9– amaliy mashg’ulot ishi ipv6 texnologiyasi asosida ripng, ospfv3 va eigrp marshrutizatsiya protokollarini sozlash ishdan maqsad
Download 1.94 Mb.
|
9-AMALIY MASHG’ULOT ISHI
(config) ipv6 unicast-routing
IPv6 paketlarini qayta yo‘naltirish maqsadida IPv6 bir adresli marshrutizatsiya vositalari harakatini kiritish kerak bo‘ladi. 2. Interefeyslarda IPv6 tarmog‘i ishlashini ta’minlovchi buyruq: (interface) ipv6 eigrp autonomous-system-number Bu buyruq interfeyslarda EIGRP protokoli vositalarini foallashtiradi. Agar marshrutizatorda EIGRP protokoli foallashtirilagan bo‘lsa, unda ko‘rsatilgan AS raqami uchun EIGRP jarayoni yangiddan ishga tushiriladi. 3. EIGRP jarayoniga o‘tish va konfiguratsiyada marshrutizator identifikatorini aniqlash: (config) ipv6 router eigrp autonomous-system-number (router) eigrp router-id ipv4-address IPv6 tarmog‘ida EIGRP ishlashi uchun xabar jo‘natuvchni belgilashda EIGRP xabaridan foydalanadigan 32 bitli marshrutizator identifikatori talab etiladi. IPv4 manzili qo‘llashda interfeyslardan qaysi biri tayinlangan bo‘lsa uni manzilini ko‘rsatish shart emas. 9.3 – rasmda IPv6 tarmog‘ida EIGRP protokolidan foydalanish uchun RouterA marshrutizatori konfiguratsiyasini sozlashga misol keltirilgan. Ikkala FastEthernet interfeysi konfiguratsiyasini sozlash ularda EIGRP protokolini qo‘llash hisobiga bajariladi. 9 .3-rasm. IPv6 tarmoqda EIGRP protokolining qo‘llanilishi 9.4-rasm. IPv6 tarmoqda EIGRP protokolini sozlash OSPF protokoli OSPF protokolining xususiyatlari: sinfsizlik – protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi; samaradorlik – marshrutda o‘zgarish bo‘lsa, marshrutizatsiyani yangilash (doimiy bo‘lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo‘lni tanlash uchun SPF ni qisqa yo‘lni izlash algoritmini ishlatadi; marshrutizatsiya jadvalida tez bir xillikka erishish- tarmoq o‘zgarganligini tez translyasiya qilish; masshtablik – kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo‘ljallangan. Ierarxik tuzilishni qo‘llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area) ga guruhlash mumkin; xavfsizlik – MD 5 Message Digest autentifikatsiyasini qo‘llab quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo‘lsa, OSPF marshrutizatorlari oldindan berilgan bir xil parolli teng huquqli tugundan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini qabul qiladi. Administrativ distansiyasi (AD) – marshrut manbasining ishonchlilik qiymatini ko‘rsatadi. OSPF protokolining AD si 110 ga teng. Hamma marshrutizatsiya protokollari o‘xshash komponentlarni ishlatadi. Hamma protokollar marshrutizatsiyaning ma’lumotlarini almashish uchun marshrutizatsiya protokolining xabarini ishlatadi. Xabar marshrutizatsiya algoritmi yordamida qayta ishlashini ta’minlovchi ma’lumotlar tuzilishini qurishga yordam beradi. OSPF marshrutizatsiya protokolining 3 ta asosiy komponenti mavjud. Ma’lumotlarning tuzulishi. Marshrutizatsiya protokolining xabari Algoritm IPv6 uchun OSPFv3 versiyasi qisqa yo‘lni tanlash protokoli ko‘rsatilgan interfeys konfiguratsiyasida network yo‘riqnomasi bilan birga OSPF (OSPFv3) uchun IPv6 protokolini qo‘llash kerak bo‘ladi; bitta kanalda OSPF ning bir nechta nusxalarini ishlatish mumkin; lokal kanalda manzillar yordami bilan chegaradosh qo‘shni qurilmalarni izlashni amalga oshirish mumkin; autentifikatsiya protsedurasi OSPF protokoliga emas, IPsec protokolidan (albatta IPv6 vositasidan) foydalanishga asoslangan; IPv6 manzilini 224.0.0.5 manzili ekvivalenti FF02::5 bo‘ladi, 224.0.0.6, manzili ekvivalenti FF02::6 bo‘ladi; OSPFv3 versiyasida LSA e’lonini ikkita yangi turi kiritilgan. 8 tipdagi LSA e’lonlari lokal kanalda ko‘chkili jo‘natish uchun foydalaniladi. 9 tipdagi LSA e’lonlari, hamda hududga ichki munosabati bo‘yicha prefiksli LSA chegara marshrutizatorlar xududida shakllantiriladi (Area Border Router ABR) va magistral xududga uzatiladi. Konfiguratsiyani sozlash 1. IPv6 bir adresatli marshrutizatsiya harakatini kiritish (config) ipv6 unicast-routing IPv6 barcha marshrutlovchi protokollariga mos holda dastlab IPv6 paketlarini qayta yo‘naltirishga ruxsat berish maqsadida IPv6 bir adresatli marshrutizatsiya harakatini kiritish kerak bo‘ladi. 2. OSPFv3 protokoli buyruqlarini kiritish: (config) ipv6 router ospf process-id 3. Marshrutizatorni 32 bitli identifikatorini kiritish (router) router-id ipv4-address OSPFv3 versiyasi IPv6 tarmog‘ida foydalanish uchun mo‘ljallangan, biroq buning uchun unga yana 32 bitli marshrutizator identifikatori talab qilinadi. bu identifikator o‘zida IPv4 manzilini taqdim etadi, ya’ni qaysi bir interfeysga jo‘natilishi kerakligini ko‘rsatadigan manzil shart emas. 4. Interfeyslarda OSPF jarayoni harakatini kiritish: (router) router-id ipv4-address OSPFv2 dan farqli ravishda konfiguratsiyada marshrutizatsiyada ishlaydigan jarayonlarga ta’luqli network yo‘riqnomasini ko‘rsatish talab etilmaydi. OSPFv3 versiyasidan foydalanishda marshrutizatsiya jarayoniida ishtirok etishi kerak bo‘lgan aloahida interfeyslarda OSPF jarayoni harakati kiritiladi. 5. OSPF interfeysi muhimliligini o‘rnatish konfiguratsiyasi (interface) ipv6 ospf priority number Bu belgilar 0 dan 255 gacha oraliqda bo‘lishi mumkin; qiymat berilmagan vaqtda 1 qiymatni oladi. Ushbu parametr qabul qilib oluvchi marshrutizatorini tanlash (Designated Router – DR) va keng tarqatishli tipidagi tarmoqda zahira qabul qilib oluvchi marshrutizator (Backup Designated Router - BDR) uchun foydalaniladi. Muhimlilik 0 keng tarqatishli tipidagi tarmoqdagi marshrutizator DR yoki BDR marshrutizatori bo‘lishi mumkin emas. 9.5 – rasmda RouterA OSPFv3 protokolidan foydalanish keltirilgan. Ikkala FastEthernet interfeysida OSPF jarayoni foallashtiriladi. RouterA marshrutizator ABR marshrutizatori vazifasini bajaradi, kanallardan biri Area 1 xududiga ulanadi, boshqasi esa Area 0 ga ulanadi. Bundan tashqari interfeys muhimliligi 0 li konfiguratsiyada berilgan FastEthernet0 interfeysi marshrutizator ishtirok etishi oldini olish imkonini beradi, ya’ni u biror bir tanlangan DR/BDR jarayoniga ta’luqli bo‘ladi
9.5-rasm. IPv6 tarmoqda OSPFv3 protokolining qo‘llanilishi 9.6-rasm. IPv6 tarmoqda OSPFv3 protokolini sozlash Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling