9-Amaliy Yordamchi va alohida olingan so`zlar
Download 37.5 Kb.
|
9-Amaliy Yordamchi va alohida olingan so`zlar 1. Yordamchi so‘zlar turkumi. 2.Ko‘makchining semantik xususiyati. 3. Bog‘lovchi va uning turlari. 4.Yuklama va uning turlari. 5. So‘z-gaplar va uning turlari 1-mashq. Berilgan gaplardan yordamchi so‘z turkumiga oid so‘zlarni topib tahlil qiling. 1.Inson hayoti shatranj taxtasidagi piyodaning yurishiga o‘xshaydi.Goh oq katakdan o‘tadi, goh qora katakdan …(O‘.H.) 2. Kecha dadamdan so‘rab qo‘yganim uchun bugun akam ham “ kerak emas, borma” degan jekirishini qilmadi.(A.Qod.) 3. Tepaga chiqaman, pastga tushamen, Yo garang toshlarga jim suyanamen, Yo buloq boshida bir cho‘pon kabi Yaslanib bir lahza o‘yga tolamen.(O.) 4.Xuftonga yaqin uch arava Jayhun bo‘yiga-Karki shahriga etib keldi.(Mirm.) 5.-Sizlarni bezovta qildim-a? –Bemalol ustod.(Mirm.) 6.Afsus, ona nomin ko‘z ham ilg‘amas, O‘zin ismiga-chi, berilgan zarhal.(Sh.) 7.-Janobi tergovchi, men qaroqchi emasman! –Qo‘ysangiz-chi! (X.T.) 8.Siz muhabbat haqida ko‘p yozaiz.Ayting-chi, o‘zingiz abadiy sevgiga ishonasizmi? (O‘.H.) 9.Novdalardan onalarning sog‘inch to‘la yuraklardan oqqan ko‘z yoshlari kabi tomchilar tomardi.(O.) 10.-Huv, xudoyo urushi boshiga yetsin. Qiyomat qoyim degani shudir-da, a, o‘g‘rigin abolam-a. (G‘.G‘.) 11.Bordi-yu, birorta yomon odam borib, stol-stullardan eng yaxshilarini olib ketsa-chi? (P.Q.) 12. Hozirgi yoshlar na urf-odatni bilishadi, na izzat-ikromni. (O.Y.) 2-mashq. Berilgan test qoliplarini to‘ldiring. 1.Vazifadosh ko‘makchilar berilgan qatorni toping. A. B. C. D. 2. Atash ma’nosini butunlay yo‘qotib, faqat o‘zi birikkan so‘zni boshqa so‘zga tobelantirishga xizmat qiladigan so‘zlar qatorini belgilang. A. B. C. D. 3. Qaysi yuklamalar so‘zga qo‘shilib yoziladi? A. B. C. D. 4.Qaysi qatorda kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari berilgan? A. B. C. D. 5. Qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan keladigan ko‘makchilarni belgilang. A. B. C. D. 6. Jo‘nalish kelishigidagi so‘zdan keyin keladigan ko‘makchilarni belgilang. A. B. C. D. 7. Bog‘lovchi-yuklama ishtirok etgan gapni toping. A. B. C. D. 8. Qaysi qatordagi gapda teng bog‘lovchini ergashtiruvchi bog‘lovchi bilan almashtirish mumkin? A. B. C. D. 3-mashq. Berilgan gaplardan yordamchi so‘z turkumiga oid so‘zlarini topib tahlil qiling. 1.Aybnomani tinglang, hatto Faryod qilar toshlar ham.(E.V.) 2.Mirzo Ulug‘bek o‘z taqdiri haqida, Xuroson va Movarounnahrda bo‘layotgan bu g‘alayon haqida o‘ylarkan, nechundir yana bobosi esiga tushdi.(O.Y.) 3.Albatta, poraxo‘r tilanchi emas.Poraxo‘r avvaliga o‘zini tiyib yuradi.”Insof” bilan oladi.Ammo bora-bora qaerda bo‘lsa ham, kimdan bo‘lsa ham, qancha bo‘lsa ham olishga o‘rganadi.(O‘.H.) 4.Gulnorning g‘oyib bo‘lishi Yo‘lchiga yashin urgan kabi ta’sir ko‘rsatdi.(O.) 5.Ikki orada shia-sunniy janjallari chiqmasligi uchun Budag‘xon boshliq qizilbosh askarlari alohida qarorgohga to‘planmoqda edi.(P.Qod.) 6.Peshonamdan ter oqayaptimi? Havo salqin shekilli! Ie, qon hidi-ku! Qon! Boshim qonayapti-ku! (O‘.H.) 7.So‘riga yozilgan namatni cho‘ltoq supirgi bilan supirayotgan Ilhom choyxonachi dadamni uzoqdan ko‘rib salom berdi. (O‘.H.) 8.Aliqulixon va Bahodirxonlarga yana Iskandarxon nomli toshkentlik bek ham qo‘shildi. (P.Qod.) 9.Bir polvon bahonasida, men dunyodagi eng ojiz va eng mehnatkash jonzotlar- chumolilar haqida o‘yladim.(S.Sayid.) 10.Jilmaymoqqa urindi-yu, biroq uddasidan chiqa olmadi.(N.N.) 4-mashq.Shakl ichida berilgan so‘zlardan bittasi ortiqcha. Shu so‘zni toping va nima uchun ortiqchaligini izohlang. 5-mashq. Gaplar tarkibidagi bog‘lovchilarni aniqlang. 1. Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan. 2. Ertaga, albatta mening qoshimga keling. 3. Hayot quyosh bilan go‘zal, inson xulqi bilan. (SHukrullo) 4. Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kun bog‘da ishlaydi. (O.) 5. Qalbni bir og‘ir g‘am o‘rtardi misoli otash. (H.O.) 6. Hujra kichkina, lekin iliqqina edi. (O.) Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir. (Nizomiy). 7. Kampir ba’zan mudrar, ba’zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashardi. (S.Z.) 8. Javob berib ko‘r-chi, nomard tabiat, Bunchalik go‘zalni nechun yaratding?! O‘zing gunohkorsan, osiysan behad, Nechun yaratding-u, o‘tlarga otding? (H.O.) 6-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Bog‘lovchilarning ma`no va vazifasini aniqlang. Yakka yoki takror qo‘llanishiga e’tibor qiling. Bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi ko‘makchi va yuklamalarni bog‘lovchi bilan almashtirib ko‘chiring. Tinish belgilarini qo‘llanishiga diqqat qiling. 1. Ilmning ofati – esdan chiqarmoqlik va ilmga rag‘bati bo‘lmagan kishilarga o‘rgatib, uni zoe ketkazmoqdir. 2. Olloh Taoloning rozi bo‘lishi otaning rozi bo‘lishiga va uning g‘azabi ham otaning g‘azabiga bog‘liqdir. 3. Garchi Xitoyda bo‘lsa ham, ilmga intilinglar, chunki ilm olishga harakat qilish har bir mo‘minga farzdir. 4. Kimki ota-onasini roziligini olgan bo‘lsa unga qanday yaxshi! Tangri uning umrini uzaytiradi. 5. Hech bir ota o‘z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi. 6. Otangiz vafotidan keyin uning do‘stlari bilan aloqani davom ettiring. Agar ular bilan aloqani uzsangiz, tangri sizning nuringizni o‘chiradi. 7. Savobli ish qilganingizda xursand bo‘lsangiz, gunoh ish qilganingizda esa xafa bo‘lsangiz, demak, siz haqiqiy mo‘mindirsiz. 8.Iymon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas. («Hadis»dan) 7-mashq. O‘qing. Yuklamalarni topib, morfologik tahlil qiling. 1. Qishloqning u boshidan bu boshiga yetgunga qadar biror kimsaning qorasi ko‘ringani yo‘q. (J. Abd.) 2. Faqat shirin xotiralarnigina eslashga urinishdi. (J. Abd.) 3. Odamning xarakterini o‘zgartirishdan qiyin narsa yo‘q. (J. Abd.) 4. Ertadan boshlab besh yil ichida orttirgan nazariy bilimini amalda namoyish qilishi kerak. Shuning uchun oxirgi bor darsliklarni ko‘zdan kechirmoqda, chog‘i. (J. Abd.) 5. Aftidan, ularning ko‘pchiligi kechagi bo‘ron yetkazgan shikastlarni tuzatish, qum to‘lib qolgan xandaqlarni tozalash bilan band. (J. Abd.) 6. Axir, kishi yashash, kurash, yaratish, baxt uchun tug‘ilmaydimi?! (B. Daminov.) 7. Voy, g‘alati gapni gapirasiz-a, domlasi, ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘radimi? (A. Q.) 9-mashq.O‘qing. Mustaqil va yordamchi so‘zlarni topib, ularga to‘liq xarakteristika bering. Otda ko‘p yurib o‘rgangan Ortiq endi mototsikl egaridan tushmaydi. Egardan tushsa, umri barbod bo‘ladigandek qo‘rqadi. Akasining shu zaif tomonini Avaz yaxshi biladi, o‘zaro gap bilan buni yo‘qotib bo‘lmasligini sezadi. Shuning uchun boya ataylab uni ko‘pchilikning oldida uyaltirib, ko‘zini sal ochmoqchi bo‘ldi. Lekin buning natijasida ikkovining orasi battar sovuganini sezib, hozir ta’bi tirriq bo‘lib boryapti. (P.Qodirov) Mustaqil ish. Bunda talabalarning har biriga 5 tadan gap topib yozish, undagi so‘zlarni turkumiga ko‘ra tahlil qilish topshiriladi. Download 37.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling