9– amaliy mashg’ulot ishi ipv6 texnologiyasi asosida ripng, ospfv3 va eigrp marshrutizatsiya protokollarini sozlash ishdan maqsad


Download 1.94 Mb.
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1756224
1   2   3   4
Bog'liq
9-AMALIY MASHG’ULOT ISHI

RIP protokoli:

  • administratorni minimum darajadagi nazoratini talab qilish maqsadida marshrutizatsiya jadvalini tuzish uchun ishlab chiqilgan;

  • ma’lumotlarni qayta ishlashda marshrutizatorlarda yuklanishni kamaytirish maqsadida guruhli manzil bo‘yicha jo‘natiladigan xabar marshrutizatorlar o‘rtasida almashiladi;

  • ichki domenli va masofa – vektor protokoli bo‘lib, Bellman – Ford algoritmiga asoslangan;

  • ko‘rsatilgan joyga masofani belgilashda metric ko‘rsatkichi ishlatiladi (sonli ko‘rinishda);

IPv6 texnologiyasi asosida qurilgan tarmoqda marshrutizatsiya usullari
IPv6 uchun marshrut axborot (RIP) protokoli

  • IPv6 tarmog‘i uchun RIP protokolida UDP protokoli 521 porti foydalaniladi.

  • xabar uchun qabul qilib oluvchi manzili sifatida IPv6 tarmog‘ida RIP protokoli;

  • yangilangan RIP versiyasilaridan biri o‘rnatilgan marshrutizatorlar uchun ko‘p manzilli jo‘natish gurux manzilidan foydalanadi, shuningdek FF02::9 manzilidan ham;

Konfiguratsiyani sozlash
1. IPv6 bir adresatli marshrutizatsiya harakatini kiritish
(config) ipv6 unicast-routing
IPv6 barcha marshrutlovchi protokollariga mos holda dastlab IPv6 paketlarini qayta yo‘naltirish maqsadida IPv6 bir adresatli marshrutizatsiya harakatini kiritish kerak bo‘ladi.
2. Barcha interfeyslar IPv6 tarmog‘i uchun RIP protokoli harakatiga kiritiladi, ya’ni RIP jarayonida ishtirok etish kerak:
(interface) ipv6 rip name enable
IPv4 tarmog‘i uchun RIP protokoli konfiguratsiyasini sozlash protsedurasidan farqli holda marshrutizatsiya jarayonida RIP protokolining qaysi versiyasi qo‘llanilishini, hamda tarmoqni ko‘rsatish shart emas. Shu bilan birga bir interfeysdan boshqa bir interfeysga o‘tish va IPv6 tarmoq uchun RIP vositalarini foallashtirish amalga oshiriladi. Name parametri IPv6 jarayonini identifikatsiyalashga xizmat qiladi.
9.1 – rasmda IPv6 tarmog‘ida RIP protokolidan foydalanish uchun RouterA marshrutizatori konfiguratsiyasini sozlashga misol keltirilgan. RIP jarayoni FastEthernet0/0 va FastEthernet0/1 interfeyslarida foallashtiriladi.


9.1-rasm. IPv6 tarmoqda RIP protokolining qo‘llanilishi






9.2-rasm. IPv6 tarmoqda RIP protokolini sozlash



IPv6 uchun ichki shlyuz marshrutizatsiya protokoli (EIGRP)

Cisco Systems kompaniyasining EIGRP protokoli IGRP protokolining dastlabki versiyasining takomillashtirilgan ko‘rinishi hisoblaniladi. Protokol gibrid hisoblanadi va Diffusing-Update Algorithm (DUAL) algoritmiga asoslangan. U o‘zida distansionno-vektorli protokollarning (optimal marshrut tanlash sodda algoritmi) va aloqa kanali holati bo‘yicha (faqat aloqa holati va ularning o‘zgarishlar to‘g‘risidagi xabarlar hisobiga tarmoq o‘tkazish polosasini iqtisod qilish) protokollarning eng yaxshi jihatlarini o‘zida nomayon qiladi. Protokolning barcha jo‘natmalari multikasting va individual hisoblaniladi. Bunday holatda axborot tarmoqda o‘zgarish bo‘lganda va ushbu axborot qaysi marshrutizatorga tegishli bo‘lsa shunga jo‘natiladi. Protokolni masshtablashishni oshirish maqsadida unga o‘zgaruvchan uzunlikdagi tarmoq osti maskasi hamda va marshrutlarni birlashirish imkoniyati qo‘shilgan. EIGRP ning oxirgi versiyasi marshrutizatsiya jadvali elementlarini buzg‘unchilar yozib olishga imkon bermaydigan va MD5 kaliti asosida autentifikatsiyalaydigan himoyalash vositasiga ega. Bundan tashqari, bugungi kunda EIGRP uchun IPv6 qo‘llab quvvatlaydigan vositalar ishlab chiqilmoqda. Bu protokolning takomillashtirishda davom etilishi bildiradi.


Protokol IGRP va RIP bilan birgalikda ishlay oladi.
- IPv6 tarmog‘ida EIGRP protokoli harakatini kiritish uchun uni foallashtirishdan avval marshrutizator identifikatorini berish kerak bo‘ladi.
- IPv6 tarmog‘ida RIP protokoli konfiguratsiyasini sozlash kabi, IPv6 tarmog‘ida EIGRP konfiguratsiyasi EIGRP jarayonida ishtirok etishi kerak bo‘lgan interfeyslarni aniqlab oladi.
Konfiguratsiyani sozlash
1. IPv6 bir adresatli marshrutizatsiya harakatini kiritish

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling