9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi


-modda. Huquqiy eksperiment o‘tkazish va qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish


Download 213.95 Kb.
bet60/132
Sana11.11.2023
Hajmi213.95 Kb.
#1766378
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132
Bog'liq
FK 101-144

55-modda. Huquqiy eksperiment o‘tkazish va qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(55-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
2020-yil 1-mayga qadar bo‘lgan muddatda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, Jizzax va Marg‘ilon shaharlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda ushbu Qonun normalarini aprobatsiya qilish yuzasidan huquqiy eksperiment (bundan buyon matnda huquqiy eksperiment deb yuritiladi) o‘tkazilishini ta’minlasin;
bir oy muddatda huquqiy eksperimentni o‘tkazishga doir tegishli qarorni qabul qilsin;
huquqiy eksperimentning mohiyati va vazifalari ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borilishini, shuningdek aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari o‘tkazilishini ta’minlasin;
huquqiy eksperiment yakunlari bo‘yicha 2020-yil 1-iyunga qadar bo‘lgan muddatda ushbu Qonun normalarini yanada takomillashtirish va uni respublikaning boshqa hududlarida qo‘llash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga takliflar kiritsin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
56-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2020-yil 1-avgustdan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-noyabr,
O‘RQ-581-son


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 03/19/581/4004-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori

Download 213.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling