9-amaliy: Mehnat shartlarini o‘zgartirish. Reja


Download 230.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana05.01.2022
Hajmi230.54 Kb.
#223341
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 амалий

93-modda.  Mehnat  shartnomasi  taraflarining  kelishuvi  bo„yicha  vaqtincha 

boshqa ishga o„tkazish. 

Xodim  bilan  ish  beruvchi  o„rtasidagi  kelishuv  bo„yicha  vaqtincha  boshqa 

ishga o„tkazishga yo„l qo„yiladi. 

Boshqa  ishga  o„tkazish  muddati  tugagach,  ish  beruvchi  xodimga  uning 

avvalgi ishini berishi shart. 



94-modda. Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o„tkazish. 

Xodimning  vaqtincha  boshqa  ishga  o„tkazish  haqidagi  iltimosi,  agar  bu 

iltimos  uzrli  sabablar  tufayli  kelib  chiqqan  va  bunday  ish  korxonada  mavjud 

bo„lsa, ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilishi kerak. 

Vaqtincha boshqa ishga o„tkazish uchun uzrli sabablar ro„yxati, shuningdek 

boshqa  ishga  o„tkazilganda  mehnatga  haq  to„lash  tartibi  jamoa  shartnomasida 

belgilab  qo„yilishi  mumkin,  agar  bunday  shartnoma  tuzilmagan  bo„lsa,  ish 

beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. 

Xodimlarning  sog„lig„i  holatiga  ko„ra,  vaqtincha  engilroq  yoki  noqulay 

ishlab  chiqarish  omillarining  ta‟siridan  holi  bo„lgan  ishga  o„tkazish,  shuningdek 

homilador  ayollarni  va  ikki  yoshga  to„lmagan  bolasi  bor  ayollarni  vaqtincha  ana 

shunday ishga o„tkazish ushbu Kodeksning 218, 226 va 227-moddalarida nazarda 

tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 


Download 230.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling