9-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Elektron darsliklar yaratishda Internet materiallaridan foydalanish
Download 131.36 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar.
9-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Elektron darsliklar yaratishda Internet materiallaridan foydalanish. Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarni Internet tizimidan Elektron darsliklar yaratish uchun turli formatdagi materiallarni topish, saqlash va ishlatish. Kerakli jixoz va materiallar: Personal kompyuter, Windows 10 operatsion tizimi, internet tizimi, brauzer dasturlari, ma’ruza matnlari va boshqa adabiyotlar. Ishni bajarish tartibi: 1. Kompyuterni to‘g‘ri tartibda ishga tushiring. 2. Komtyuterning D diskiga yoki C diskida o‘qituvchi tomondan berilgan Elektron o‘quv adabiyoti nomini yaratilayotgan papka nomiga qo‘llang. 3. Yaratilgan asosiy papka ichiga qo‘shimcha yana 4 ta papka hosil qiling. 4. Papka nomlarini 1. Matnli ma’lumotlar. 2. Grafika (Rasmlar, tasvirlar, infografika) 3. Audio materiallar. 4. Video materiallar. 5. Animatsiya effektlari., deb nomlang. 5. Materiallarni yig‘gandan keyin AutoPlay dasturini ishga tushiring. 6. AutoPlay dasturida ishlab chiqiladigan EO‘A strukturasini tuzing. 7. Matnli ma’lumotlarni (rasmlar bilan birgalikda) MS WORD dasturi yordamida hosil qilib .html formatiga saqlang. 8. EO‘A ni mavzuingiz bo‘yicha quyidagi bo‘limlarni hosil qiling: a) Matnli ma’lumotlar b) Video (Youtube) ma’lumotlari c) Nazorat savollari d) Foydalanilgan adabiyotlar va resurslar e) Avtorlar haqida ma’lumotlar f) Nazorat test topshiriqlari 9. Hosil bo‘lgan bo‘limlarni ichini resurslar bilan to‘ldiring. 10. EO‘A ichidagi resurlar orasida navigatsiyalarni o’rnating. 11. Hamma ishlarni yakunlab dasturni ishchi holatiga keltiring. 12. Yaratilgan EO‘A ni o‘qituvchiga ko‘rsating. Nazorat savollar. 1. Internet materiallari deganda nimani tusunasiz? 2. Internet materiallarini yig‘ishda qaysi brauzer dasturidan foydalanish afzal? 3. EO‘A yaratishda qanday didaktik talablarga rioya qilish kerak? 4. EO‘A ichidagi resurlar orasidagi navigatsiyalarni qanday o’rnatamiz? Download 131.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling