amalga oshirishni ta’minlaydigan ishonchli tizimning rivojlanmaganligi. Banklarimiz tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalardan faqatgina maxsus terminallardan foydalanib tо‘lovni amalga oshirishimiz mumkin, xalqaro tajribada esa plastik kartochkalar yordamida, tо‘lovni qabul qilish uchun о‘rnatilgan maxsus modullar orqali, tо‘g‘ridan tо‘g‘ri on-line dо‘konlarda tо‘lovni amalga oshirish mumkin.
Asosiy muammo shundaki, О‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun on-line banking xizmati keng tarqalmadi. On-line banking bank mijozlari uchun internet tarmog‘ida yoki mobil aloqa yordamida о‘z hisoblarini boshqarish va tо‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bir necha banklar tomonidan taklif etilayotgan SMS-banking bir tomonlama bо‘lib, faqatgina hisob va operatsiyalar tarixi haqida ma’lumot olish uchun mо‘ljallangan. Bu holat elektron tijoratning rivojlanishiga eng katta tо‘siq bо‘layotgan muammolardan biridir.
Tо‘rtinchidan, mavjud internet-dо‘konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma’lumotlarga kо‘ra 01.01.2008 yil holatiga bо‘yicha О‘zbekistonda 24 internet-dо‘kon faoliyat yuritadi. Kompyuter va elektron-mayishiy texnika mahsulotlarini sotishga bо‘yicha-8, sovg‘a va gullar bо‘yicha-4, raqamli tovarlar bо‘yicha -6, iste’mol va ma’ishiy tovarlar bо‘yicha-3, kitob, musiqa va kompakt diskda filmlar sotishga mо‘ljallangan-3 dо‘kon mavjud. Bu veb-saytlarning 4-ishlov berilish jarayonida, 4-tо‘lovni xalqaro tо‘lov tizimidagi plastik kartochkalardan foydalanib amalga oshirish imkonini yaratadi, 12-WM Transfer tо‘lov tizimidan foydalanadi. Qolgan 7 dо‘kon naqdsiz tо‘lovni amalga oshirishni imkonini, yozma shartnoma imzolanganidan sо‘ng, yaratadi.

Download 96.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling