9-amaliy mashg’ulot Truba ichida truba issiqlik almashinish qurilmalari
Download 0.77 Mb.
|
“Truba ichida truba” issiqlik almashgichlar hisobi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. "Truba ichida truba" tipidagi almashinish qurilmasi.
9-amaliy mashg’ulot Truba ichida truba issiqlik almashinish qurilmalari. Bunday qurilmalar bir necha elementlardan tuzilgan. Har bir element katta diametrli tashqi truba va kontsentrik holda joylashgan ichki trubadan iborat. Ichki trubadan isitilayotgan muhit harakatlansa, trubalararo bo’shliqdan esa sovitilayotgan agent harakatlanadi. Bu qurilmalar yig’ma yoki noyig’ma holida bir yoki ko’p oqimli qilib tayyorlanadi. H ar bir element katta diametrli tashqi truba 1 (odatda 25...159 mm) va kontsentrik joylashtirilgan ichki truba 2 (odatda 57...219 mm) lardan tashkil topgan. Sovuqlik eltkich I truba ichida harakatlansa, issiqlik eltkich II trubalararo bo’shliqda harakatlanadi. Issiqlik almashinish ichki trubaning devori orqali amalga oshadi. 1-rasm. "Truba ichida truba" tipidagi almashinish qurilmasi. Ushbu qurilmalarning truba va trubalararo bo’shliqida yuqori tezliklarga (3,0 m/s gacha) erishsa bo’ladi. Agar, katta yuzalar zarur bo’lsa, bir necha sektsiyalardan batareya hosil qilish oson va mumkin. Bu turdagi qurilmalarda suyuqliklar sarfi katta va «suyuqlik – suyuqlik», «suyuqlik – bug’» sistemalarida issiqlik almashinish uchun qo’llaniladi. Bu to’rdagi isitgichlar yuqori bosimda va issiqlik tashuvchi agentlarning sarflanish miqdori kam bo’lganda ham ishlaydi. Ularning afzalligi: tuzilishi va yasalishi sodda, issiqlik tashuvchi agentlar katta tezlikka ega bo’lganligi uchun issiqlik o’tkazish koeffitsientining qiymati ham katta, qurilmalarni tayyorlash oson. Kamchiliklari: qo’pol; metall sarfi ko’p, o’lchamlari katta, issiqlik almashinishda katnashmaydigan tashqi trubalarga ko’p metall sarflanganligi uchun qurilmaning qiymati katta, trubalar o’rtasidagi bo’shliqni tozalash qiyin. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling