9-Biologiya (Kirish-5 mavzular)


Download 32.26 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi32.26 Kb.
#1443440
Bog'liq
bb


9-Biologiya (Kirish-5 mavzular)
1. Ipsimon shakldagi prokariot(a), yumaloq shaldagi
eukariot(b) organizmni aniqlang.
A) a-ossilotoriya; b-nostok B) a-ulotriks; b-xlorella
C) a-ossilotoriya; b-volvoks
D) a-qoramol tasmasimoni; b-xlomidomonada
2. Yorug’lik hisobiga xlorofill pigmentida oqsil hosil
bo’ladigan organizmlarni aniqlang. a) nostok;
b) xlorella; d) yashil evgilna; e) porfira; f) xrokokk
A) b,d B) a,c,d C) a,f D) e,c
3. Biologiyani o’rganishda qaysi usul organizmlardagi
voqea-hodisalarni boshqa usullarga nisbatan
chuqurroq o’rganish imkonini beradi?
A) Kuzatish usuli B) Taqqoslash usuli
C) Tarixiy usuli D) Eksperimental usuli
4. Quyidagi jarayonlar biologiyada qaysi usul
yordamida o’rganiladi?
1) Sariq patli va havorang patli to’tilar cchatishtrilib
yashil patli to’tilar olindi; 2) Kulrang g’ozlar erkagi va
urg’ochisini rangini farqlab bo’lmaydi;
3) Chug’urchuqlar uyasiga 5 tadan ortiq tuxum
qo’ymaydi a) kuzatish; b) taqqoslash; c) tarixiy;
d) eksperimental
A) 1-a; 2-b; 3-d B) 1-a; 2-c; 3-b
C) 1-b; 2-d; 3-a D) 1-d; 2-b; 3-a
5. Quyidagi jarayonlardan qaysi biri populyatsiya
darajasida kuzatiladi?
A) Timsohlarda to’rt kamerali yurakni paydo bo’lishi
B) Gidraning kurtaklanish yo’li bilan ko’payishi
C) Konsumentlarni produtsentlar bilan oziqlanishi
D) DNK reduplikatsiyasi
6. Tiriklikning tuzilish darajalariga xos ma’lumotlarni
juftlang.
a) biosfera; b) populyatsiya; d) biogeotsenoz
1) moddalar va eneergiyaning davriy aylanishi;
2) enrgiyani to’planishi va taqsimlanishi; 3) dastlabki
evolutsion o’zgarishlar
A) a-1; b-2; d-3 B) a-3; b-2; d-1
C) a-1; b-3; d-2 D) a-2; b-3; d-1
7. Organizmlarning o’ziga o’xshashlarni qayta tiklash
xossasi aniqlang.
A) ko’payish B) gomeostoz
C) o’z-o’zini idora etish D) o’sish va rivojlanish
8. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot usullarini vazifasi
bilan juftlang.
a) kuzatish; b) taqqoslash; d) tarixiy
1) hayotiy hodisalarni o’rganishni asosiga aylangan;
2) trik organizmlarni miqdor va sifat ko’rsatkichlarini
ta’riflashda foydalaniladi; 3) biogeotsenozlarning
tarkibiy qismlarini o’xshashliklarini aniqlash
A) a-1; b-2; d-3 B) a-3; b-2; d-1
C) a-1; b-3; d-2 D) a-2; b-3; d-1
9. Quyida rasmda tasvirlanga organizmlarga xos
bo’lgan(a) va xos bo’lmagan(b) ma’lumotni aniqlang.
1) DNK si qo’sh spiralli tuzilgan; 2) Xivchinlari oddiy
tuzulgan; 3) Oziqlanishi oziq moddalarning hujayra
qobig’i orqali shimib olinishi bilan kechadi;
4) Hayotning hujayrasiz shakillari; 5) Jinsiy
ko’payish kuzatilmaydi
A) a-1,3; b-5 B) a-5; b-2
C) a-3; b-5 D) a-2; b-1,4
10. Asosiy irsiy materiali bosh qismida joylashgan
avtanom tuzilmani aniqlang.
A) bakteriofag B) kurka spermatazoidi
C) povituxa lichinkasi D) assidiya lichinkasi
11.Tiriklikning qaysi xususiyati organizmdagi
hujayralarning tiklanishi, o‘sishi va ishlashini
ta’minlaydi?
A) moddalar almashinuvi B) ko‘payish
C) o‘zini-o‘zi tiklash D) o‘sish va rivojlanish
12. Bakteriya sitoplazmasida bakteriyafag kirgandan
keyin qanday jarayonlar yuzaga keladi?
a) bakteriyaning genofori reduplikatsiyaga uchraydi;
b) bakteriofagning genomi reduplikatsiyaga uchraydi;
c) oqsil sintezlanadi; d) virusning kapsidi shakllanadi;
e) bakteriyaning kapsidi shakllanadi; f) bakteriyaning
murein qobig‘i sintezlanadi;
A) a,c,e; B) b,c,d; C) a,d,e; D) b,c,f;
13. Hujayraning tirik qismi bo‘lib, yadro va boshqa
hujayra organoidlari ajralmagan organizmni aniqlang.
A) zamburug‘ B) virus
C) ko‘k-yashil suvo‘tlari D) lishaynik
14. Prokariot guruhiga mansub bo‘lmagan
organizmlar? a) xrokokk; b) azot bakteriya; c) nostok;
d) tugunak bakteriya; e) parmeliya; f) achirqi
zamburug‘i
A) a,b,c,d; B) e,f; C) a,c,e,f; D) barchasi;
15. Viruslarga (I) va bakteriyalarga (II) xos belgi
hamda xossalarni aniqlang. 1) filtrdan o‘ta oladi;
2) hujayra ichi paraziti; 3) hujayradan tashqarida
erkin holatda uchramaydi va ko‘payish xususiyatiga
ega emas; 4) hujayradan tashqarida erkin va faol
holatda uchraydi; 5) erkin ko‘payish xususiyatiga ega;
6) yadrosiz organizm: 7) hayotning hujayrasiz shakli;
8) hayotning hujayraviy shakli; 9) tarkibida DNK va
RNK rnavjud; 10) tarkibida nuklein kislota bo’ladi
bo‘ladi
A) I-1, 2, 3, 7, 10; II- 4, 5, 6, 5, 9
B) I - 4, 5, 6, 8, 9; II - 1, 2, 3, 7, 10
C) I- 1, 2, 4, 6, 8; II- 3, 5, 7, 9, 10
D) I - 1, 2, 3, 8, 9; II- 4, 5, 6, 7, 10
16. Nostok (a) va ossillatoriya (b) uchun xos bo’lgan va
ular uchun umumiy bo’lmagan (c) belgilarni aniqlang?
1)o’simliklar dunyosiga mansub 2)hujayrasining bir
necha qisimlarga ajralishi ya’ni garmogoniylar
yordamida ko’payadi 3)hujayrasida fikotsian mavjud
4.hujayrasida tiriklik qismi mavjud 5.hujayrasida
tiriklik qismi mavjud emas 6.irsiy belgilari
nukleotidlarda joylashgan 7.tashqi muhitning noqulay
sharoitiga ancha moslanuvchan 8.hujayralari ipsimon
ko’rinishda joylashgan 9. bir xilda tuzilgan
hujayralardan iborat 10.qulay sharoitda jinsiy yo’l
bilan ko’payadi 11)tarkibida adinin uchraydi
12)hujayralari har xil ko’rinishda joylashgan
A)a-1,3,5,6,7,8 b-1,3,5,6,7,9 c-2,9
B)a-1,4,8,11,12 b-1,4,3,6,9,11 c-12
C)a-1,3,5,6,7,8,12 b-1,2,3,5,6,8,9,11 c-2,9,12
D)a-1,3,4,6,7,10,11,12 b-1,2,3,4,6,7,8,9,11 c-2,8,12
17. Qaysi usul turli hodisalar uchun umumiy
hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratadi?
A)Kuzatish B)Taqqoslash
C)Tarixiy D)Tajriba
18. Prokariotlarni qaysi fan(lar) o`rganadi?
1)mikologiya 2)algologiya 3)virusologiya 4)briologiya
5)lixenologiya 6)mikrobiologiya
A)2,3,5 B)2,6 C)1,3,6 D)1,2,4,5
19. Butun tanasi mono tipdagi hujayradan iborat
o’simlik qaysi.
A) osillatoriya B) xlamidomanada
C) spirogira D) nostok
20. Hayotning hujayraviy tuzilamalarini aniqlang.
A) qizilcha qo’zg’atuvchisi, sil qo’zg’atuvchisi
B) quturish qo’zg’atuvchisi, qoqshol qo’zg’atuvchisi
C) o’lat qo’zg’atuvchisi, sil qo’zg’atuvchisi
D) qoqshol qo’zg’atuvchisi, gerpes
21. Viruslar (a) va bakteriyalar (b) faoliyati bilan
bog’liq jarayonlarni aniqlang.
1) xamir tarkibidagi kraxmallni CO2 va spirtgacha
parchalanishi; 2) tamaki mozaikasi kasalligini yuzaga
kelishi; 3) bo’g’ma kasalligini vuzaga kelishi;
4) unumsiz joylarda boshqa o’simliklar hamjamoasini
shakllanishi.
A) a-1; b-3 B) a-2; b-3 C) a-3; b-4 D) a-3; b-2
22. Bakteriyalar(a) va viruslar(b) keltirib
chiqaradigan kasalliklarni aniqlang
A)a-ensefalit; b-qizilcha B)a-o’lat; b-kuydirgi
C)a-vilt; b-gripp D)a-qoqshol; b-qizilcha
23. Sianobakteriyalarning hujayra qobig'i (po'sti)
nimadan tashkil topgan?
A) murein B) sellyuloza C) pectin D) xitin
24. Tamaki mozaikasi kasalligini qo'zg'atuvchisining
xususiyatlarini ko'rsating.
1) RNK saqlovchi; 2) DNK saqlovchi; 3) sog'lom
tamaki o'simligini bakterial filtrdan o'tgan suyuqlik
bilan zararlash mumkin; 4) bakterial filtrdan o'ta
olmaydi; 5) oqsil kapsulaga ega; 6) avtonom genetik
tuzilma emas.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6
25. Nostok (I) va ossilatoriyaga (II) tegishli
javoblarni ko'rsating.
1) eni bo'yidan bir necha marta katta;
2) shilimshiq po'stga ega; 3) koloniya bo'lib
yashaydi; 4) gormogoniylarga ajralish yo'li bilan
ko'payadi; 5) sharsimon hujayralardan iborat;
6) Yaponiya va Xitoyda oziqa sifatida ishlatiladi;
7) tanasi bir xil hujayralardan iborat.
A) I - 3,5,7; II - 1,4 B) I - 3,5,7; II - 1,2,6
C) I - 2,3,5,6; II - 1,4,7 D) I - 2,5,6; II - 1,3,4,7
26. Bakteriya viruslarining hujayraga kirishi bilan
bog'liq jarayonlarni ko'rsating.
1) hujayra sirtidagi maxsus oqsil-retseptor bilan
bog'lanish sodir bo'ladi; 2) ichi kovak tayoqcha
yordamida itarib kiritiladi; 3) hujayra sirtidagi sezgir
ma'lum retseptorlarni «tanib olish» xususiyatiga ega;
4) viruslar bilan bog'langan hujayraning qismi
sitoplazmaga birlashib vakuolaga aylanadi; 5) genomi
sitoplazmaga tushadi; 6) genomi va kapsidi bilan
hujayraga kiradi; 7) qalin hujayra qobig'i unga
birikkan virus bilan birgalikda sitoplazmaga kirib
borishiga imkon bermaydi.
A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 4, 5, 7 C) 2, 3, 4, 6 D) 2, 5, 7
27. Hujayra markazi va mitotik ipchalari bo'lmagan
organizmni belgilang.
A) meningokokk B) askarida
C) gidra D) jigar qurti
28. Qaysi organizmlarda oziqlanish oziq moddalarning
hujayra qobig'i orqali shimib olinishi bilan kechadi?
A) prokariot B) virus C) fag D) tufelka
29. Ko'k-yashil suv o'tlarining bakteriyalarga
o'xshashligi (I) va farqini(ll) belgilang.
1) prokariot; 2) eukariot; 3) yadro va membranali
organoidlari yo'q; 4) hujayra po'sti mureindan iborat;
5) hujayra po'sti pektindan iborat; 6) mitoxondriyasi
mavjud; 7) erkin kislorod ajratadi.
A) I - 2, 4; II - 6, 7 B) I -1,5; II -2, 5
C) 1-1,3; II -5, 7 D) I -2, 4; II -1,7
30. Fikotsian va xlorofill pigmentiga ega bo'lgan
suvo'tlarini belgilang. 1) xrokokk; 2) xlorella;
3) ossillatoriya; 4) nostok; 5) makrotsissus.
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2, 4, 5 D) 2, 3, 5
9-Biologiya (6-11 mavzular)
1. Bir hujayrali avtotrof (a), ko’p hujayrali geteretrof
(b) organizmni aniqlang.
A) a-xrokokk; b-tuxumak
B) a-xlorella; b-parmeliya
C) a-temir bakteriyasi; b- qo’ziqorin zambrug’i
D) a- fillofora; b-batdiya
2. Ko’p hujayrali avtotrof (a), bir hujayrali saprofit (b)
va koloniyal (d) organizmlarni aniqlang.
A) a-ossilotoriya; b-leyshmaniya; d- vovoks
B) a-g’umay; b-achitqi; d-ossilotoriya
C) a-parmeliya; b-oq po’panak; d-nostok
D) a-vertitsill; b-yashil evgilena; d-volvoks
3. Zang zambrug’ini asosiy parazitlik (a), rishtani
oraliq parazitlik (b) davri qaysi sinf vakillarida
kuzatiladi?
A) a-magnoliyatoifa; b-ikki pallalilar
B) a-bir urug’pallalilar; b-qorinoyoqlilar
C) a-lolasimonlar; b-qisqichbaqasimonlar
D) a-magnoliyasimonlar; b-sutemizuvchilar
4. Qaysi belgilariga ko‘ra zamburug‘lar tuban va
yuksak zamburug‘larga bo‘linadi?
1) oziqlanish usuli; 2) yashash sharoiti; 3) nasl
soni; 4) ko‘payish tezligi; 5) mitseliy tuzilishi;
6) ko‘payish usuli
A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 5 C) 3, 5, 6 D) 5, 6
5. Bir hujayrali zamburug‘(lar)ni belgilang.
1) achitqi; 2) oq pupanak; 3) penitsill
A) 1,3 B) 1, 2 C) 3 D) 2, 3
6. Eukariotlarga xos xususiyatlarni belgilang:
1)xivchinlari bo‘lmaydi; 2)atmosferadagi erkin azotni
o‘zlashtirmaydi; 3) asosan aeroblar, lekin ikkilamchi
anaeroblar ham uchraydi; 4)hazm qiluvchi vakuola
xos emas; 5)xipchinlari murakkab tuzilgan;
6)oziqlanishi shimish yo‘li bilan avtotrof va geterotrof;
A) 1,4,6; B)2,3,5,6; C) 2,4,5; D)1,3,4,6;
7. Elektron mikroskop yordamida kashf etilgan (a) va
sentrafugalash usuli orqali xususiyatlari o’rganilgan
organoidlarni toping?
1.yadro 2. mitoxondriya 3.ribosoma 4.xloroplast
5.endoplazmatik to’r 6.mikronaycha
A. a-3, 5, 6 b-1,2,4,3 B.a-1,2,3,4 b-3,6,5
C.a-1,3,5 b-2,4,6 D.a-2,4,6 b-1,3,5
8. Virus (I), bakteriya (II), zambrug‘ (III)lar
qo‘zg‘atuvchi kasalliklarni aniqlang? 1. quturish;
2. qizilcha; 3. o‘lat; 4. kuydirgi; 5. vilt;
6. bo‘g‘doydoshlarning zang kasalligi;
A) I- 1,2; II- 3,4; III- 5,6; B) I- 4,6; II- 1,2; III- 3,5;
C) I- 3,4; II- 4,6; III- 1,2; D) I- 1,2; II- 3,5; III- 4,6;
9. Ektotrof mikorizaning o‘simlik (a) va zamburug‘i (b)
uchun ahamiyati qanday? 1) karbon suv va
vitaminlarni o‘zlashtiradi; 2) gumus tarkibidagi
oqsillarni aminokislotalargacha parchalaydi;
3) ildizning shimish yuzasini oshiradi
A) a - 1, 3; b - 2 B) a - 2, 3; b – 1
C) a -1; b - 2, 3 D) a - 3; b -1, 2
10. Sitokimyoviy usul orqali hujayra tarkibidagi
moddalarning nimasini aniqlash mumkin?
A. miqdori va vazifasini
B.tarkibi , miqdorini va vazifasini
C. miqdori va joylashishi
D.biokimyoviy jarayonlarini
11. Zamburug’lar (a) va lishayniklar (b) faoliyati bilan
bog’liqjarayonlarni aniqlang.
1) xamir tarkibidagi kraxmallni CO2 va spirtgacha
parchalanishi; 2) tamaki mozaikasi kasalligini yuzaga
kelishi; 3)ko’kyo'tal kasalligini vuzaga kelishi;
4) unumsiz joylarda boshqa o’simliklar hamjamoasini
shakllanishi.
A) a - 1; b - 3 B) a - 2; b - 3
C) a - 1; b - 4 D) a - 3; b - 2
12. Qo'ziqorin zamburug'ining zang zamburug'ining
sarg'ish-qizil sporalar hosil qiladigan faslda (a); tok
qalamchalari tayyorlanadigan faslda(b); ko'pchilik
piyozboshli o'simliklar gullaydigan faslda(c) hayotiy
jarayonlari bilan bog'liq jarayonlar to'g'ri ko'rsatilgan
javobni aniqlang.
1) oziq moddalar to'playdi; 2) meva tanasi shakllana
boshlaydi; 3) sporalarini sochadi.
A) a-1, b-3, c-2 B) a-1, b-2, c-3
C) a-3, b-2, c-1 D) a-2, b-3, c-1
13. Xloroplastlarga ega bo'lmagan eukariot
organizmlarga zarar keltiruvchi eukariot
organizmlarni aniqlang.
1) qoqshol qo'zg'atuvchisi; 2) nozema; 3) vertitsill;
4) ichburug’ qo'zg'atuvchisi; 5) leyshmaniya; 6) zang
zamburug'i: 7) tripanosoma.
A) 3, 6 B) 2, 7 C) 1, 4 D) 1, 5
14. Vertitsill tushunchasi bilan mantiqiy bog'liq
bo'lgan atamalarni aniqlang.
1) tallom; 2) mitseliy; 3) barg; 4) gifa; 5) spora;
6) saprofit; 7) xemotrof; 8) geterotrof; 9) yadro;
10) sporangiy.
A) 1, 2, 4, 5, 7 B) 2, 4, 5, 7, 9
C) 4, 5, 8, 9, 10 D) 2, 3, 4, 6, 8
15. Tabiatda keng tarqalgan hodisani toping?
A.pinositoz B.fagotsitoz
C.yarim o’tkazuvchanlik D. tanlab o’tkazuvchanlik
16. Parmeliya tushunchasi bilan mantiqiy bog'liq
bo'lgan atamalarni aniqlang.
1) tallom; 2) mitseliy; 3) vegetativ organ; 4) gifa;
5) spora; 6) mitoz; 7) fotosintez; 8) xitin; 9) xemosintez;
10) suvo't.
A) 1, 3, 5, 6, 8 B) 2, 6, 7, 10
C) 1, 2, 3, 5, 9 D) 2, 4, 8, 9, 10
17. Everniya haqidagi noto'g'ri ma'lumotni toping.
A) fotosintez jarayoni xloroplastlarida sodir bo'ladi
B) zamburug' bilan bir hujayrali suvo'tning simbiozi
C) tuproq hosil bo'lishida ishtirok etadi
D) qattanasida xitin moddasi uchraydi
18 . Golji apparatiga ega bo'lgan kasallik
qo'zg'atuvchilarni aniqlang.
1) tripanosoma; 2) gommoz qo'zg'atuvchisi;
3) vertisillium; 4) zang zambrug’i; 5) bezgak paraziti;
6) quturish kasalligi qo'zg'atuvchisi; 7) qoqshol
qo'zg'atuvchisi; 8) qizilcha qo'zg'atuvchisi;
9) leyshmaniya qo'zg'atuvchisi; 10) ichburug'
amyobasi.
A) 1, 6, 10 B) 2, 5, 7 C) 8, 9, 10 D) 1, 3, 4
19. Lishaynik ekstrakti yordamida qaysi kasalliklar
davolanadi?
1) anemiya; 2) raxit; 3) singa; 4) fenilketonuriya;
5) beri-beri.
A) 3, 5, 1 B) 1, 3 C) 3, 5 D) 2, 4, 1
20. Ksantoriya haqidagi noto'g'ri ma'lumotni toping.
A) avtotrof oziqlanadi
B) xitin qobiqli hujayralari bor
C) tarkibida murein uchraydi
D) vegetativ usulda ko'payadi
21. Vilt kasalligi qo'zg'atuvchisidan kuydirgi kasalligi
qo'zg'atuvchisining farqi?
1) yadroga ega; 2) yadroga ega emas;
3) mitoxondriyaga ega; 4) mitoxondriyaga ega emas;
5) hujayra markazi yo'q; 6) hujayra markaziga ega.
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5
22. Po'panak zamburug'ining mitselliysiga tegishli
bo'lgan javobni ko'rsating.
A) bir hujayrali, to'siqli, bir yadroli
B) ko'p hujayrali, to'siqsiz, bir yadroli
C) bir hujayrali, to'siqsiz, ko'p yadroli
D) ko'p hujayrali, to'siqli, ko'p yadroli
23. Qaysi hasharotlar eukariot (a) va prokariot (b)
laming vakillarining tashuvchisi hisoblanadi?
1) iskabtoparlar; 2) kanalar; 3) bezgak chivini
urg'ochisi; 4) uy pashshasi; 5) kalamush burgasi.
A) a-1, 3; b-4, 5 B) a-1, 2; b-3, 4
C) a-3, 4; b-1, 2 D) a-1, 2, 3; b-4, 5
24. Batsidiyaga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) tayoqchasimon bakteriya; 2) yopishqoq lishaynik;
3) bargsimon lishaynik; 4) tarkibida mezasoma bor;
5) tarkibida lixenin bor; 6) qobig'i pektin; 7) qobig'i
xitin; 8) qobig'i murein; 9) simbioz organizm emas.
A) 1, 4, 8, 9 B) 2, 5, 7 C) 3, 5, 7 D) 2, 5, 7, 9
25. Pichan bakteriyasi (a) va uning sporasiga (b) xos
xususiyatlarni toping.
1) tayoqchasimon; 2) harakatchan; 3) ovalsimon;
4) yaltiroq; 5) ingichka; 6) silindrsimon.
A) a-1, 2, 4; b-3, 5 B) a-4, 5, 6; b-2, 3
C) a-2, 3, 5; b-1, 4, 6 D) a-1, 2, 5; b-3, 4
26. Zang zamburug'i bug'doyning qaysi qismlarini
zararlaydi?
A) guli va boshoqlarini
B) poya va barglarini
C) ildizning o'tkazuvchi qismini
D) donning ichki qismlarini
27. Ko'k yashil suv o'tlarining po'sti (I), zamburug' (II)
va bakteriyalar (III) qobiqlari qanday moddalardan
iborat? a) pektin; b) selluloza; c) glikogen; d) murein;
e) fikotsiah; f) xitin.
A) I-b; II-c; III-f B) I-a; II-f; III-c
C) I-a; II-f; III-d D) I- е; II-f; III-a
28. Ekzositoz jarayoni orqali qanday moddalar
membrana orqali chiqarib taashlanadi?
A.zich biriktiruvchi moddalar
B.eritma holidagi qoldiq moddalar
C.fermentlar
D vakuola ichida hazm bo’lmay qolgan moddalar
29 . Hujayra qobig’i tayanch vazifasini bajaradigan
organizmlar uchun xos bo’lgan javobni toping?
A.plastidalari yo’q
B.mezosomaga ega
C.tuzilishi itbaliqqa o’xshaydi
D.avtotrof organizmlar
30 . Quyida berilgan lishayniklarni yopishqoq (1),
bargsimon (2), butasimon (3) turlarga ajrating:
a) kladoniya; b) batsidiya; c) parmeliya.
A) 1 - b, 2 - c, 3 – a B) 1 - a, 2 - b, 3 - с
C) 1 - c, 2 - b,3 - a D) 1 - c, 2 - a, 3 – b
9-Biologiya (12-16 mavzular)
1. Sentriola devorini hosil qiluvchi bog'lamlarda
nechtadan mikronaycha bo'ladi?
A) 18 B) 1 C) 27 D) 3
2. Hujayraning qobig’i xitinsimon moddadan (a) va
glikokaliksdan (b) iborat bo’lgan organizmlarni mos
ravishda juftlang.1.pnevmokokk 2.pixta 3.porfira
4.ko’rgalak 5.achitqi 6.oq po’panak 7.jayra
8.churrak 9.vertitsil
A.a-5,6,9 b- 4,7,8 B.a-1,3,4; b-6,7,8
C.a-4,7,8,9; b-1,3,4,6 D.a-5,6,7,9; b-2,3,4
3. Prokariot va eukariot hujayralarning hayotiy
faoliyatidagi qaysi jarayonlar o’xshash?
1.ko’p bo’laklarga bo’linib ko’payish 2.oqsil
sintezining ribosomada kechishi 3.2 ga bo’linib
ko’payishi 4.nafas olishi 5.mitoxondriyada ATF
sintezlanishi 6.oziqlanishi
A.1,2,3,4,5,6 B.2,3,4,6 C.2,3,5,6 D.1,4,5,6
4. Hujayra oqsillari sintezlanadigan organoid
yadrining qaysi tuzilmasidan shakllanadi?
A.yadro qobig’I B.yadrocha
C.xromosoma D.yadro shirasi
5. Elektron mikroskop yordamida kashf etilgan
membranali organoidga xos bo’lgan xususiyatlarni
aniqlang. 1) yumaloq, yassi, silindrsimon hattoki
ipsimon vakillari uchraydi; 2) prokariotlarga xos
emas; 3) funksiyasiga ko’ra yassilangan bo’shliqli
organoid bilan o’zaro bog’langan; 4) simbioz
gipotezasiga ko’ra mustaqil kelib chiqishga ega;
5) funksional faol hujayralarda uchraydi; 6) sil
tayoqchasi hujayrasida uchraydi; 7) vakuola va
kanalchalar tizimidan iborat; 8) plazmatik
membrananing yangilanib turishini ta’minlaydi
A) 1,4,5 B) 2,3,7 C) 2,6,8 D) 4,6,7
6. Somatik hujayradagi xromosoma to’plamining
miqdoriy (a) va sifatiy (b) belgilariga nima kiradi?
A.a-soni, o’lchami; b-shakli
B.a-shakli va o’lchami; b-soni
C.a-soni, b-shakli va o’lchami
D.a-shakli, b-soni, o’lchami
7. Silliq endoplazmatik to’r, mitoxondriya hamda
Golji majmuasini nima birlashtirib turadi?
A) yarim avtonom organoid
B) ipsimon vakillari mavjud
C) membranalararo bo’shliqqa ega
D) silliq membranali
8. Bo’linayotgan hujayralardagi xromosoma holati
to’gri berilgan javobni aniqlang.
1.kuchli spirallashgan 2.yoyilgan 3.ixcham shaklga
ega 4.spirallashmagan 5.qisqargan
A.1,2,3 B.2,3,4 C.1,2,5 D.1,3,5
9. Yadroning tashqi (a) va ichki(b) membranasi
uchun xos bo’lgan fikrni aniqlang.
A.a-endoplazmatik to’r kanalchalari bialn tutashgan,
b-burmali
B.a-ribosoma bilan qoplangan, b-silliq
C.a-silliq, b-burmali
D.plazmatik membrana bilan tutashgan, b-burmali
10. Hujayraning hayot faoliyati davomida goh
paydo bo’lib goh yo’qolib turadigan moddalar
qanday guruhlarga ajratiladi?
A.trofik, sekretor, pigment, qoldiq
B.oziq, trofik, pigment,zahira
C.trofik, zahira, qoldiq, pigment
D.qoldiq, zahira, oziq
11. Sitoplazmada murakkab bog’lamlarni hosil
qiladigan tuzilmaning vazifasi?
1.hujayraning bo’linishini ta’minlaydi 2.hujayraning
shaklini aniqlaydi 3.ATF sintezlaydi 4.hujayraning
tarkibiy qismlarini yangilaydi 5.hujayra ichki
tizimlarining harakatini ta’minlaydi 6.butun
hujayraning joyini o’zgarishini ta’minlaydi
A.1,2,5,6 B.2,5,6 C.3,4,5,6 D.1,3,6
12. Hujayralari mitoxondriyalarga ega organizmlar
berilgan javobni aniqlang. 1.amyoba 2.xlorella
3.raffleziya 4.pnevmokokk 5.vilt qo’zg’atuvchisi
6.kambala 7.qorakuya qo’zg’atuvchisi 8.gepatit
qo’zg’atuvchisi 9.xlomidomanada 10.qoqshol
qo’zg’atuvchisi
A.1,2,3,6,9,10 B.3,4,5,7,8,10
C.4,5,8,9,10 D.1,2,3,5,6,7,9
13. Yassi (a) silindrsimon (b) hamda tayoqchasimon
(c) tanachalardan iborat bo’lgan organoidlarni o’zaro
juftlang
A) a-lizosoma, ribosoma; b-sentriola; c-o’simlik va
sodda hayvon hujayrasidagi golji majmuasi
B) a-ribosoma, mitoxondriya; b-lizosoma; c-hujayra
markazi
C) a-endoplazmatik to’r; b-sentriola; c-ribosoma
D) a-ribosoma, lizosoma; b-sentriola; c-hayvon
hujayrasidagi golji majmuasi
14. Simbioz gipotezasiga ko'ra, quyidagi hujayra
organoidlarining kelib chiqishi haqida qanday
taxminlar mavjud? а) mitoxondriya; b) xloroplastlar;
c) yadro; d) endoplazmatik to'r; e) lizosoma; f) golji
majmuasi; g) vakuola.
1) xo'jayin hujayraning DNK si bilan bog'liq; 2) aerob
prokariotlardan; 3) mustaqil kelib chiqishiga ega
prokariot hujayra sifatida paydo bo'lgan; 4) yadro
membranlaridan; 5) endoplazmatik to'r va golji
majmuasidan.
A) a-3, 4; b-3, 4; c-2; d-4; e-5; f-4; g-5
B) a-1, 4; b-2, 4; c-3; d-1; e-5; f-4; g-4
C) a-2, 3; b-3; c-1; d-4; e-5; f-4; g-5
D) a-2, 4; b-3; c-1; d-4; e-5; f-4; g-5
15. O’simliklarning ildizida (a) va bir yillik
novdalarida (b) uchraydigan plastida turi qanday
funksiyani bajaradi?
A.a-monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal hosil
qiladi; b-fotosintez jarayonini amalga oshiradi
B.a-oqsil va moylar to’planadi, b-monosaxarida va
disaxaridlardan kraxmal hosil qiladi
C.a-ATF sintezlaydi, b-oqsil va moylar to’planadi
D.a-gul va mevalarga rang beradi, b- monosaxarida
va disaxaridlardan kraxmal hosil qiladi
16. Uncha katta bo’lmagan yassi tanacha(a) va
slindr shaklidagi kichik tanacha (b) uchun xos
bo’lgan fikrlarni aniqlang.
1.memebranasida gidrolitik fermentlar joylashgan
2.o’zidan-o’zi ko’payadigan organoid 3.golji
majmuasidan hosil bo’ladi 4.laminariya hujayrasida
bo’lmaydi 5.hujayralarning bo’linishida muhim
ahamiyatga ega 6.sitoplazmada joylashgan
pufakchalar 7.oziq moddalarni parchalab
sitplazmaga o’tkazadi 8.oqsil kichik
bo’lakchalarining o’zini o’zi yig’ish jarayonida
ko’payadi
A.a-1,3,5,8 ; b-2,4,7,6 B.a-2,3,4,6,7; b-1,5,8
C.a-1,3,6,7; b-2,4,5,8 D.a-3,6,7,8; b-1,2,4,5
17. Diametri 0,4 mkm bo’lgan hujayra qismi uchun
xos bo’lmagan fikrni aniqlang.
A.Itbaliqning dumini yo’qotishda qatnashadi
B.Tarkibida turli tuman organik birikma va tuzlar
uchraydi
C.bir qavat memrana bilan o’ralgan
D.nobud bo’lgan hujayra qismlarini yo’qotadi
18. Murakkab bog’lamli organoidga ega bo’lmagan
tuzilmada uchraydigan qaysi organoid hujayra
markaziga ega bo’lgan tuzilmalarda ham uchraydi?
A) endopazmatik to’r B) ribosoma
C) lizosoma D) mitoxondriya
19. Qaysi tuzilmalarning qismlari ko’payishdan avval
ikki xissa ortadi?
A) evglena, mitoxondriya B) ribosoma, plastida
C) mitoxondriya, Golji D) lizosoma, gidra
20. Xromosomalarining gaploid soni 24 taga teng
bo’lgan organizmlar qaysi sinfga mansub?
A) hasharotlar, lolasimonlar, reptiliyalar
B) magnoliyasimonlar, hasharotlar, sutemizuvchilar
C) qushlar, magnoliyasimonlar, hasharotlar
D) sutemizuvchilar, to’g’riqanotlilar, ikki pallalilar
21. Inson hujayrasi tarkibida uchraydigan qismlarni
o’lchamiga ko’ra juftlang
1) 15-20 mkm; 2) 0,4 mkm; 3) 2 m; 4) 15-35 nm; 5) 150
mkm a) geteroxromatinning umumiy uzunligi;
b) yumaloq mitoxondriya; c) ribosoma; d) DNK ing
umumiy uzunligi; e) lizosoma; f) RNK ning umumiy
uzunligi; g) ipsimon mitoxondriya; h) euxromatinning
umumiy uzunligi
A) 1-b; 2-e; 3-f; 4-c; 5-h B) 1-f; 2-c; 3-a; 4-b; 5-e
C) 1-g; 2-e; 3-d; 4-c; 5-a D) 1-g; 2-e; 3-a; 4-c; 5-d
22. Quyidagi organizmlarni ularga xos bo‘lgan
xususiyatlar bilan mos ravishda juftlangan javobni
aniqlang. 1) batsilla; 2)achitqi; 3) batsidiya; 4) bitinya;
a) qalin hujayra qobig‘iga ega ; b) avtotrof organizm;
c) saprofit holda oziqlanadi; d) geteratrof holda hayot
kechiradi
A) 1 - b; 2 - c; 3 - a; 4 – d B) 1 - a; 2 - c; 3 - b; 4 – d
C) 1 - a; 2 - d; 3 - b; 4 – с D) 1 - d; 2 - b; 3 - c; 4 – a
23. Berilgan javoblardan qaysi biri karioplazmaga
xos?
A) tarkibi lipid va oqsildan iborat
B) yadro ichidagi rangli, shirin ta’mga ega suyuq
qismi
C) irsiy axborotni saqlab, uni ko’paytiradi
D) yadro ichidagi turli strukturalarni o’zaro bog’laydi
24. Ko’p yadroli hujayralarda lichinkalik davrida
parazitlik qiladigan hayvonlarni aniqlang
A) askarida, gijja B) jigar qurti, exinokokk
C) cho’chqa solyotri, qoramol solyotri
D) rishta, bo’rtma nematoda
25. Hujayrasi glikokaliksdan iborat bo’lgan
organizmlar uchun xos bo’lmagan belgini toping.
A) qobig’idagi teshikchalar qo’shni hujayradagi
endoplazmatik to’r kanallari orqali o’zaro tutashgan
B) jinsiy gametalari avval mitoz, so’ngra meyoz
bo’linishi natijasida paydo bo’ladi
C) hujayra membranasi tayanch vazifasini bajaradi
D) hujayrasida zahira modda sifatida monomeri
glyukozadan iborat hayvon kraxmali to’planadi
26. O’simlik va bakteriyalar uchun umumiy bo’lgan
xususiyatni toping
A) bir qavat membranali organoidga ega
B) koloniyal vakillari mavjud
C) paydo bo’lishi tuproqda organik moddalarning
ko’payishiga bog’liq
D) yuksak va tuban vakillari mavjud
27. Ribosomalarga xos xususiyatlar ko'rsatilgan
javobni belgilang. 1) membranasiz organoid; 2) tarkibi
DNK va oqsildan iborat; 3) yadrochada hosil bo'ladi;
4) 2 ta silindrsimon tanacha; 5) oqsil sintezining
transkripsiya bosqichi amalga oshadi; 6) hamma
hayot shakllarida uchraydi; 7) quturish kasalligi
qo'zg'atuvchisining tarkibida bo'lmaydi; 8) biosintez
reaksiyasini bir necha o’nlab vakillari amalga
oshiradi
A) 1,5,6 B) 3,7,8 C) 2,4,6 D) 4,6,7
28. Qaysi gipoteza eukariotlarning bitta hujayradan
kelib chiqqanligi isbotlaydi?
A) simbioz B) invaginatsiya
C) simbioz va ko’p genomli D) panspermiya
29. Bir va ko’p hujayrali organizmlarning barcha
eukariot hujayralarida uchraydigan (a) hamda barcha
hujayralarda uchraydigan (b) organoidlarga xos
bo’lgan belgilar berilgan javobni toping
A) a-katta va kichik bo’lakchalardan iborat; b-turli
to’qimalarda soni bir xil emas
B) a-soni hujayraning funksional faolligiga bog’liq; b-eng muhim biosintez jarayonini amalga oshiradi
C) a-ichki membranalari silliq tuzilgan; b-yorug’lik
mikroskopi yordamida kashf qilingan
D) a-murakkab bog’lamlarni hosil qiladi; b-turli
organik birikma va tuzlardan iborat
30. Ko’p yadroli hujayralarini aniqlang.
1) yelkaning ikki boshli muskuli; 2) siydik pufagi
muskul hujayralari; 3) achitqi hujayrasi;
4) glyukozaning ortiqcha qismi to’planadigan organ
hujayralari; 5) burunning shilliq qavat hujayralari;
6) sariq ilik; 7) qon tomir devori muskul hujayralari;
8) neyron; 9) oq po’panak hujayrasi; 10) qizil ilik
A) 1,4,9,10 B) 2,3,4,8 C) 1,3,5,7 D) 5,6,10


Download 32.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling