9-bob bitimlar 1-§. Bitimlar tushunchasi. Turlari va shakli 101-modda. Bitimlar tushunchasi
II BO‘LIM. NOTARIAL HARAKATLAR VA ULARNI AMALGA OShIRISh QOIDALARI
Download 213.95 Kb.
|
FK 101-144
II BO‘LIM. NOTARIAL HARAKATLAR VA ULARNI AMALGA OShIRISh QOIDALARI
5-bob. NOTARIAL HARAKATLAR Oldingi tahrirga qarang. 23-modda. Notariuslar amalga oshiradigan notarial harakatlar Notariuslar quyidagi notarial harakatlarni amalga oshiradi: 1) bitimlarni tasdiqlaydi; 2) vasiyatnomalarni tasdiqlaydi; 3) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar beradi; Oldingi tahrirga qarang. (23-moddaning birinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 5) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma beradi; 6) meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘radi; Oldingi tahrirga qarang. 61) mediator vazifasini bajaradi; (23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan 61-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 7) hujjatlar nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlaydi; 8) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlaydi; 9) hujjatlardagi imzoning haqiqiyligini shahodatlaydi; 10) ko‘chmas mulk ochiq savdoda sotib olinganligi haqida guvohnoma beradi; 11) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlaydi; 12) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlaydi; Oldingi tahrirga qarang. 121) yuridik shaxsning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinganligi faktini tasdiqlaydi; (23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuniga asosan 121-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. 122) dalillarni ta’minlaydi; (23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan 122-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) 13) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlaydi; 14) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; Oldingi tahrirga qarang. 141) mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlaydi; 142) elektron hujjatning qog‘oz shaklidagi hujjat bilan bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydi; (23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan 141 va 142-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son) Oldingi tahrirga qarang. 15) jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari va (yoki) boshqa hujjatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga topshiradi; (23-moddaning birinchi qismi 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 16) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib oladi; 17) hujjatlarni saqlash uchun qabul qilib oladi; 18) pul to‘lash uchun cheklarni taqdim etadi va cheklar bo‘yicha pul to‘lanmaganligini tasdiqlaydi; 19) ijro xatlarini yozadi; 20) veksellarning protestlarini amalga oshiradi; 21) dengiz protestlarini amalga oshiradi; 22) notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan ko‘chirmalarni beradi. Oldingi tahrirga qarang. Notariuslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin. (23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ning 1-bandi. Oldingi tahrirga qarang. (24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda) Oldingi tahrirga qarang. (25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-255-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 313-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 213.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling