9. Foydalanilgan adabiyotlar


Download 310 Kb.
bet3/22
Sana24.03.2023
Hajmi310 Kb.
#1292059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
127 informatika kir

Kompyuter (inglizcha kompyuter – “hisoblovchi” ma’nosini bildiradi)ning yaratilishi, xalq xo’jaligining turli sohalarida ishlab chiqarish texnologiyalarini tubdan o’zgartirish imkoniyatini beradi. Bu esa o’z navbatida zamonaviy hisoblash texnikasidan unumli foydalanishga va informatika fanini mukammal o’rganishga chorlaydi.
Axborot - so'zi lotincha “information” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, tushuntirish, bayon etish degan ma'noni anglatadi.
Axborotning o'zini esa biror ob'ekt, atrof- muxitni ma'lum bo'lagi yoki ma'lum jarayon haqidagi, aniqmaslik darajasini kamaytiradigan belgilar, belgilar (parametrlar), tafsilotlar yo'rliqlar va h.k. majmuasi deyish mumkin.
O'z navbatida xabar axborotni tasvirlash formasi bo'lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va h.k. ko'rinishida ifodalanadi.
Umuman, zamonaviy mazmunda olganda - axborol bu odamlar orasidagi, odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma'lumot almashinuvi bo'lib, keng ma'nodagi ilmiy tushunchadir.
Informalika - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo'lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o'zaro bog'liq bo'lgan jarayonlarning aloqadorliklarini o'z ichiga oladigan, ko'nikma va vositalar tizimidir.
Informatikaning asosiy vazifasi - axborotning qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish, hamda ularni amaliyotda qo'llashdan iboratdir.
Informatika quyidagi masalalarni yechadi:
■ Ixtiyoriy informatsion jarayonlarni tekshirish;
■ Informatsion jarayonlarni tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlash uchun eng yangi texnika texnologiyalarini yaratish va takomillashtirish;
■ Jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yechish.
Shartli ravishda informatikani uchta o'zaro bog'liq qismga bo'lish mumkin:
■ Apparatli texnika vositasi.
■ Dastur muhiti.
■ Algoritmlar muhiti.
Iqtisodiy axborot - bu ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan sohalardagi, odamlar jamoasidagi ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni aks ettiruvchi va ularni boshqarish uchun xizmat qiluvchi ma'lumotlar to'plamidir.
Axborot bu - aniq va amalda ishlatiladigan xabardir. Berilganlar esa - bu xabarlar, kuzatishlarni o'z ichiga oladi. Biror zaruriyat bo'yicha imkoniyat tug'ilganda, masalan, narsa to'g'risidagi bilimini oshirish paytida u axborotga aylanadi.
Axborotning amalda qo'llanilishi zarur sharti uning o'z vaqtidaligi va adekvatligidir. Adekvatlik bu olingan axborot asosida qurilgan obrazning haqiqiy ob'ektga qanchalik mosligini bcradi va u uchta formada ifodalanadi:
■ Sintaklik adekvatlilik - bu axborotni uzatish tezligi, aniqligi, kodlashtirish lizimi, lashqi ta'sirlaming mavjudligi va shu kabi jarayonlardan iborat.
■ Semantik adekvatliligi - uzatiladigan axborotning ma'naviy tarkibi, ob'ekt obraziga va haqiqiy ko'rinishiga mos kelishligi hisobga olinadi.
■ Pragmatik adekvatliligi olingan axborotning asosiy boshqariladigan jarayon bilan mos kclishini belgilaydi.

Download 310 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling